Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 3-oktabr

2023-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 7-qism).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️3 октября 2023 года - последний день

за 2023 год:

- уплаты налога за пользование водными ресурсами сельскохозяйственными предприятиями за налоговый период в размере 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами
(ч.7 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, hisobotini taqdim etish tartibi va to‘lov muddatlari

🔹
1-oktabrga qadar – soliq summasi soliq organlari tomonidan belgilangan soliq stavkalaridan* kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun avvalgi soliq davrida** foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida aniqlanadi.

Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.

🔹15-dekabrdan kechiktirmay – joriy soliq davrida foydalanilgan suv hajmi bo‘yicha soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga taqdim etiladi.
👉
Soliq kodeksi 447-modda

Toʻlov muddatlari:
🔸 1-oktabrga qadar – soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
🔸 15-dekabrga qadar – soliqning qolgan summasi.
👉 Soliq kodeksi 448-modda

*Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan 1 kub metr suv hajmi uchun soliq stavkasi 45 so‘m.
👉
Soliq kodeksi 445-modda
**Kalendar yil – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davri hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 446-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#bilasizmi

Nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal to‘plagichlardagi fiskal ma’lumotlar yozib olinishi va saqlanishini ta’minlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal ma’lumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qo‘llash to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qog‘ozda chop etilishini ta’minlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar.

👉 Telegram
Soliq sohasidagi eng muhim, to‘g‘ri va tezkor ma'lumotlarni Soliq qo‘mitasining rasmiy sahifasi – "Soliq xizmati xabarlari" telegram kanali orqali kuzatib boring!
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Fermer xoʻjaliklariga 1,9 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoni berildi

Fermer xoʻjaliklariga 2023-yil 1-iyun holatiga shakllangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qarzini 12 oy mobaynida teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan.
👉 PQ-192 14.06.2023

Qarorga muvofiq, Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizalar elektron tarzda qabul qilinib, 5 kun muddatda koʻrib chiqilmoqda.

🗓2023-yil 1-oktabr
holatiga 209 ta korxonaga umumiy miqdori 1,9 mlrd so‘mdan ortiq soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berildi.

❗️Soliq to‘lovchilar mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun my3.soliq.uz portalidagi xizmatlar menyusidan “Soliq qarzlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki kechiktirish” xizmati orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Surxondaryolik soliq to‘lovchilar joriy yilning III choragida 673,1  milliard so‘m soliq to‘lashdi

2023-yilning iyul-sentabr oylarida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 673 mlrd 87 mln so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 17  mlrd 31 mln so‘m ortig‘i bilan bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,5 foizga o‘sishga erishildi.  

📊 Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 593,6  milliard so‘m yoki 88,2 foizi yuridik shaxslar, 79,5 milliard so‘m yoki 11,8 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

🧮 Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan:

🔰 Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 9  mlrd 285  mln so‘m (507,5 %);

🔰 Yuridik shaxslarning foyda solig‘i 7  mlrd 360,1 mln so‘m (152,8 %);

🔰 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i 10  mlrd 738  mln so‘m (150,5 %);

🔰 Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 17  mlrd 842,1 mln so‘m ( 142,3 %);

🔰 Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 3 mlrd 647,6 mln so‘m (128,0 %);

🔰 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 28 mlrd 501,1 mln so‘m (113,0 %);

🔰 Aksiz solig‘i 6 mlrd 318,2 mln so‘m (112,7 %)ga o‘sgan.


Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#mol_mulk_va_yer_soligi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

❗️
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
__________
#налог_на_имущество
#земельный_налог

15 октября истекает срок уплаты физическими лицами налога на имущество и земельного налога

❗️
Согласно ст.423 и ст.440 Налогового кодекса, уплата налога на имущество и земельного налога физлицами производится равными долями до 15 апреля и 15 октября.

🔹Уплатить налоги на имущество и землю можно в мобильном приложении Soliq, а также в налоговых органах или в отделениях банка.

👉У кого есть льготы по налогу на имущество?
👉Кто освобожден от уплаты земельного налога?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Renessans" TV

1️⃣5️⃣ oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉Telegram facebook youtube instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Sentabr oyida “Soliq” mobil ilovasidan qariyb 50 mln marta foydalanildi

Joriy yilning 30-sentabr holatiga “Soliq” mobil ilovasida 4,8 mln nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan, bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 214,6 ming nafar ko‘p.

📱Ular sentabr oyida mobil ilova xizmatlaridan 49,5 mln martadan ko‘p foydalangan.

🤳🏻Faol
foydalanuvchilar – 4,4 mln nafar

Mobil ilovani yuklash:
▫️AppStore – TOP-3;
▫️Play Market – TOP-5.

🎗
Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Ijtimoiy keshbek
Ish haqi ma'lumotlari
_______
#цифровизация #мобильное_приложение

В сентябре мобильным приложением Soliq воспользовались почти 50 млн раз

По состоянию на 30 сентября этого года в мобильном приложении Soliq прошли регистрацию 4,8 млн человек, это на 214,6 тыс. больше показателя месяцем ранее.

📱В сентябре они воспользовались услугами мобильных приложений более 49,5 млн раз.

🤳🏻Активных
пользователей - 4,4 млн человек.

По скачиванию мобильное приложение входит в:
▫️ТОП-3 – AppStore
;
▫️ТОП-5 PlayMarket.

🎗Самые популярные услуги:
Кешбэк за покупки
Регистрация договоров аренды
Регистрация в качестве самозанятого
Уплата налогов
Социальный кешбэк
Справка о заработной плате

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

- Yolg‘iz pensionerlar yer solig‘idan ozod ekan. Turmush o‘rtog‘im vafot etgan men ham yolg‘iz pensioner hisoblanamanmi?

🔗 Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq yolg‘iz pensionerlar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etilgan.

Yolg‘iz pensionerlar deyilganda yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar tushuniladi.

❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

⚠️ Ushbu soliq imtiyozi yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

📌 Yuqorida qayd etilgan soliq imtiyoziga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

👉 Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-oktabr

sentabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 октября 2023 года последний день

за сентябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryolik soliq to‘lovchilar joriy yilning III choragida 673,1  milliard so‘m soliq to‘lashdi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#antikorrupsiya

Halollik osuda turmush garovi!

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar Muzrabot, Sherobod va Boysun tuman soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.

Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, diniy-ekstremistik oqimlarning domiga tushmaslik, yot g‘oyalardan doimo ogoh bo‘lib yashash kerakligi tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram