Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.61K photos
2.61K videos
98 files
7.47K links
Download Telegram
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining munosib hissasi bor.

Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.

Tashkilot xalq ichiga kirib borib odamlarning og‘irini yengil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishdek ezgulikka yo‘g‘rilgan ustuvor vazifalarini sidqidildan bajarmoqda.

Yangi O‘zbekistonda inson qadri va uning sha’nini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatning amaliy namoyoni sifatida 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilanishi inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan tizimli saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bu bayram xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi.

Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tabrik #yangi_yil_2024

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!


Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni Yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda davlat soliq xizmati organlarining mahalla darajasiga tushib ishlash tizimi joriy etildi. Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar tashlandi.

9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning ish samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.

Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.

Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi
hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi. O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ham munosib hissasi borligi men va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Shu bilan birga bu katta masʼuliyat ekanligini barchamiz his etmoqdamiz.

Davlat soliq xizmati organlarining sadoqatli va mehnatkash jamoasi yangi yilda ham jonajon Vatanimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.

Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli kunlarda xalqimizni yangi – 2024-yil bilan yana bir bor muborakbod etaman!

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, adolat posbonlari!

Soliq qo‘mitasi jamoasi 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni tabriklaydi.

Mamlakatimizda adolatli huquqiy jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirishdagi mashaqqatli va sharafli mehnatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#tabrik #14_yanvar

Bayramingiz muborak boʻlsin, Vatan himoyachilari!

Hurmatli Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur oʻgʻlonlari, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etaman!

Oʻz hayotini ona yurt himoyasidek ulugʻ ishga bagʻishlagan Siz, azizlarga yuksak hurmat va ehtiromimni izhor etaman.

Olijanob xalqimiz muqaddas qasamyodiga sodiq, xizmat burchini sharaf bilan ado etayotgan, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari boʻlgan bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan faxrlanadi.

Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini, uning hududiy yaxlitligini taʼminlash, eng qimmatli boyligimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini barchamiz albatta chuqur anglaymiz.

Oʻzbekistonimiz tinchligi va sarhadlari daxlsizligini saqlab kelayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom boʻladi.

Sizlarni, sizlar orqali oila aʼzolaringizni ushbu bayram bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli xizmat vazifangizda ulkan zafarlar tilayman.

El-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi Sizlarga doimo yor boʻlsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#8mart #tabrik

Go‘zallikning qutlug‘ ayyomi

Moʻtabar onaxonlar, dilbar opa-singillar!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Yaratganning buyuk moʻjizasi bo‘lgan ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni eʼzozlash ko‘hna Sharqning muqaddas qadriyatlaridan bo‘lib kelgan.

Qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor ko‘rku tarovatidan huzurlanib turgan mana shunday kunlarda mamlakatimizda go‘zallikning qutlug‘ ayyomi keng nishonlanmoqda.

Aziz ayollar, mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ham sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Sohada qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham xotin-qizlarning ulushi salmoqlidir.

Bugungi kunda soliq tizimida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 9 nafari tuman soliq inspeksiyalarini boshqarmoqda. Yana 90 nafarga yaqini bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari kabi turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, 9 nafar soliq xizmati xodimasi “Shuhrat”, 4 nafari “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

Bugungi qutlug‘ ayyomida eng go‘zal so‘zlarimni moʻtabar onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz va oqila qizlarimiz shaʼniga bag‘ishlayman.

Barchangizni bugungi nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Fazilatli
kechgan ulug‘ oyda yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun qilingan duoyi fotihalar Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Aziz vatandoshlar, Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!
Jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayitini jonajon Vatanimizda tinch-totuvlikda, shod-u xurramlik bilan nishonlayapmiz.

Yurtdoshlarimiz dillari quvonchga to‘lib, barchamizni Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytmoqda.

Har bir mahalla, qishloq va ovullardagi obodlik, insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimiz muhim o‘ringa ega.

Ushbu muqaddas bayram munosabati bilan yolg‘iz keksalar, nuroniylar va nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a-salomlar ulashilmoqda.

Fursatdan foydalanib, ayni kunlarda muborak Haj amallarini ado etayotgan yurtdoshlarimizning el-yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, oilalarimiz va farzandlarimizning baxtu iqbolini tilab qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolaman. Qilingan ibodatlar, barcha pok niyatlar Alloh dargohida qabul bo‘lsin!

Mana shu munavvar lahzalarda musulmon ahliga yana bir bor samimiy tabriklarimni yo‘llab, Yer yuzidagi barcha mamlakatlar va xalqlarga tinchlik va omonlik tilayman.

Muqaddas Iyd al-Adha yurtimizga qut-baraka, xonadonlarimizga ezgulik, oilalarimizga chinakam baxt olib kelsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin, sharafli kasbiga sodiq – qadrli soliqchilar!!!

Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.

Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev mazkur sana munosabati bilan soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni va soha faxriylarini tabrikladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍5
#tabrik

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor...

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor,
Mehnat qilgan har insonga zafarlar yor,
Bugun dilga quvonch solar, shodlik solar!
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin soliqchilar!


Soliq qo‘mitasi mehnat faxriysi, "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi G‘ulomjon Musayev soliq xizmati organlari xodimlariga dil izhorlarini mana shunday go‘zal satrlar orqali yo‘lladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
#tabrik #20avgust

Soliq qoʻmitasi Raisi
Sherzod Kudbiyev, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Har qanday jamiyat rivojida tadbirkorlar ulkan kuch-qudrat bo‘lib kelgan. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni obod etish yo‘lidagi islohotlarga eng katta hissa qo‘shayotganlar ham tadbirkorlardir!

Yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishdagi mehnatlaringiz tahsinga sazovor...

__________
#қутлықлаӯ #20август

Салық комитети Баслығы Шерзод Кудбийев, 20-август – Исбилерменлер күни мүнәсебети менен қутлықлаӯ жоллады

Ҳәр қандай жáмийет раӯажланыwында исбилерменлер ушын үлкен күш-қүдирет болып келген. Азиз Ӯатанымыз – Өзбекстанда экономиканы раӯажландырыӯ жумыс орынларын жаратыӯ, кәмбғаллықты қысқартыӯ, мәҳәллелерди абат етиӯ жолындағы реформаларға ең көп үлесин қосып атырғанларда исбилерменлер болады.

Жаңа ҳәм перспективалы жойбарларды әмелге асырыӯ, елимиздиң экономикалық қүдирети хәм экспорт потенциялын жетилистириӯдеги мийнетлериңиз мактаӯға ылайық.

_________
#поздравление #20августа

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев
направил поздравление в связи с 20 августа – Днем предпринимателей

Предприниматели всегда были движущей силой в развитии любого общества. Предприниматели – это те, кто вносит самый большой вклад в реформы, направленные на экономическое развитие, создание рабочих мест, сокращение бедности, облагораживание махаллей в Узбекистане - нашей дорогой Родине!

Ваши усилия по успешной реализации новых и перспективных проектов, повышению экономической мощи и экспортного потенциала нашей страны заслуживают похвалы...


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
#tabrik #mustaqillik_33_yil

Yashasin O'zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sizlar bilan birga sog‘-omonlikda, shod-u xurramlikda Vatanimiz tarixidagi eng shonli sanani o‘ttiz uchinchi bor kutib olyapmiz.

O‘tgan davrlarda davlatimiz turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan Yangi O‘zbekiston bo‘lib shakllanmoqda.

Xalqimiz birlashib vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirmoqda.

Darhaqiqat, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida elimizning fidokorona mehnatlari, g‘ayrat-u shijoati bilan orzularimiz amalga oshmoqda. Bunda davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan har bir xodimning ham mehnatlarini e’tirof etish joiz.

Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlangan davlat xizmatchilari orasida davlat soliq xizmati organlari vakillariga berilgan orden va medallar butun soliq tizimidagi xodimlarning birgalikdagi mehnatlariga berilgan baho.

Fursatdan foydalanib, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Mana shunday shukuhli damlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilatyotgan barcha yurtdoshlarimizni, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini, bugungi ulug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman. Yutuq va g‘alabalarimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

Tinchlik va osoyishtalik bayrami – Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #1oktabr

Aziz ustoz va murabbiylar,
Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalashdagi sharafli va oliyjanob mehnatlaringiz bebahodir.

Milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga sarflangan moddiy va ma’naviy boyliklar ming chandon ortig‘i bilan qaytishi isbot talab qilmas haqiqat ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Muhtaram ustozlar, fursatdan foydalanib Sizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍3
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, xalq posbonlari!


Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, jasur va fidoyi kasb egalarini 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Soliq tizimi xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz!

Hurmat bilan,
Sherzod Kudbiyev va soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!


Sizlarni kasb bayramingiz bilan soliq organlari nomidan tabriklaymiz!

Respublikamizda qonun ustuvorligini taʼminlash, barcha sohalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va soliq, valyuta hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishdagi samarali faoliyatingiz – davlatimizning iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Sizlarga mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi nomidan, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq qoʻmitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍3
#8mart #tabrik

Muhtarama onaxonlar, lobar opa-singillar va dilbar qizlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb sahovati bilan hayotimiz gultojiga aylangan Siz azizlarni har qancha eʼzozlasak, ardoqlasak kam.
Qanday kasb va qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun Siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.

Yurtimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, oilalarda, mahallalarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni, islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda sizlarning aql-zakovatingiz, olijanob fazilatlaringizga doim tayanamiz.

Bahor va nafosat bayrami yana bir bor muborak boʻlsin!


Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayz-u baraka tilayman. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardogʻida boʻling, aziz ayollar!


Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi
#tabrik

Hurmatli yurtdoshlar!

Qalblarni nurga, xonadonlarni barakaga to‘ldiruvchi, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Bu kunlar nafaqat yuksak ruhiy poklanish, balki insoniy qadriyatlar mustahkamlanadigan, yaxshilik va ezgulik ustuvor bo‘ladigan muqaddas ayyomdir.

Fidokorlik va muruvvat, sabr va shukronalik bu kunlarning ajralmas timsolidir. Bir-birimizga mehr, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilsak, ko‘ngillar shodlanadi, yurtimiz yanada rivojlanadi.

Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik bo‘lsin!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Muhtaram yurtdoshlar!

Siz, azizlarni Islom dinining eng ulug‘ va qadrli bayramlaridan biri bo‘lgan Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Bu muborak kun insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va muruvvat kabi oliyjanob fazilatlarni ulug‘laydi.

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, totuvlik va ahillik hukm surayotgan bir paytda, ana shunday fazilatli bayramlarni keng nishonlash, xalqimiz qalbida shukronalik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.

Ushbu fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga farovonlik va baraka, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlaringizda muvaffaqiyat tilayman.

Qurbon hayiti har bir oilaga xursandchilik va tinchlik olib kirsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Hurmatli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlab, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari – jamiyatning koʻzgusi, davlatimizda ochiqlik, shaffoflik taʼminlash, xolis va ishonchli axborot tarqatishda alohida oʻringa ega.

Soliq xizmati organlari bilan faol hamkorlik hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik, tuganmas baxt tilayman!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2