Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.48K photos
2.34K videos
91 files
6.71K links
Download Telegram
#bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining “Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Soliq kodeksining 127-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:

Adliya organlarida hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) ularning ixtiyoriga ko‘ra beriladi.

👉 Telegram
#EHF

10-noyabr dam olish kuniga (ishlanmaydigan kun) to‘g‘ri kelganligi sababli, EHF rasmiylashtirishning oxirgi muddati 11-noyabrga koʻchirildi.

❗️Eslatib o'tamiz, EHF qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etilishi va qabul qilinishi lozim.
__________
#ЭСФ

В связи с тем, что 10 ноября - выходной (нерабочий) день, последний день оформления ЭСФ перенесен на 11 ноября.

❗️Напоминаем, что выставлять и принимать ЭСФ следует в установленные законодательством сроки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tayinlov

Stol tennisi federatsiyasiga Bosh kotib tayinlandi

Stol tennisi federatsiyasi Raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna tayinlandi.

Shu munosabat bilan, G.Muqaddasova Soliq qo‘mitasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Soliq xodimlari ko‘magida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi darajasi oshmoqda.

👉Telegram Facebook Youtube Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_NKM

Soliq qo'mitasi: nima? qayerda va qanchadan?

Soliq sohasining raqamlashtirilishi natijasida sotuvchi va xaridorlar oʻrtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, bajarilgan ishlar va sotilgan tovarlar haqida ular uchun rasmiylashtirilgan EHF va onlayn chek orqali real vaqt rejimida maʼlumot olinadi.

Hozirda bir kunda 150 mingdan ortiq EHF shakllantirilayotgan boʻlsa, yil boshidan buyon 37 mln dan ortiq EHF rasmiylashtirilgan.
Har kuni onlayn NKT, marketpleyslar va agregatorlar orqali 7 mlndan ortiq xarid cheklari soliq organlariga real vaqt rejimida uzatiladi, yil boshidan esa bu koʻrsatkich 2 mlrd dan oshiqni tashkil etadi.

Katta hajmli maʼlumotlarning bunday tahlili, ichki bozordagi holat va sohalar rivojini tahlil qilish imkonini bermoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi?

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim.
__________
#индивидуальный_предприниматель

Как приостановить деятельность в качестве индивидуального предпринимателя?

Государственная регистрация и перерегистрация (временное приостановление, прекращение деятельности) субъектов предпринимательства осуществляется Центрами государственных услуг.
👉Положение о порядке государственной регистрации субъектов предпринимательства

Чтобы временно приостановить свою деятельность в качестве индивидуального предпринимателя, вам нужно обратиться в Центр государственных услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

🔵 Soliq kodeksiga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:

🔹qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi (basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa);

🔹 yer uchastkalariga ega bo‘lgan (bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa).

⚪️ Shuningdek, Soliq kodeksiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:

1️⃣ qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;

2️⃣ chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;

3️⃣ ipakchilik mahsulotlari;

4️⃣ baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.

⚠️ Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti Kodeksga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram Facebook
#antikorrupsiya

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasidagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam tarzda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida shaxsiy tarkib va keng jamoatchilik ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 1-noyabridan 29-noyabriga qadar soliq xizmati organlari xodimlari orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Qiziriq tumani soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

👉 Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Soliq xodimlari ko‘magida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi darajasi oshmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatida 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida 103,2 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#TTY

Yuklarni temir yoʻl orqali tashishda elektron TTYni rasmiylashtirish takomillashtirildi

Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq toʻlovchilar va 1-iyuldan barcha xoʻjalik subyektlari uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish maqsadida elektron tovar-transport yuk xatlari tizimi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yagona darcha tizimiga integratsiya qilindi.

Endilikda, temir yoʻl orqali yuk joʻnatishda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan ajratilgan vagonlar boʻyicha ID raqamini elektron TTY tizimiga kiritish orqali

▫️yuk joʻnatuvchi va yuk oluvchi;
▫️yuklash va yetkazish manzillari (stansiyalar);
▫️vagon turi va raqami;
▫️yuk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tovarlar nomi, miqdori);
▫️tashish masofasi;
▫️tashish narxi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllantiriladi.
__________
#ТТН

Усовершенствовано оформление электронных ТТН при перевозке грузов железнодорожным транспортом

Как известно, с 1 апреля 2024 года - для крупных налогоплательщиков, а
с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

В целях создания удобства для субъектов предпринимательства Налоговый комитет интегрировал систему электронных товарно-транспортных накладных с системой единого окна АО «Ўзбекистон темир йўллари».

Теперь при отправке грузов железнодорожным транспортом и вводе в системе электронных ТТН ID-номера по вагонам, выделенным АО Ўзбекистон темир йуллари», автоматически формируются сведения о:

▫️грузоотправителе и грузополучателе;
▫️адресах погрузки и разгрузки (станциях);
▫️типе и номере вагона;
▫️грузе (наименование, количество товара);
▫️расстоянии доставки;
▫️стоимости доставки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "Sevimli" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i  o‘ziga biriktirilgan  oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#YTT

- Men yakka tartibdagi tadbirkorman, bir o‘zim ishlayman. Mening daromadim 100 mln so'mdan oshdi. Qaysi hisobotlarni topshirishim kerak?

Yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi 100 mln so'mdan oshsa, u qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig'ini to'lashdan aylanmadan olinadigan soliq to'lashga o'tadi:
▫️umumbelgilangan stavka - 4%;
▫️
elektron tijorat uchun - 2%;
▫️
5-toifa tumanlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - 1%.

Bu holda har oyning 15-sanasiga qadar soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha hisobot topshirishi kerak.

Agar yakka tartibdagi tadbirkorning yollanma xodimlari bo'lmasa, JSHODS bo'yicha hisobot topshirish shart emas.

Yakka tartibdagi tadbirkor har oyning 15-sanasidan kechiktirmay o‘zi uchun 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni shaxsiy kabinet yoki Soliq mobil ilovasi orqali to‘laydi.

Agar yakka tartibdagi tadbirkorning yollanma xodimlari bo‘lsa, u har oyning 15-sanasidan kechiktirmay jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobotni topshirishi hamda ular uchun 46-kod bo‘yicha daromad solig‘i va 38-kod bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashi kerak.
__________
#индивидуальный_предприниматель

- Я индивидуальный предприниматель. Работаю один. Мой доход превысил 100 млн сумов. Какую отчетность я должен сдавать?


Если доход индивидуального предпринимателя превышает 100 млн сумов, он переходит с уплаты налога на доходы в фиксированном размере на уплату налога с оборота:
▫️общеустановленная ставка - 4%;
▫️для
электронной коммерции - 2%;
▫️для индивидуальных предпринимателей
в районах 5 категории -1%.

В этом случае каждый месяц не позднее 15-го числа через персональный кабинет налогоплательщика индивидуальный предприниматель должен сдавать отчетность по налогу с оборота.

Если у индивидуального предпринимателя нет наемных работников, то сдавать отчетность по НДФЛ не нужно.

Индивидуальный предприниматель каждый месяц не позднее 15-го числа уплачивает за себя социальный налог по коду 38: через персональный кабинет или мобильное приложение Soliq.

Если у индивидуального предпринимателя есть наемные работники, то ему необходимо каждый месяц не позднее 15-го числа сдавать отчетность по НДФЛ и соцналогу и платить за них налог на доходы по коду 46 и социальный налог по коду 38.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Joriy yilda 170 000 dan ortiq surxondaryoliklar oʻzini oʻzi band qildi

2024-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Surxondaryo viloyatida 170 059 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qildi va viloyatda jami o‘zini o‘zi band qilganlar soni 323 123 nafarga yetdi.

Hududlar kesimida eng koʻp oʻzini oʻzi band qilganlar (2024-yilning yanvar-oktabr oylarida):

📍
Denov tumanida - 25 348 nafar;
📍
Jarqoʻrgʻon tumanida - 17 628 nafar;
📍Sariosiyo tumanida - 14 198 nafar.


Sohalar kesimida:

◽️ Maishiy xizmatlar bo‘yicha - 61 235 nafar;
◽️ Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha - 60 303 nafar ;
◽️ Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha - 16 660 nafar;
◽️Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha - 15 485 nafar;
◽️Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha - 12 832 nafar;
◽️Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha - 3 544 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Ahamiyatlisi, o‘zini o‘zi band qilganlar ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lab, mehnat stajiga ega bo‘lishi mumkin.

❗️Joriy yilda 451 nafar o‘zini o‘zi band qilganlar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.

🔗 Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish.

👉 Telegram Facebook