Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.47K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
Xotira mangu – qadr abadiy

Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jonini fido etgan yurtdoshlarimizning nomlari unutilmaydi va xotiralari qalblarda mangu yashaydi.

Viloyat hokimligi huzuridagi “Intellekt” istiqbolli kadrlar tayyorlash o‘quv markazi bilan hamkorlikda viloyat soliq boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi tadbir qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlandi.

Unda yurtboshimiz tashabbusi bilan siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Tarix fanlari doktori, professor Toshkentboy Pardayev 1937-1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lganligi, bugungi dorilomon kunlar o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmaganligini ta’kidlab o‘tdi.

Darhaqiqat, bugungi tinch va osoyishta kunlarimizga shukrona aytish, yosh avlodni Vatanimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish har birimizning burchimizdir.

👉 Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-sentabr

avgust oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizom 7-band);

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

sentabr oyi uchun:


- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 сентября 2024 года - последний день

за август:

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.);

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за сентябрь:

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

– Kimlar mehnat staji uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin?

⚪️ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;

⚪️ shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▫️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar)
▫️issiqxona xo‘jaligi,
▫️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▫️quyonchilik,
▫️asalarichilik,
▫️baliqchilik,
▫️bogʻdorchilik,
▫️limonchilik,
▫️gulchilik bilan shugʻullanayotgan yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari.
❗️Ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar.

⚪️ dehqon xo‘jaligi a’zolari (dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bundan mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar.

⚪️ mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

⚪️ O‘zbekiston davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

⚪️ ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar.

🔗 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ijtimoiy soliq har yili kamida BHMning 1 baravari miqdorida toʻlanishi lozim.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Talabalar bilan uy-joy ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

Buni ijara.soliq.uz saytida yoki Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Ijara shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazishda talabalardan elektron raqamli imzo talab qilinmaydi. Batafsil ma'lumot video qo'llanmada.

Talabalarga uy-joyni ijaraga beruvchi mulk egalari bu daromadlardan soliq to'lamaydi.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi 19 prim.1 bandi

Shartnomani ro'yxatdan o'tkazish har ikki tomonning huquqlarini himoya qiladi va ijara munosabatlarining shaffofligini ta'minlaydi.
______
#e_ijara

Договор аренды жилья студентами нужно регистрировать в налоговых органах

Если студенты снимают жилье, то их арендодатель должен зарегистрировать договор аренды в налоговых органах.

Сделать это можно как на сайте ijara.soliq.uz, так и в мобильном приложении Soliq.

У студентов не требуется электронная цифровая подпись при постановке на учет договоров аренды. Подробнее в видеоинструкции.

Владельцы жилья, которые сдают его в аренду студентам, не платят налог с этих доходов.
👉п.19 прим.1 ст.378 НК

Регистрация договора защищает права обеих сторон и обеспечивает прозрачность арендных отношений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida dori vositalarining markirovka kodlarini o‘zaro tan olish tizimi joriy etilmoqda

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif davomida tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarining markirovkalash kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish boʻyicha oʻzaro axborot hamkorligi toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Bitimning asosiy maqsadi - ikki davlatda dori vositalarining markirovkasini oʻzaro tan olish tizimini amaliyotga tatbiq etish uchun huquqiy asos yaratish va ikki davlat hududida markirovkalangan dori vositalarining muomalasi boʻyicha maʼlumotlar almashinuvi mexanizmini joriy etishdan iborat.

10-sentabr kuni Soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov bilan uchrashdi.

Sh.Kudbiyev Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan tanishtirdi va u yoki bu faoliyat boʻyicha vizual tahliliy hisobotlarni shakllantirish imkonini beruvchi maʼlumotlarni yigʻish va vizualizatsiya qilishning zamonaviy vositalarini (dashbordlar) joriy etish boʻyicha tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

Yakunda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

👉 Batafsil
___________
#сотрудничество

Между Узбекистаном и Россией внедряется система взаимного признания кодов маркировки лекарств


В ходе визита делегации под руководством Председателя Правительства Российской Федерации Михаила Мишустина в Узбекистан подписано Соглашение об информационном взаимодействии в целях передачи сведений о кодах маркировки лекарственных препаратов для медицинского применения.

Основная цель соглашения - создать юридическую основу для внедрения системы взаимного признания маркировки лекарственных средств двух стран и внедрить механизм обмена данными об обороте лекарственных средств, маркированных на территории обоих государств.

10 сентября председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев провел встречу с руководителем Федеральной налоговой службы России Даниилом Егоровым.

Ш.Кудбиев представил автоматизированные информационные системы Налогового комитета и поделился опытом внедрения современных инструментов для сбора и визуализации данных (дашбордов), которые позволяют сформировать наглядную аналитическую отчетность по той или иной деятельности.

В заключение стороны обсудили вопросы дальнейшего сотрудничества.

👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_hisoboti

Soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻgʻri toʻldirishlari kerak!


Hisobot shaklining hisob-kitobdagi koʻrsatkichlari ilovalardagi raqamlar yigʻindilaridan shakllantiriladi.

Shu sababdan, jami ish haqi va mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar summasi hisob-kitobda va ilovalardagi xodimlar kesimida koʻrsatilgan daromadlar yigʻindisiga teng boʻlishi lozim, aks holda xatolik kelib chiqadi (Ushbu qiymat ilova qilingan faylning 1-varaq 13-ustuni, 2-varaq 8-ustunlari va 4-varaq 9-ustuni yigʻindisiga teng emas!).

Shuningdek, imtiyozlarni inobatga olgan holda hisoblangan daromad soligʻi summasi ham hisob-kitob bilan ilovalardagi xodimlar kesimida hisoblangan summa yigʻindisiga teng boʻlishi lozim.

Amaliyotda hisob-kitob taqdim etilganida hisoblangan daromad soligʻi summasi va xodimlar kesimida hisoblangan daromad soligʻining yigʻindisida farqlar aniqlanmoqda.

Mazkur tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagi mantiqiy shart kiritilmoqda. Xususan,

🔹hisob-kitobning 4-ilovasi 13-ustuni yigʻindisi, 5-ilova 8-ustuni yigʻindisi va 7-ilova 9-ustuni yigʻindisi Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni, 070-satri 7-ustuni va 090-satri 7 va 8-ustunlari yigʻindisiga teng boʻlishi kerak.

Buning uchun,
4-ilovaning 13-ustuni,
5-ilovaning 8-ustuni,
7-ilovaning 9-ustuni
dagi oʻsib boruvchi jami hisoblangan daromad soligʻi summasini har bir xodim uchun qoʻllanilgan imtiyoz summasini hisobga olgan holda koʻrsatilishi kerak.

Bunda, 4-ilovaning 13-ustunida oʻsib boruvchi tarzida hisoblangan daromad soligʻi summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy hisoblangan badallar summasini oʻz ichiga olgan holda aks ettiriladi.

Soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning soliq davrida olgan daromadlari, ularga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini toʻgʻri kiritish va yuritish Soliq agentlari zimmasiga yuklatilgan.

❗️Joriy yilning avgust oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni taqdim etishning oxirgi kuni – 16 sentabr.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

Ijtimoiy soliq stavkasi 1%

2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:

🔸chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔸mehmonxona (joylashtirish);
🔸avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish;
🔸avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔸kompyuter xizmatlari;
🔸maishiy texnikani ta’mirlash;
🔸agro va veterinariya xizmatlari;
🔸ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1% miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

📌 Mazkur imtiyoz, belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.

🔗 Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?

👉 Telegram
#bilasizmi

Xodimlar sonini yashirish!

🟠 Xodimlar sonini yashirish — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔗 MJtK 175-prim 5-modda

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "MY5" TV

Oltinsoy tumani 4-sektor hududidagi mahallalarda doimiy daromad manbaiga ega aholi soni ortib bormoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollangan xodimlarning soliq qarzlarini shaxsiy kabineti orqali toʻlashlari mumkin

Buning uchun YTT “my3.soliq.uz” saytidan “Soliq majburiyatlari” bo‘limida “Yollanma xodimlarning soliqlarini to‘lash” xizmatini tanlashi kerak.

Ochilgan oynada YTT bilan mehnat munosabatida bo‘lib ro'yxatdan o'tgan yollanma xodimlar avtomatik ravishda aks etadi va soliq qarzining mavjudligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumot ko‘rsatiladi.

Shu bilan birga, faqat soliq qarzi mavjud yollanma xodimlar yoki barcha xodimlarni tanlashingiz mumkin:
▪️"Qarzdorligi mavjud xodimlar" - joriy davr holatiga;
▪️"Barcha xodimlar" - umumiy miqdor.

Bitta yollanma xodim qarzini to'lash uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdorni ko'rsatish hamda "To‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Shuningdek, bir vaqtning o'zida barcha yollanma xodimlarning soliq qarzi va hisoblangan soliqlarni to'lash mumkin. Buning uchun "To'lov summasi" qatorida to'lanishi kerak bo'lgan miqdor kiritilib, shu oynaning yuqori o‘ng qismida "Hammasini to‘lash" tugmasini bosish va to'lovni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlash kerak.

Istalgan vaqtda amalga oshirilgan to‘lovlar yuzasidan "To‘lovlar reestri" bo‘limiga kirgan holda to‘lov topshiriqnomalar holatini kuzatish, topshiriqnomani yuklab olish imkoniyati mavjud.

Agar yollanma xodimlarni soliq qarzi bo'lmasa, ekranda "To‘lov summasi" qatorida summa shakllanmaydi va "To‘lash" yozuvi paydo bo'lmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!


Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads