Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
7.7K photos
2.39K videos
92 files
6.86K links
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Har birimiz xalqimizning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi ona tilimizni rivojlantirish, yanada boyitish, maqomini ko‘tarish va uning imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga o‘z hissamizni qo‘shishimiz lozim!
#tabrik
#21oktabr
#onatilimfaxrim

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar!

Hurmatli vatandoshlar, Sizlarni, bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun mamlakatimizning har bir goʻshasida keng nishonlanayotgan ushbu bayram allaqachon milliy anʼanaga aylanib, xalqimiz maʼnaviy hayotidan mustahkam oʻrin egalladi.

Necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol oʻtib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qaygʻurish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu oʻzlikni anglash, millat maʼnaviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir.

Zero, davlat tilining obroʻ-eʼtibori – xalqimiz va jamiyatimizning obroʻ-eʼtiboridir.

Prezidentimiz boshchiligida yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda ham, albatta, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz.

Shu bilan birga, mamlakatimizda oʻzbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Natijada nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti. Oʻzbek tili xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Barchangizga sogʻlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi

Viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tayyorlangan navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv soatida ma’ruzachilar tomonidan:

🔹 Hafta davomida mamlakatimiz hamda xorijda ro‘y bergan voqea-hodisalar;

🔹 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!;

🔹 Davlat fuqarolik xizmatchilarining (yangi tahrirdagi) odob-axloq qoidalari mavzularida chiqishlar qilindi.

Shuningdek, “Bir chimdim” ma`naviyat ruknida O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning inson siyrati haqidagi mulohazalari taqdim etildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️Joriy yil 22-oktabr 08:00 dan 23:59 ga qadar "Ko‘chma savdo" axborot portalida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida k-savdo.soliq.uz portalida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
____
Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️22 октября текущего года с 08:00 часов до 23:59 часов на портале "Ko‘chma savdo" будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе портала k-savdo.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#imtiyoz

Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish uchun har bir farzandiga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
👉O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?

Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiyoki maktabda ta'lim pullik hisoblanadi.

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo‘yicha har oyda 720 ming so‘m (6 mln so‘mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so‘m ish haqi hisoblanadi.

U buxgalteriyaga o‘z farzandining ta'minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so‘m o‘tkazish haqida ariza taqdim etadi.

Ushbu 2,5 mln so‘m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so‘m (6 mln so‘m - 2,5 mln so‘m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so‘mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 ming so‘m tejaydi.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?


Ota (ona) imtiyozni:
▫️o‘z korxonangizning buxgalteriyasiga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi bo‘yicha;
▫️soliq xizmatiga yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya va o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida hujjatlarni taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ona_tilim_faxrim

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir betakror shoir Muhammad Yusufning yuqoridagi misralari bilan boshlandi. Darhaqiqat, milliy madaniyatimiz, o‘zligimiz timsoli, millatimiz ko‘zgusi – ona tilimizni har qancha ta’rifu-tavsif etsak oz.

Bayram tadbirida tilimizning tadrijiy rivoji va ahamiyati xususida so‘z borib, o‘zbek tilining sofligi va jozibadorligini saqlash, nufuzini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo‘shishda har birimiz mas’ul bo‘lib, eng avvalo, tilimizga chuqur hurmat bilan yondashishimiz zarur.

Tadbir so‘ngida o‘zbek tilining jozibadorligini namoyon etuvchi go‘zal she’rlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.


Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati
Boysunlik tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi!

“Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida viloyatimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan bevosita muloqotlarning galdagisi Boysun tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar soliq qonunchiligi va soliq solish tartibiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, yangiliklar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishib, tadbirkorlik faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari haqida so‘zlashdilar.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlarning kadastr va soliq imtiyozlaridan foydalanish masalalari bilan bog‘liq muammolari ijobiy hal etilib, hisobotlarni qachon va qanday tartibda jo‘natish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

👉Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 22-oktabr kuni
kech soat 21:00 da «Ishonch» telekanalida "Soliq yangiliklari" informatsion dasturini tomosha qiling!


👉Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Soliq yangiliklari" informatsion dasturi  №19

👉Telegram