Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#integratsiya

Hisobga olish dasturlari
(R-Keeper, JOWi, iiko va boshqalar) qanday qilib soliq organlari bilan integratsiya qilinadi?

Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi lozim.

Integratsiya qilish va davlat reestriga kiritish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹Hisobga olish dasturlari ishlab chiqaruvchisi integratsiya boʻyicha Fiskal maʼlumotlar operatori (FMO)ga ariza bilan murojaat qiladi;
🔹Arizaga asosan FMO hamda ishlab chiqaruvchi oʻrtasida shartnoma imzolanib integratsiya amalga oshiriladi hamda qaror (
VMQ-943) talablariga muvofiqlashtiradi;
🔹Ishlab chiqaruvchi integratsiya yakuni boʻyicha xulosa olish uchun ariza bilan FMOga murojaat qiladi;
🔹Integratsiya belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilganda ijobiy xulosa taqdim etiladi.


Shundan soʻng ishlab chiqaruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar Soliq qoʻmitasiga taqdim qilinadi:

👉Hisobga olish dasturining etalon namunasi;
👉Dasturning muvofiqlik sertifikati;
👉Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza;
👉Shakllantirilgan chek namunasi;
👉Dasturning texnik pasporti;
👉Foydalanish hujjatlari (foydalanuvchi uchun qoʻllanma, va soliq inspektori yoʻriqnomasi);
👉Ariza beruvchining ehtiyot qismlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida kafolat xati;
👉"Kiberxavfsizlik markazi" DUK xulosasi;
👉FMO xulosasi;
👉Dasturning mualliflik huquqi (patent)
.

Vakolatli organ tomonidan hujjatlar o‘rganiladi, kamchiliklar aniqlanmasa reestrga kiritish boʻyicha qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng FMO tomonidan dasturning zavod yoki seriya raqamlari Davlat reestriga kiritiladi. (Kamchiliklar aniqlanganda rad qilinadi, ishlab chiqaruvchi xatolarni to‘g‘rilab qayta murojaat qilishi mumkin).

Dastur bilan bir qatorda dasturga texnik xizmat koʻrsatuvchi markaz (TXKM) ham davlat reestriga kiritilishi zarur. Buning uchun Soliq qo‘mitasiga Davlat reestriga kiritish boʻyicha ariza va quyidagi hujjatlar yuboriladi:

👉Ishlab chiqaruvchi yoxud uning vakolatli vakili bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
👉TXKMning faoliyat yuritish joyi boʻyicha koʻchmas mulkka yoki undan foydalanishga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat(lar);
👉“Call-markaz”ga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot;
👉Dasturga xizmat koʻrsatish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassis(lar) toʻgʻrisida maʼlumot.


Shundan soʻng TXKM va FMO oʻrtasida fiskal modul bilan taʼminlash toʻgʻrisida shartnoma imzolanadi. TXKM malakali mutaxassisi FMO axborot tizimiga kiritiladi va unga foydalanishga ruxsat beradi, shuningdek, TXKM soʻroviga asosan FMO fiskal modul bilan taʼminlaydi.

👉Integratsiya qilish uchun FMOga xatlar [email protected] manzili orqali yuboriladi.
👉
Xat namunalari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasiga yangi xizmatlar qo‘shildi

📲Endilikda foydalanuvchilar ilovaning yangilangan 1.4.2 versiyasi orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

🔸"Ortiqcha to'lovni qaytarish" xizmatida jismoniy shaxslar ortiqcha toʼlagan soliqlarini elektron ariza yuborish orqali qaytarib oladi.

🔸"Soliq imtiyozini qaytarish". Endi Soliq mobil ilovasi orqali ham "kontrakt", nodavlat maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ipoteka kreditlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin.

🔸“Fiskal modulga toʼlov”
xizmati orqali onlayn-NKTda qo'llaniladigan fiskal modul uchun toʼlov qilinadi.

🔸"Jarimalarni to‘lash" xizmatida MIB hamda yoʻ l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni ko‘rish va to‘lash mumkin.

Shuningdek, yangilangan versiyada foydalanuvchilarning ilovaga biriktirilgan telefon raqamlari ularning JShShIRlariga bogʻlandi hamda “SoliqID” identifikatsiya tizimi takomillashtirildi.

🛒 Ilovani hoziroq yangilab oling Android / iOS

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#twitter

Soliq sohasidagi yangiliklarni qo‘mitaning
twitterdagi rasmiy sahifasi orqali kuzatib boring.

👉Obuna bo‘ling https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyati soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida joriy yilning o‘tgan vaqti mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

👉Telegram facebook youtube instagram
#uchrashuv

Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazilmoqda

Qo'mita Raisi davlat soliq xizmati organlari xodimlari, shuningdek, tizim tarkibidagi talim muassasalari talaba va o‘quvchilari orasida katta salohiyatga ega, g‘ayratli, yosh kadrlar ko‘pligini ta’kidladi. Kelajakda soliq sohasini rivojlantirishda yoshlarga katta umid bog'langani qayd etildi.
_______
#встреча

В Фискальном институте проходит встреча председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева с молодежью

Глава ведомства отметил, что среди сотрудников органов государственной налоговой службы, а также студентов и учащихся подведомственных образовательных организаций много молодых и целеустремленных людей с большим потенциалом. На них возлагаются надежды и ожидания в будущем преобразовании налоговой сферы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#uchrashuv

Ishtirokchi yoshlar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan soliq tizimining mahallaga tushirilishi chin ma'nodagi xalqchil islohot ekanligini ta'kidladi.

Yoshlardan biri tengdoshlariga qarata soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash davlat oldidagi burchi ekanligini aholi ongiga singdirish muhim vazifalaridan biri ekanligini aytdi.

Xususan, mahallalarning tadbirkorlik salohiyati va aholi soliq madaniyatining oshishida mahallalarga biriktirilgan xodimlarning bilim va tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Fiskal institutda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning yoshlar bilan uchrashuvi oʼtkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#дайджест

SOLIQ VAQTI

👉
Ш.Кудбиев побеседовал с молодежью

👉
Средства учета должны быть интегрированы с налоговыми органами

👉Как подать заявку на интеграцию с налоговыми органами?

👉За какие нарушения предусмотрена ответственность по ст.227 прим.1?

👉Встреча с предпринимателями в сфере розницы и общепита

👉Обсуждены технические вопросы интеграции и маркировки

👉Гражданам направляются SMS с информацией о задолженности по налогу на доходы

👉В каком случае физлицо уплачивает налог на доходы от продажи имущества?

👉Родители не платят налог на доходы за оплату частных детских садов и школ

👉В Узбекистане почти 194 тысячи плательщиков НДС

👉За возмещением НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности

👉Налогоплательщики должны уведомлять о контролируемых сделках

👉Как получить ЭЦП?

👉Мобильное приложение Soliq обновилось

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi #foyda_soligi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 25 dekabr

dekabr oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda belgilangan miqdordan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика #налог_на_прибыль

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 декабря 2023 года последний день

за декабрь:


- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает установленный размер
(ч.1 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#foyda_soligi

"Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusidagi onlayn seminar videoyozuvini bu yerda ko‘ring - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA
_______
#налог_на_прибыль

Запись онлайн-семинара на тему “Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль” - https://www.youtube.com/watch?v=nVuqFl735zA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozini_band_qilish

Men yog'ochdan (faner, XDF) turli buyumlar yasash bilan shug‘ullanaman. O'zimni o‘zim band qilib, mahsulotlarimni internet-do‘kon orqali sota olamanmi?

Ushbu faoliyat turi o'zini o‘zini band qilgan shaxslar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari ro'yxatiga kiritilgan ("Yog'och me'morchiligi" 27-band).
👉 PQ-4742-son ilovasi 06.08.2020 yil

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shundan so'ng ro'yxatdan o'tganlikni tadiqlovchi QR-kodli guvohnomani yuklab olish lozim.

Elektron savdo maydonchasida tovarlar chakana savdosini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs elektron tijorat sohasi sotuvchi hisoblanadi.
👉 “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun 8-modda

Yuqoridagi qonunchilik me’yorlariga muvofiq siz o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishingiz va o'zingiz ishlab chiqargan mahsulotlarni internet-do‘kon orqali sotishingiz mumkin.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads