Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.17K subscribers
8.72K photos
2.64K videos
99 files
7.53K links
Download Telegram
#hayat

Hayʼat yigʻilishi: 2023-yil yakunlari va joriy yilning dastlabki oyi natijalari tanqidiy muhokamasi va ustuvor vazifalarga bagʻishlandi


Soliq qoʻmitasining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda 2023-yil yakunlari va 2024-yilning dastlabki oyi natijadorligi tanqidiy ravishda keskin muhokama etilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Jumladan:
▫️mahallabay ishlash yangi institutining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish hisobiga mahalliy soliqlar bazasini kengaytirish;
▫️isteʼmol bozori va iqtisodiyotning oʻsishiga mos ravishda tushumlarni taʼminlash;
▫️yashirin ish oʻrinlari va ish haqini legallashtirish, soliqdan qochish sxemalarining oldini olish;
▫️xodimlarning ish samardorligi (KPI) va malakasini oshirish, kadrlarni tanlash hamda tizimda ijro intizomini yanada mustahkamlash masalalari jiddiy tanqid qilindi.
Shuningdek, qoʻmita raisi oʻrinbosarlari, hududiy boshqarma va tuman (shahar) rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanildi. Xususan, Izboskan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Mirzayev, Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Qodirov, Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i E.Erkabayev, Doʻstlik tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Tursunmuratov, Oqdaryo tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i O.Ilyasov, Jomboy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Baratovlarga hayfsan berildi.

Joriy yilda soliq organlarining ustuvor vazifalari 2024-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida makroiqtisodiy kompleks boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilganligi va ularning soʻzsiz ijrosini taʼminlashga qaratilgan yoʻl xaritasi loyihasi muhokama etildi.
Bunda:
▪️soliq bazasini kamida 20-30 %ga oshirish orqali belgilangan prognoz koʻrsatkichlari va qoʻshimcha daromadlarni jalb etish hisobiga soliq tushumlari barqarorligini taʼminlash;
▪️mahallabay ishlash tizimini kengaytirish va davlat ulushi yuqori soliq toʻlovchilar bilan “korxonabay” ishlash hamda toʻlov intizomini mustahkamlash;
▪️tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish, ularning ishonchini qozonish va maʼmurchilikni yanada yaxshilashga qaratilgan sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish;
▪️soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarishni ragʻbatlantirish va faqat reyting koʻrsatkichlari asosida manzilli tekshirishlar hisobiga har bir xodim, har bir tekshirish samaradorligini oshirish;
▪️xodimlarning dunyoqarashi, malakasi, Vatanga va xizmat burchiga sadoqati hamda shaxsiy masʼuliyatini oshirish kabi qoʻshimcha vazifalar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mahallabay

Kasbiy mahorat – muvaffaqiyat garovi!

Toshtemirova Gulnora Ro‘zimatovna - Sho‘rchi tumanining “Saksonkapa” mahallasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan hamda “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida yuqori natijalarni qayd etayotgan soliq xodimi.

🔗 Batafsil

👉 Telegram
👍4
#seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Ertaga, 2-fevral kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari" hamda "Tabirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari" to‘g‘risida navbatdagi hududiy seminarlar o‘tkaziladi.

📍Manzil: Denov tuman soliq inspeksiyasi
🕙 Boshlanish vaqti - 10:00

📍Manzil:
Oltinsoy tuman soliq inspeksiyasi
🕙 Boshlanish vaqti - 15:00

Surxondaryo
viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
👉 Telegram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Soliq imtiyozlari tadbirkorlik rivojiga xizmat qilmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍6
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi beriladi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. PQ-49 31.01.2024

Hujjatga koʻra, 2030-yil 1-yanvarga qadar –
yuridik shaxslarga oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning foyda soligʻini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

Bunda, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul oʻqishga qabul qilish boʻyicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, chegirib qolingan foyda soligʻi summasi Davlat budjetiga qaytariladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati tiklandi, ayni paytda ilova odatdagi tartibda ishlamoqda.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq восстановлены, в настоящее время приложение работает в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#imtiyoz

2024-yilda ayrim sohalarni rivojlantirish va aholini qo‘llab-quvvatlash uchun tatbiq etilgan imkoniyatlar

👉 Dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirildi.

👉 "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining ayrim daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

👉 “Izlanish va rivojlanish” markazlari mol-mulk va yer soliqlari summasini 1 %ini, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

👉 Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir hamda nodir yer elementlarini, uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi.

👉 Xalqaro moliya institutlari qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)lar QQSdan ozod qilindi.

👉 Mikrofirmalar va kichik korxonalarga JShODS va ijtimoiy soliq bo'yicha imtiyozlar berildi.

👉 Turizm markazlaridagi chakana savdo shoxobchalaridan sotib olingan ayrim tovarlar uchun Tax Free qoʻllaniladi.

👉 Elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda va mol-mulk soligʻi stavkasi 50%ga kamaytirildi.

👉Choʻl hududlarida kurort zonalari va tematik bogʻlar tashkil etish uchun foyda, mol-mulk va yer solig'i bo'yicha imtiyozlar berildi.

👉 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga yana 4 ta mahsulot xaridi uchun QQS qaytariladi.

👉 Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi berildi.
____________
#льготы

Предоставленные в 2024 году возможности для развития отдельных отраслей и поддержки населения

👉Продлен срок действия налоговых льгот по доходам в виде дивидендов и процентов.

👉Доходы коммерческих банков, участвующих в «Комплексной программе непрерывной поддержки малого бизнеса», признаются в качестве вычитаемых расходов в целях исчисления налога на прибыль.

👉Центры «изысканий и развития» уплачивают налоги на имущество и землю в размере 1% от суммы этих налогов, а также соцналог по ставке 1%.

👉Не будет применяться специальный рентный налог к юрлицам, добывающим драгоценные, цветные и (или) радиоактивные металлы, редкие и редкоземельные элементы, углеводородное сырье.

👉Освобождаются от НДС товары (услуги) в рамках проектов, финансируемых за счет займов международных финансовых институтов.

👉Микрофирмам и малым предприятиям предоставляются льготы по НДФЛ и соцналогу.

👉На некоторые товары в торговых точках торгово-развлекательных комплексов, расположенных на территории туристских центров, будет действовать система Tax Free.

👉Продлевается срок действия льгот по налогу на прибыль и налогу на имущество для предприятий электротехнической отрасли.

👉За создание на пустынных территориях курортных зон и тематических парков предоставляются льготы по налогам на прибыль, имущество и землю.

👉За строительство негосударственной общей средней образовательной организации предоставляется льгота по налогу на прибыль.

👉Физлицам, включенным в «Единый реестр социальной защиты», будет возвращаться НДС еще за 4 вида товаров.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #soliq_hisoboti

2024-yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha videoqo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41

👉YouTube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "O'zbekiston 24" TV

Termiz tumanida yoshlar festivali tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍5🔥1
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
❗️QURILISH SOHASIDA FAOLIYAT YURITUVCHI TADBIRKORLAR DIQQATIGA!

Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

🏗 Uchrashuvga qurilish faoliyati bilan shug’ullanuvchi, shuningdek qurish materiallari ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchi korxonalar rahbarlari va ularning xisobchilari taklif etiladi!

Oʼtkazilish vaqti: 6-fevral, 10:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, “InterContinental Tashkent” (Trilliant) mehmonxonasi — LOKATSIYA

Tadbirda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz so'raladi: https://surl.li/qccmd

Batafsil ma’lumot uchun:
📞 +998781506006
🕊@mkuchkarova

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

"O‘zbekiston 24" telekanalida Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘ktam Rajabov hamda Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashi a'zosi Jamshid Ismatullayev ishtirokida barqarorlik reytingi mavzusida suhbat tashkil etildi.

👉Suhbatni youtube orqali tomosha qilish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads