Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#soliq_hisoboti #norezident
Norezidentlarga to‘langan daromadlar soliq hisobotida majburiy aks ettirilishi talab etiladi
Soliq to‘lovchilarning (shu jumladan norezidentlarning) barcha daromadlari quyidagicha tasniflanadi:
▪️ O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
▪️ O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
👉 Soliq kodeksi 43-modda 1-qism
Shuningdek, daromadlarni O‘zbekistondagi manbalardan olinadigan daromad sifatida tan olinmaslik mezonlari belgilangan. Bu esa soliq solish tartibini aniqlashda muhimdir.
👉 Soliq kodeksi 351-modda 3-qism
Soliq agenti norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha, daromadlar - O‘zbekiston hududidagi yoki undan tashqaridagi manbalardan olinishidan qat’i nazar, soliq hisobotini topshirishi shart.
👉 Soliq kodeksi 355-modda 1-qism
Bu quyidagilarni anglatadi:
✔️ Soliq agenti, agar u norezidentga daromad to‘lagan bo‘lsa, har doim soliq hisobotlarini taqdim etishi shart;
✔️ Hatto daromad O‘zbekistonda soliqqa tortilmasa ham (masalan, u O‘zbekistondagi manbalardan olinadigan daromad sifatida tan olinmaganligi yoki ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish bo‘yicha kelishuv amal qilganligi sababli), to‘lov fakti hisobotda aks ettirilishi shart.
Agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) moliyaviy va (yoki) soliq hisobotini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida soliq organiga taqdim etmasa, soliq organi soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun ushbu soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida xabarnoma buning sabablarini koʻrsatgan holda yuboriladi.
👉Soliq kodeksi 111-modda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

🗓 Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan o‘zi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi soliq organiga daromadlar to‘langan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) moliyaviy va (yoki) soliq hisobotini belgilangan muddatdan keyin 10 kun ichida soliq organiga taqdim etmasa, soliq organi soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun ushbu soliq to‘lovchilarning (soliq agentlarining) bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib turishi mumkin.
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida xabarnoma buning sabablarini koʻrsatgan holda yuboriladi.
👉Soliq kodeksi 111-modda
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM