Tuproqqal'a tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi
378 subscribers
5.06K photos
340 videos
52 files
1.08K links
The official channel of Tuprakkala specialized school under the Agency of Presidential Educational Institutions
Download Telegram
#Memorandum

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi 106-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 28-oktabr sanasida 🏢Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 10-Green sinf o‘quvchilari bilan tumandagi Moliya bo‘limiga ekskursiya qilindi.
Maqsad o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, hamda mazkur tashkilotdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish.

💠Sayohat davomida o‘quvchilarga maktab ma‘naviy-ma‘rifiy masalalar bo‘yicha direktor o'rinbosari
M. Kenjayev hamda maktab maslahatchisi L. Yusupova hamrohlik qilishdi.


Forwarded from Hilola Umarova
Bugun pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha 90 yillik tajribaga ega Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi bilan soha rivoji borasida ochiq muloqot qilish maqsadida ushbu oliy taʼlim muassasasiga bordik.

Ayni vaqtda universitetda 12 ta fakultet, 30 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 29 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta taʼlim hamda professional taʼlim muassasalari uchun kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Ushbu taʼlim dargohida 24 ming nafardan ortiq talabaga 800 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarning dars berib kelayotgani ushbu taʼlim muassasasi Respublikada tayanch vazifani bajarayotganidan dalolatdir.

Davlatimiz rahbarining universitet faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, 2026-yilga qadar universitet xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilinishi belgilandi, shuningdek qator maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Hozirda universitet tomonidan qo‘shma dasturlar asosida Belarus hamda Moskva pedagogika davlat universitetlari, Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 shaklida (Double degree) bakalavr pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Bundan tashqari, 16 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha konsepsiya va milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan ijodiy guruhlarga universitetning yetuk salohiyatli professor-o‘qituvchilari jalb etilgani ham ertangi kunimiz uchun xayrli qadam, deb aytish mumkin.

Uchrashuv davomida pedagoglar jamoasi tomonidan sohada mavjud muammo va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berildi.
Xususan, universitet talabalarining umumtaʼlim maktablarida amaliyot o‘tash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar  muhokama etildi.

Universitet jamoasi  taʼlimning innovatsion shakllari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, kasbiy yo‘naltirish, o‘qitishning samarali usullarini qo‘llagan holda vazirlikka yetuk avlodni tarbiyalashda doimiy ko‘makchi bo‘lishiga ishonaman.
#bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-A sinf o'quvchisi Norimov G‘anijon 4 Xalqaro rus tili onlayn olimpiadasida sertifikat bilan tagdirlandi va 2 - bosqichga o‘tdi.  O‘quvchimiz bilan faxrlanamiz va keyingi bosqichlarda ham omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Rus tili fani o‘qituvchisi Bekturdiyev G‘ayrat ustozni ham yutuqlar bilan chin dilimizdan qutlaymiz.

⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
#CHSB_jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘’Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida’’ 2021-yil 19-iyuldagi  PQ-5188-son qarori,  ‘’Prezident, ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida’’ 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son  farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezident ta’lim muassasalari agentligining 2022-yil    19-oktabrdagi  № 117-AF-sonli buyruqi ijrosini ta’minlash hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktab va ixtisoslashtirilgan maktab- internatlarida ixtisoslik fanlaridan chorak bo‘yicha summativ baholash sinovlarini o‘tkazish maqsadida,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 31.10.2023 yil sanasida 1-chorak yakuni bo‘yicha imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
🌞Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va maktabimiz yuzi bo'lgan aziz o'quvchilar!!!

🔰Ertadan boshlab hammamiz uchun muhim jarayonlar, ya'ni bilimimizni, salohiyatimizni yaqqol ko'rsatib beradigan FAN OLIMPIADALARIga start beriladi.

🌹BARCHANGIZGA FAQAT VA FAQAT OMAD YOR BO'LSIN!
O'ZINGIZNI NAMAYON QILISHINGIZDA MUVAFFAQIYATLAR TILAYMIZ.

BIZ SIZGA ISHONAMIZ!!!

🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆
Asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi jarayonlarini boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.

Biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlari Urganch shahridagi IM binosida
https://www.facebook.com/100051296118900/videos/1076723833696207/?mibextid=Nif5oz

informatika fani Urganch shahridagi IT-Park Xorazm filiali binosida

https://youtube.com/live/SYfZbFYyfeo?feature=share

o'tkazilmoqda.