Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.42K photos
2.32K videos
88 files
6.65K links
Download Telegram
Tadbirkorlar bilan bevosita muloqot

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi va ushbu mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, markirovkalash – bu mahsulotda maxsus shifrlangan belgi qo‘yish bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi, mahsulot seriya raqami kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Tadbirkorlarga suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimining bosqichma-bosqich joriy etilishi, belgilangan guruhlarga ko‘ra majburiy raqamli markirovkalashni boshlanish muddati va mahsulot turlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
Sherzod Kudbiyev talabalarni bayram bilan tabrikladi
__________
Шерзод Кудбиев поздравил студентов с праздником

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#savol_javob #onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim ❗️2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252-son 4.10.2021

‼️Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

👉2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

🇺🇿 Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbir Davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.

Mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsol – Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

Tadbirda davlat ramzlarining mamlakat va jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va ahamiyati, xususan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish va qabul qilinish tarixi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#сотрудничество

Делегация Секретариата Глобального форума обсудила со специалистами ГНК вопросы, связанные с внедрением стандартов обмена налоговой информацией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 5-11- dekabr kunlari stol tennisi bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqaning viloyat bosqichi bugun Termiz  shahrida  bo‘lib o‘tdi.

👉Telegram I Facebook I Youtube
SoliqUz(v.1.3.5).apk
92.5 MB
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasi: yangi imkoniyatlar

📲 Soliq mobil ilovasi yangi funksiyalar va yangilangan interfeysga ega takomillashtirilgan versiyadan foydalanishi mumkin.

iOS dasturi uchun AppStorega chiqarildi 📲https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

Android uchun yaqin kunlarda Play Marketga qo‘yilishi kutilmoqda.

Xohlasangiz, yangilangan “Soliq” mobil ilovasini hoziroq yuklab olishingiz mumkin.

Yangi versiyada 1.3.5. 📲
⚡️Ota-onanlar uchun soliq toʻlash - Face ID orqali avtorizatsiyadan o‘tgandan soʻng tizimda avtomatik ravishda foydalanuvchining ota-onasi haqidagi toʻliq maʼlumotlar shakllanadi;
⚡️o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq to‘lash;
⚡️litsenziya asosida konsert va koʻngilochar faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar uchun xizmat.
⚡️ jismoniy shaxs shaxsiy kabinetdagi qarzni ko‘rish.

❗️Smartfondagi mobil ilovani oʻchirib, yangilangan versiyasini yuklab olishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 21-noyabr

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1- va 2-qismlar);

- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 4-qism);

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash kuni
(Soliq kodeksi 454-7-modda 2-va 3-qismlar);

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
__________________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 21 ноября 2022 года последний день

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1 и 2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в октябре были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(ч.4 статьи 454 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты специального рентного налога
(ч.2 и 3 ст.454-7 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram