Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.49K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EHF #QQS

12–may - elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishning oxirgi muddati

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

Quyidagilar realizatsiya qilinganda EHF kalendar oyining oxirgi kuni bilan bir marta rasmiylashtiriladi va shu oy davomida yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)ning umumiy hajmi uchun keyingi oyning 10-kuniga qadar taqdim etiladi:

⚡️elektr energiyasi, shuningdek, ijara (foydalanish)ga berilgan obyektlar bo‘yicha elektr energiya xarajatlarini qoplab berish;
☀️issiqlik energiyasi, jumladan, isitish xizmatlari hamda isitishga bog‘liq xarajatlarni qoplab berish;
💦suv, shu bilan birga sovuq va issiq suv, ijara (foydalanish)ga berilgan obyektlar bo‘yicha suv ta’minoti xarajatlarini qoplab berish;
🔥gaz, jumladan, tabiiy gaz, gaz ta’minoti xizmatlari, shuningdek ijara (foydalanish)ga berilgan obyektlar bo‘yicha ushbu xizmatlar uchun xarajatlarni qoplab berish;
🏠kommunal, xususan, chiqindilarni tashish, kanalizatsiya, ko‘p kvartirali turar va noturar obyektlarni saqlash xizmatlari hamda ular bo’yicha qilingan xarajatlarni qoplab berish;
📞 aloqa xizmatlari, jumladan, simli va simsiz telekommunikatsiya sohasidagi operatorlar xizmatlari, internet tarmog'idagi simli va simsiz telekommunikatsiya xizmatlari, shahar telefon aloqa xizmatlari, kabel orqali iste'molchilar orasida dasturlarni tarqatish, mobil aloqa va shu kabi boshqa xizmatlar;
🚉temir yoʻlda tashish - temir yo'lda yo'lovchi va yuklarni tashish;
🚚transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar.
👉Bunda qaysi MXIKlardan foydalaniladi?

10-may dam olish (ishlanmaydigan) kuni bo'lganligi sababli, muddatning oxirgi kuni 12-mayga ko'chiriladi.


📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shu bilan birga, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi shart.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
#sayyor_qabul

Sayyor qabul: murojaat va yechim

Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev tomonidan Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatidagi yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida onlayn sayyor qabul o‘tkazildi.

200 ga yaqin soliq to‘lovchilar ishtirokida o‘tkazilgan bevosita muloqotda soliq sohasiga oid muammo va takliflar tinglandi.

Jumladan Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarning dori vositalarini markirovkalash, soliq imtiyozlarini qo‘llash va deklarsiyaga oid murojaatlari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

👉 Telegram
👍4
#xarid_qilish_dalolatnomasi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qiluvchi eksportyor korxonalar dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirishlari mumkin

👉 PF-22-son, 14.02.2025-yil.

Jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida xarid qilgan korxonalar uchun soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida dalolatnomalarni elektron rasmiylashtiradi:

"Elektron hujjat almashish" bo‘limida “Yuridik shaxslar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomalari” xizmatini tanlab, “Eksportchi” belgisini bosing.

Mazkur xizmat Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ham mavjud.
______________
#акт_закупки

Экспортеры, закупающие сельскохозяйственную продукцию у физических лиц, могут оформлять акты закупки в электронной форме

👉№УП-22 от 14.02.2025 г.

Оформление в электронной форме приходных документов предприятиями, закупающими у физлиц сельскохозпродукцию в целях экспорта, осуществляется через кабинет налогоплательщика на my3.soliq.uz:

– в разделе "Электронный документооборот" выберите "Акты о приобретении сельскохозяйственной продукции юридическими лицами" и при формировании акта закупки нажмите на кнопку "Экспортер".

Данная услуга также активна в раздел Soliq biznes мобильного приложения
Soliq.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda

Ma'lumki, ayni kunlarda joylarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda sohaga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Navoiy viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Andijon viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Toshkent shahri

Muloqotlar davomida tadbirkorlarning soliq imtiyozini qo'llash va ortiqcha to'langan soliq summasini qaytarish, qo'llanilgan ma'muriy jarimani bekor qilish, soliq hisobotlarini topshirish va boshqa amaliy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, aniq choralar belgilandi.

Hududlarda izchillik bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad –  ishlab chiqarishni rivojlantirish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurash orqali teng raqobat va biznes muhitini yanada yaxshilashdan iborat.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"SURXONDARYO" TV

Muzrabot tumanidagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Telegram facebook 📹youtube 🌐instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1👏1
#savol_javob

Pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan. Mazkur imtiyoz pensionerning mulkida bo‘lgan noturar obyektga nisbatan qo‘llanilishi mumkinmi?

🟢 Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan.

❗️Soliq imtiyozi pensionerning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi.

⚪️ Jismoniy shaxslarning, shu jumladan pensionerlarning noturar obyektlari uchun mol-mulk solig‘i quyidagi tartibda hisoblanadi.

◽️2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:

📍Toshkent shahrida – 3 mln 300 ming soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln 200 ming soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1 mln 300 ming soʻm.

⚠️ Agar obyektning 1 kv. metri qiymati ushbu bandda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

👉 Telegram
#onlayn_qabul

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tadbirkorlik subyekti vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Soliq qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirokida Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etish maqsadida tashkil etilgan onlayn muloqotda hududlarda faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o'tgan muloqotda imtiyozlardan foydalanish, aksiz, resurs soliqlari va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bilan bog‘liq ayrim muammolarni bartaraf etish hamda soliq hisobotlarini topshirish bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqilib, aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi.

Muddat talab etadigan masalalar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍4