Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
#markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 250,2 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xususan, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi 137 ta tadbirkorlik subyektida hamda noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan 350 nafar fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida jami 752,6 mln soʻmlik 31 582 dona alkogol mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
🔹74 ta holatda 14 075 dona 302,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali;
🔹14 ta holatda 853 dona 25,1 mln soʻmlik aksiz markasiz;
🔹17 ta holatda 999 dona 138,2 mln soʻmlik eski namunadagi aksiz markali;
🔹12 ta holatda 900 dona 21,2 mln soʻmlik raqamli markirovkalanmagan;
🔹14 ta holatda 355 dona 8,8 mln soʻmlik tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;
🔹350 nafar fuqaro tomonidan 14 400 dona 257,2 mln soʻmlik tegishli hujjatlarsiz
alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 497,6 mln soʻmlik 40 267 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
🔸15 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 13 934 quti 101,6 mln soʻmlik;
🔸302 nafar fuqaro tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan 26 333 quti 396 mln soʻmlik
tamaki mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

✔️Mazkur holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar, belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Maʼlumot uchun
▫️Raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
👉VMQ-737 5-band 4-qism 20.11.2020
▫️2021-yil 1-yanvardan — tamaki va alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi oʻrnatilgan.
👉VMQ-737 1-ilova 20.11.2020

❗️Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarda aniqlangan qonun buzilish holatlari

Noqonuniy tamaki mahsulotlari sotganlarga qanday chora ko‘riladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 17-oktabridan 17-noyabriga qadar Davlat soliq xizmati organlarida «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» o‘tkazilmoqda.

👉Telegram I Facebook
Biz korrupsiyaga qarshimiz!

🔰Davlat soliq xizmati organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasidagi navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Sherobod va Muzrabot tuman davlat soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari korrupsion huquqbuzarliklarning turlari, kelib chiqish sabablari haqida to‘xtalib, xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashish bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etish uchun qulay shart-sharoit yaratish ekanligini ta’kidladilar.

❗️Har qanday vaziyatda o‘z mansab lavozimini suiste’mol qilmaslik, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, shu bilan birga atrofdagilarning hatti-harakatlariga befarq bo‘lmaslik kerakligi tushuntirildi. Zero, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining ahamiyati katta.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari kubogi uchun uyushmagan yoshlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etildi.

👉Telegram I facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda Termiz xalqaro savdo markazi – INTERMEX loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etib, mahalliy va xorijiy tadbirkorlarga soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlar berishdi.

👉Telegram I facebook I instagram I YouTube
#e_ijara

🔴 Mashinamni yuridik shaxsga ijaraga berganman. Ushbu daromadimdan soliq to‘laymanmi?

🔵 Ha, sizning avtomobil ijarasi bo‘yicha daromadingiz soliqqa tortiladi. Yuridik shaxs sizdan avtomobilni ijaraga olganligi sababli, ushbu daromadga soliq yuridik shaxs tomonidan hisoblab chiqiladi va to‘lanadi.

👉Batafsil
___________
#e_ijara

🔴 Я сдаю свой автомобиль в аренду юридическому лицу. Должен ли я уплачивать налог?

🔵 Да, Ваш доход от сдачи автомобиля в аренду облагается налогом. Так как автомобиль у Вас арендует юрлицо, то налог с этого дохода исчисляет и уплачивает юрлицо.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#e_ijara

Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

1. Buning uchun ijaraga beruvchi jismoniy shaxs JShShIRni kiritib, Face ID yordamida shaxsini tasdiqlagan holda avtorizatsiyadan o‘tishi lozim.

2. “Personal xizmatlar” bo‘limidan “Ijaraga berish” ochilgan oynadan esa “Avtotransportni ijaraga berish” tanlanadi.

3. Ijaraga beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

4. "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida:
agar ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR ko‘rsatiladi;
agar ijaraga oluvchi yuridik shaxs bo'lsa, STIR ko‘rsatiladi.

Shundan so‘ng, ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma‘lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

5. Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (model, davlat raqami, rangi, ishlab chiqarilgan yili va ro‘yxatga olingan joyi) ham avtomatik tarzda shakllanadi.

6. Ijara shartnomasining amal qilish muddati va oylik ijara haqi ko‘rsatiladi. Umumiy miqdor avtomatik ravishda hisoblanadi.

7. “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida ma’lumot va ijara shartnomasining raqami ekranda paydo bo‘ladi.

Malumot uchun. Soliq maqsadlarida, 2022-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari:
🚘 yengil avtomobil - 630 000 so'm;
🚛 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari - 1 250 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Suv va salqin ichimliklar majburiy markirovkalanadi

👉Batafsil

👉Telegram
#hamkorlik

Ayni damda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyevning Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forum Kotibiyati rahbari Zayda Manatta bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

O‘zbekiston joriy yilning may oyida Global forumga qo‘shilgan edi. Global forum Kotibiyati bir necha yillar davomida yangi a‘zo bo‘lgan mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatib keladi.

Bugungi uchrashuv doirasida soliq sohasida axborot almashinuvining xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi muhokama qilinmoqda.
_______
#сотрудничество

В эти минуты проходит встреча председателя Государственного налогового комитета Шерзода Кудбиева с главой Секретариата Глобального форума по прозрачности и обмену информации для целей налогообложения Зайдой Манатта.

Узбекистан присоединился к Глобальному форуму в мае этого года. На протяжении нескольких лет Секретариат Глобального форума будет оказывать техническую поддержку новым странам-участницам.

В рамках сегодняшней встречи обсуждается план практических мероприятий по внедрению международных стандартов обмена информацией в сфере налогообложения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#hamkorlik

XVJ soliq ma'muriyatchiligi raqamli transformatsiyasini davom ettirshni tavsiya etdi

Ron van Roden
boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi joriy yilning 7-15 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha xulosasi e’lon qilindi.

Tavsiyalardan biri – davlat xizmatlarini, jumladan, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirishni kengaytirishdir.

Qayd etilishicha, "bu nafaqat korxonalar ishini soddalashtiradi, balki korrupsiyaviy holatlarni ham qisqartirshga yordam beradi. Xususan, yirik qurilish va infratuzilmaviy loyihalarda manfaatlar toʻqnashuvini kamaytirishni koʻzda tutuvchi benefitsiarlikka oid talablarni kuchaytirish orqali boshqaruv tizimini takomillashtirish mumkin.

DSQ va XVJ hamkorligi

Seminarlar:
👉Foydali qazilmalarni qazib olish: fiskal vositalar sanoat rivojiga qanday ta'sir etadi
👉Qurilish sohasida uchrayotgan soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlari
👉Soliq madaniyati asoslari, soliqqa tortish va QQS ma'murchiligining o‘ziga xos xususiyatlari

Uchrashuvlar:
👉Rita de la Feria: O'zbekiston soliq tizimining 3 yil davomidagi jiddiy yuksalishi va evolyutsiyasi
👉O‘zbekistonda QQS ma'murchiligi bahosi
👉Soliq tushumlari o‘sishiga raqamlashtirishning ta’siri

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Uy-joylar uchun soliq imtiyozlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-sentabrdagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

🔹 2023-yil 1-yanvardan boshlab dastlabki badalning va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berilgan fuqarolarning uy-joylarni sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortilmaydi.

🔹Mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.

❗️2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida begonalashtirilganda, mazkur daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.


Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉 Telegram
#imtiyoz

Talabalar uchun soliq imtiyozlari

❗️Quyidagilarga soliq solinmaydi:

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtib Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari hududida pulli oʻquv kurslari, sport to‘garaklari yoki boshqa taʼlim xizmatlarini tashkil etgan talabalar daromadlariga;
📄Soliq kodeksi 369-modda 9-band
👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?

🔹Talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekistoning professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘larga;
📄Soliq kodeksi 369-modda 12-band
👉Imtiyozdan qanday foydalaniladi?

🔹Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga
📄Soliq kodeksi 378-modda 19.1-band
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?
__________
#льготы

Налоговые льготы для студентов

❗️Не облагаются налогом:

🔹доходы студентов, которые регистрируются в качестве самозанятых лиц и организовывают на территории вузов Узбекистана платные учебные курсы, спортивные кружки или оказывают другие образовательные услуги;
📄п.9 ст.369 НК
👉Как зарегистрироваться в качестве самозанятого?

🔹оплата за обучение студентов на платно-контрактной основе в профессиональных и высших образовательных организациях Узбекистана;
📄п.12 ст.369 НК
👉Как воспользоваться льготой?

🔹доходы налогоплательщика, полученные от сдачи жилых домов студентам в аренду.
📄п.19-1 ст.378 НК
👉Как зарегистрировать договор аренды со студентом?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter