Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
7.58K photos
2.36K videos
91 files
6.76K links
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlar faoliyati qanday baholanadi?

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda faoliyatlarini baholash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi bir qancha umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalarida bo‘lishdi.

Unda tadbirkorlarga 100 ball olish imkonini beruvchi 23 ta umumiy mezonlar, shuningdek, joylashgan joy o‘zgarishi, tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, tadbirkorlik subyektlari, shaxsiy kabinet orqali reytingdagi toifasini muntazam tarzda kuzatib borishlari, qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

❗️Baholash mezonlari soliq to‘lovchi tomonidan tegishli o‘zgarishlar kiritilishi bilan onlayn yangilanib boriladi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

🔵 "ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyatidagi 724 ta mahallada 265 nafar soliq inspektori faoliyat yuritmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#QQS #bilasizmi

2024-yil 1-apreldan quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaga QQS bo‘yicha imtiyoz bekor qilingan:
▫️dori vositalari;
▫️veterinariya dori vositalari;
▫️tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

Bunda agar korxonaning 2024-yil 1-aprel holatiga QQS imtiyozi bekor qilingan qoldiq tovarlar mavjud bo‘lsa, ushbu tovarlar realizatsiya qilinganda EHF QQS bilan rasmiylashtiriladi

👉 VMQ-489-son 14.07.2020 yil
_______
#НДС #знаете_ли_вы

С 1 апреля 2024 года отменены льготы по НДС на оборот по реализации:
▫️лекарственных средств,
▫️ветеринарных лекарственных средств,
▫️изделий медицинского и ветеринарного назначения.


При этом, если по состоянию на 1 апреля 2024 года у организации имеются остатки товаров, по которым отменена льгота по НДС, при реализации этих товаров ЭСФ оформляются с НДС.

👉 ПКМ №489 от 14.07.2020

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Talabalar bilan bevosita muloqot tashkil etildi

Termiz davlat universitetida Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari ishtirokida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlar safini kengaytirish borasida olib borilayotgan izchil ishlar to‘g‘risida bevosita muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari hamda universitet o‘qituvchilari bugungi kunda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash va bizneslarini rivojlantirish maqsadida berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar xususida so‘z yuritdi.

– 2024-yilning 1-fevralidan amaliyotga tatbiq etilgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarib yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan ishbilarmonlar alohida imtiyozlarga ega bo‘lishmoqda, – deydi viloyat soliq boshqarmasi mutaxassisi Sobir Rahmonqulov. – 23 ta mezon asosida faoliyatlari baholanayotgan tadbirkorlar o‘z faoliyatlariga chetdan nazar solish, yo‘l qo‘yayotgan xato va kamchiliklarini bartaraf etish imkoniyatiga egalar. Ahamiyatli tomoni, aksariyat tadbirkorlarimiz, barqarorlik reytingida yuqori natijalarni qayd etishga harakat qilishayapti. Natijada intizomli soliq to‘lovchilar soni ham ortib bormoqda.

Bevosita muloqot davomida talabalar tadbirkorlik faoliyati va soliq sohasiga oid ko‘plab savollariga oydinlik kiritishdi.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Shuhrat” medali sohibi, "Yoshlar" radiokanalining katta muharriri va mashhur radioboshlovchi – Vahobiddin  Ziyo.

📌15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

👉Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 10-12-aprel dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 13-aprelga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 10-12 апреля - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 13 апреля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
#tabrik

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Fazilatli
kechgan ulug‘ oyda yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun qilingan duoyi fotihalar Yaratgan dargohida qabul bo‘lsin.

Ezgulik, mehr-oqibat, ma’naviy poklanish ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin.

Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423-va 440-moddalariga asosan jismoniy shaxslar 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining teng yarmini joriy yilning 15-apreliga qadar to‘lashlari lozim!


👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"Renessans" TV

Surxondaryoda soliq qarzi mavjud korxonalarning noturar obyektlari va transport vositalari xatlanmoqda.

Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

15-aprelga qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!


Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Kimlar mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?
👉 Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilingan?
_______
#налог_на_имущество #земельный_налог

Не забудьте уплатить налоги на имущество и землю до 15 апреля!

❗️
Уплата налогов на имущество и землю физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.
👉
ст.423 НК
👉
ст.440 НК

📲 Получить информацию о начисленных налогах на имущество и землю и произвести оплату можно через мобильное приложение Soliq.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini Soliq mobil ilovasi hamda my3.soliq.uz sayti orqali ham to‘lashi mumkin.
___
#налог_на_имущество #земельный_налог

Физические лица могут уплатить налоги на имущество и землю как в мобильном приложении Soliq, так и через сайт my3.soliq.uz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads