Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.61K photos
2.61K videos
98 files
7.47K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yarmarka

Savdo yarmarkalari: narxlar xaridorlarga, sharoitlar tadbirkorlarga manzur bo‘lmoqda

Aholi isteʼmoli uchun zarur bo‘lgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash, aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Daladan — dasturxonga” tamoyili asosida dehqon bozorlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🧮Yarmarkaga taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xo‘jaliklari jalb qilinib, xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida nazorat-kassa texnikalari hamda to‘lov terminallari o‘rnatildi.

📍Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston dehqon bozorlarida tashkil etilgan yarmarkalar faoliyati "Reportaj 24" da

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yarmarka

Bayramoldi savdo yarmarkalari el xizmatida


Yangi yil bayrami arafasida aholiga qulaylik yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash maqsadida Soliq xizmati organlari va qator tashkilotlar hamkorligida bayramoldi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Ayni paytda respublikamizdagi 215 ta dehqon bozorlari va 31 ta aholi gavjum joylarda yangi yil savdo yarmarkalari tashkil etilgan boʻlib, goʻsht, tuxum, yogʻ, kartoshka, sabzi, guruch va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga taqdim etilmoqda.

Yarmarkaga taʼminot korxonalari hamda dehqon va fermer xoʻjaliklari jalb qilinib, xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida nazorat-kassa texnikalari hamda toʻlov terminallari bilan jihozlangan.

Savdo qoidalariga rioya etish, xususan, narxlarni sunʼiy oshirish, toʻlov terminallaridan foydalanmaslik holatlarining oldini olish maqsadida yarmarkalarga 600 nafarga yaqin soliq organlari xodimlari biriktirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads