Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.6K photos
2.36K videos
92 files
6.78K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
#27_iyun #tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!

Hurmatli OAV xodimlari
va blogerlar, bugungi kasb bayramingiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak boʻlsin!

Avvalo, Sizlarga soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik va soha yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissasingiz uchun Soliq qoʻmitasi nomidan minnatdorlik izhor etamiz.

Matbuot va ommaviy axborot vositalari ishi har tomonlama ham ogʻir va masʼuliyatlidir.

Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi paytda bu masʼuliyat yanada kuchaymoqda.

Ana shunday masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, tezkorlik va xolislikni oʻzining asosiy tamoyili deb bilgan, doimo hayotning qaynoq nuqtalarida hozir boʻladigan Siz, azizlarning mehnatlaringiz tahsinga loyiq.

Muhtaram ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni bugungi bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.

Hurmat bilan, Soliq qoʻmitasi jamoasi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ishtirokida «Korrupsiya — rivojlanishimizga to‘siq» shiori ostida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉Telegram facebook youtube Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Viloyat 4-sektor rahbari boshchiligida "Nurli diyor" mahallasi ijtimoiy infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida navbatdagi ichki ko‘chalar asfaltlanmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#yoshlarkuni

Bayramingiz bilan, Oʻzbekiston yoshlari!

Qadrli yoshlar, Vatanimiz kelajagi boʻlgan Siz azizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala boʻlib kelgan.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda kelajagimiz egalarini zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydondalarda erkin raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalashga qaratilgan islohotlar yanada jadallashdi.

Xususan, soliq sohasi uchun zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, yuksak salohiyatli yosh kadrlarni yetishtirib berayotgan Fiskal institut hamda Toshkent, Buxoro va Fargʻona soliq texnikumlari ham ushbu islohotlar mahsulidir.

Hozirda Fiskal institutda 3 ming nafarga yaqin, soliq texnikumlarida 700 nafarga yaqin oʻgʻil-qiz zamoaniviy bilimlarni puxta egallamoqda.

Ushbu taʼlim dargohlarida
tahsil olayotgan yoshlar muqaddas Vatanimizning fidoyi, jasur, bilimdon va baxtli yoshlari boʻlib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan.

Berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ulkan yuksak dovonlardan oshib, doimo sharafli yoʻllardan yuring, taraqqiyot choʻqqilarini egallashga intilib yashash doimiy hamrohingiz boʻlsin!

Aziz yoshlar, raqamli texnologiyalar asosiga qurilayotgan bugungi zamon Sizlardan Yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagi uchun yanada koʻproq oʻqib-oʻrganishni, bashariyat tamadduniga xizmat qiluvchi olamshumul kashfiyotlar qilib millat shaʼni va qadr-qimmatini yanada yuksaklarga koʻtarishni talab etadi.

Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilaymiz.

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Forwarded from DSQ_Pressa
SOLIQ_TAQVIMI_IYUL_2023.pdf
179.3 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil iyul oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июль 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-iyuldan...

🔸2024-yil 1-iyulga qadar issiqxonaga ixtisoslashgan yer maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar tomonidan ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan JShODS qaytarib beriladi;

🔸O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilindi.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 июля 2023 года...

🔸до 1 июля 2024 года
из республиканского бюджета возвращается НДФЛ по доходам в форме оплаты труда своих работников, уплаченных субъектами предпринимательства, специализированными на теплицах, имеющими земельные площади более 25 соток;

🔸отменены льготы по НДС, предоставленные по услугам подразделений охраны Национальной гвардии РУз.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi

Soliq qarzi -
Soliq kodeksiga ko‘ra hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek Soliq kodeksida belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#e_ijara

2023-yilning birinchi yarim yilligida Surxondaryo viloyatida 11000 dan ortiq ijara shartnomalari tuzildi

Joriy yilning 1-iyul holatiga Surxondaryo viloyati soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni 11169 tani tashkil etdi. Jumladan:

▪️ Jismoniy shaxslar o‘rtasida - 6990 ta;
▪️Yuridik shaxslar o‘rtasida - 4179 ta.

⚪️ Eng ko‘p ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yilgan hududlar:
▫️Yuridik shaxslar o‘rtasida:

1️⃣ Termiz shahrida – 3272 ta
2️⃣ Denov tumanida – 1016 ta
3️⃣ Jarqo‘rg‘on tumanida – 545 ta

◽️Jismoniy shaxslar o‘rtasida:

1️⃣ Termiz shahrida – 954 ta
2️⃣ Angor tumanida – 924 ta
3️⃣ Denov tumanida – 731 ta

🔗 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

🔗2023-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari

👉 Telegram
#keshbek

May oyi uchun iste'molchilarga 102,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi

Joriy yilning may oyida 2,3 mlndan ortiq iste'molchilar tomonidan 134,3 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan bo‘lib, shundan 1,8 mlnga yaqin iste'molchiga 102,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

📲 Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 300 mlrd so‘mdan oshdi.

👉Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
▪️ soliq hisobotlari topshirilishi;
▪️ hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
▪️ soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.
__________
#кешбэк

За май потребителям выплатили 102,4 млрд сумов кешбэка

В мае этого года более 2,3 млн потребителей накопили 134,3 млрд сумов кешбэка. Из них около 1,8 млн потребителей выплачен кешбэк в размере 102,4 млрд сумов.

📲
Общая сумма выплаченного через мобильное приложение Soliq кешбэка превысила 1 трлн 300 млрд сумов.

👉Как узнать, за какие чеки и почему не подтвержден кешбэк?

Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства:
▪️представят налоговую отчётность;
▪️устранят недостатки в отчётности;
▪️погасят налоговую задолженность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial
1-qism

📹 "Qora tuynuk sxemasi" kinoserialini 3-iyuldan, har kuni soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling

👉 Serialni ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT #chek_tahrirlash

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
VMQ-255-son 12.05.2022

Chek tahrirlash my3.soliq.uz portalida amalga oshiriladi.
👉Videoqo‘llanma
__________
#онлайн_ККТ #корректировка_чека

Уважаемые налогоплательщики❗️

Корректировка чеков осуществляется не позднее 10-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором выявлены расхождения.
ПКМ №255 от 12.05.2022

Корректировка чека осуществляется на сайте my3.soliq.uz.
👉Видеоинструкция

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter