Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
#bilasizmi

Marketpleys
— bu operator tizimiga bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan, operatorga taqdim qilgan chek ma’lumotlari asosida onlayn rejimda fiskal belgilarni qabul qiluvchi, cheklarni elektron shaklda xaridorlarga yuborish funksiyasiga ega bo‘lgan texnika vositalaridan, axborot texnologiyalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari vositasida naqd yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimi.

👉 Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xoʻjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi.

Budjet hisobidan qilinadigan barcha xaridlar Soliq qoʻmitasining “E-ombor” platformasi orqali amalga oshiriladigan tartib joriy qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#JShODS

Issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada rag‘batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi tomonidan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2023-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-iyulgacha issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda tadbirkorlarga qaytarib berish tartibi joriy etildi:

♻️ har bir 5 sotix yer maydoni uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;

♻️ har bir ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;

♻️ issiqxonaga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan issiqxona faoliyati bo‘yicha olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etganda.

👉 Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiya haqida xabar bering!

Agar siz soliq xizmati organlari tizimida korrupsiya holatlaridan xabardor boʻlsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiling.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected].

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

🔍Soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari haqidagi ma'lumotlar bilan soliq.uz saytining "Korrupsiyaga qarshi kurashish" sahifasi orqali tanishib borishingiz mumkin.
________
#антикоррупция

Сообщайте о коррупции!

Если вам стало известно о коррупции в системе органов налоговой службы, вы можете обратиться в Налоговый комитет по следующим каналам связи.

Каналы связи органов налоговой службы:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️“Телефоны доверия" налоговых органов;
▫️Номера телефонов подразделений собственной безопасности;
▫️Персональный кабинет налогоплательщика;
▫️Портал "Электронные налоговые услуги"
▫️Официальная электронная почта Налогового комитета [email protected].

❗️Гарантируется сохранение личности заявителя в тайне.

📌Напоминание: Нарушение законодательства об обращениях, а также подача обращений клеветнического и оскорбительного характера влекут ответственность в установленном порядке.

🔍Ознакомиться с информацией о мероприятиях по борьбе с коррупцией, проводимых органами налоговой службы, можно на странице «Борьба с коррупцией» на сайте soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Termiz tumanida yoshlar festivali tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Shaxsiy tomorqalarida 9 turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar mehnat stajiga ega bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab o‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida:

1️⃣ Chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);

2️⃣ Issiqxona;

3️⃣ Parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);

4️⃣ Quyonchilik;

5️⃣ Asalarichilik;

6️⃣ Baliqchilik;

7️⃣ Bog‘dorchilik;

8️⃣ Limonchilik;

9️⃣ Gulchilik faoliyatlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1 baravari miqdorida (340 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi.

📌 Mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli bo‘lgan tomorqa yer uchastkasining maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni to‘lashga ruxsat etiladi.

👉 Telegram
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

🏓 Termiz shahrida stol tennisi bo'yicha U-13 yosh toifasida O‘zbekiston chempionatining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#barqarorlik_reytingi

Joriy yil 1-fevraldan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi
joriy etiladi

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;

▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

☝️Batafsil infografikada

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo'mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo sanoat palatasi raisi D.Vahobov, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil D.Qosimov ishtirok etmoqda.

Seminarda 400 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari va OAV vakillari qatnashmoqda.

👉
Jonli efir
——
#рейтинг_устойчивости

В эти минуты в Ташкенте проходит семинар-тренинг с целью донесения до предпринимателей сути и содержания Постановления Президента Республики Узбекистан от 23 января 2024 года «О мерах по внедрению рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства».

В нем принимают участие председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Д.Вахабов и Уполномоченный при Президенте Республики Узбекистан по защите прав и законных интересов субъектов предпринимательства Д.Косимов.

На семинаре присутствуют около 400 предпринимателей, а также представители СМИ.

👉
Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM