#adabiy_kecha
Yagonasan, muqaddas Vatan!
Beruniyday buyukdirsan sen,
Sinodayin suyukdirsan sen,
Navoiyday yurakdirsan sen,
Tug‘ingdaman,O‘zbekistonim!
Viloyat soliq boshqarmasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” shiori ostida o‘tkazilgan adabiy kecha Ona Vatanni madh etuvchi misralar bilan boshlandi.
Surxondaryolik mahoratli ijodkorlar – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov , O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Yo‘ldosh Mirzayev, Haydar To‘rayev hamda yosh iste’dodli shoir Abdulaziz Aliqulovlar ishtirokida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir soliq xodimlarida vatanparvarlik, fidoyilik, faol fuqarolik pozitsiyasi va o‘z kasbiga sadoqat hissini kuchaytirishga qaratildi.
Yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini tarannum etuvchi ijodiy chiqishlar viloyat soliq boshqarmasi hamda “ZOOM” platformasi orqali adabiy kechani bevosita kuzatib borgan barcha hududiy soliq inspeksiyalar xodimlarida vatanparvarlik tuyg‘ulari va ona yurt ravnaqiga hissa qo‘shishdek ezgu xohish-istakni kuchaytirishga xizmat qildi.
👉 Telegram

👍4