Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#soliq_taqvimi

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

🗓 15-18-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanalarda taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 19-iyunga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

Уважаемые налогоплательщики❗️

🗓 В связи с тем, что 15-18 июня - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 19 июня.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉ст.5 НК
👉ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay

🔵 "SURXONDARYO" TV

“Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida baholash natijalariga ko‘ra 2024-yilning may oyida Angor tumanining “Qo‘shtegirmon” va “Madaniyat” mahallalari soliq inspektori Malika Raximova viloyatdagi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichi 98,2 ballni qayd etdi.

Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining "Sharof Rashidov" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOS

19-iyun - may oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

19 июня - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за май

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

“Akbar Termiziy” MChJda 80 nafardan ortiq ishchi-xodim faoliyat yuritadi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Termizning “SUM” savdo majmuasida hujjatsiz savdo qilayotganlar kim?” degan mazmunda murojaat tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Termiz shahar “Taraqqiyot” ko‘chasi 38-A uy, eski “SUM” binosida joylashgan “Akbar Termiziy” mas’uliyati cheklangan jamiyati belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Litsenziya asosida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan korxona rahbariyati bilan 2024-yilning fevral-mart oylarida soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish va ishchi-xodimlar sonini yashirmaslik yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Natijada “Akbar Termiziy” MChJ tomonidan soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan ishchi-xodimlar soni mart oyida 60 nafar, aprel oyida 81 nafarni tashkil etgan.

Soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Shu o‘rinda xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga ko‘maklashayotgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz.

Zero, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, to‘g‘ri va shaffof faoliyat yuritish har bir tadbirkorning burchidir.

👉Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 19-iyun – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil may oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning
oxirgi kuni.

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#AOS

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soliqni 2% stavkada to‘laydi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2% miqdorida belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 467-modda

Bunda, soliq to‘lovchining joriy hisobot (soliq) davri natijalari bo'yicha bunday faoliyatdan olinadigan daromadi umumiy daromadining kamida 90%ini tashkil qilishi kerak.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan korxona rahbari tomonidan imzolangan umumiy daromadining 90% dan ortig'i elektron tijoratdan kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini biriktirgan holda murojaat yo‘llash lozim.
👉 Murojaat yo‘llash bo'yicha qo'llanma
______
#налог_с_оборота

Осуществляющие электронную торговлю предприниматели уплачивают налог по ставке 2%

Для тех налогоплательщиков, которые осуществляют электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%.
👉ст.467 НК

При этом доходы от осуществления такой деятельности по итогам текущего отчетного (налогового) периода, должны составлять не менее 90% совокупного дохода.

Чтобы воспользоваться сниженной ставкой, нужно подать обращение по использованию налоговой льготы через интерактивную услугу в персональном кабинете на сайте my3.soliq.uz, прикрепив копию подписанного руководителем документа, подтверждающего, что более 90% совокупного дохода приходится на электронную коммерцию.
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#avtokameral #barqarorlik_reytingi

"Avtokameral" tizimida 506 ta mezon faol holatda boʻlib, soliq toʻlovchilar tomonidan joriy yil yanvar-aprel oylarida taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlardagi koʻrsatkichlar qayta hisoblanmoqda.

Bunda tadbirkorlar barqarorlik reytingidagi ballar pasaymasligi uchun mantiqiy shartlari, formulalari va algoritmlari oʻzgarayotgan mezonlar vaqtinchalik nofaol holatga oʻtkaziladi.

Oʻzgarayotgan mezonlar sinovdan muvaffaqiyatli oʻtkazilgandan soʻng qayta faollashtiriladi.

Soliq toʻlovchilar my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali "Avtokameral" formulalarini real vaqt rejimida kuzatib borishi borishi mumkin.
__________
#автокамерал #рейтинг_устойчивости

В системе «Автокамерал», в которой активно 506 критериев, пересчитываются показатели налоговой и финансовой отчетности, представленной налогоплательщиками за январь-апрель текущего года.

При этом, чтобы предприниматели не потеряли баллы в рейтинге устойчивости, критерии, в которых меняются логические условия, формулы и алгоритмы, временно деактивируются.

Меняющиеся критерии будут активированы после успешного тестирования.

Налогоплательщики могут следить за формулами «Автокамерал» в режиме реального времени через персональный кабинет на портале my3.sоliq.uz.

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchun soliq imtiyozlari

Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq,

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, Professional futbol klublari:

✔️barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq tashqari);

✔️O‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilari daromadidan to‘lanadigan JShODSdan;

✔️O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan

▫️sport asbob-uskunalari va inventari,
▫️translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar,
▫️inventar va texnika,
▫️farmakologiya tovarlari,
▫️sport oziq-ovqatlari,
▫️futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy o‘tlar,
▫️shokpad,
▫️granulalar,
▫️maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari,
▫️transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun QQSdan ozod etiladi.

🔗 O‘RQ–857, 18.07.2023 y

👉Telegram
Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni bag‘rikenglik, mehr-oqibat va saxovat ramzi – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman.

Nuroniylarni ulug‘lash, muhtojlarga ko‘maklashish, bemorlarni yo‘qlash, mehr-oqibat va xayru saxovat  ezgu qadriyatga aylangan yurtimiz uzra tinchlik quyoshi doimo porlab tursin.

Xonadonlarimizdan baraka, tanimizdan salomatlik, qalbimizdan halovat va baxt-saodat hech qachon arimasin.

Hurmat bilan,
Erkin Narmanov!
Surxondaryo viloyati

soliq boshqarmasi boshlig‘i

👉Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni bag‘rikenglik, mehr-oqibat va saxovat ramzi – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman.

Telegram facebook youtube instagram
#tabrik

Aziz vatandoshlar, Qurbon hayiti barchangizga muborak bo‘lsin!
Jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayitini jonajon Vatanimizda tinch-totuvlikda, shod-u xurramlik bilan nishonlayapmiz.

Yurtdoshlarimiz dillari quvonchga to‘lib, barchamizni Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytmoqda.

Har bir mahalla, qishloq va ovullardagi obodlik, insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda Qurbon hayiti singari azaliy bayram va qadriyatlarimiz muhim o‘ringa ega.

Ushbu muqaddas bayram munosabati bilan yolg‘iz keksalar, nuroniylar va nogironligi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a-salomlar ulashilmoqda.

Fursatdan foydalanib, ayni kunlarda muborak Haj amallarini ado etayotgan yurtdoshlarimizning el-yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, oilalarimiz va farzandlarimizning baxtu iqbolini tilab qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolaman. Qilingan ibodatlar, barcha pok niyatlar Alloh dargohida qabul bo‘lsin!

Mana shu munavvar lahzalarda musulmon ahliga yana bir bor samimiy tabriklarimni yo‘llab, Yer yuzidagi barcha mamlakatlar va xalqlarga tinchlik va omonlik tilayman.

Muqaddas Iyd al-Adha yurtimizga qut-baraka, xonadonlarimizga ezgulik, oilalarimizga chinakam baxt olib kelsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Termiz tumanining "Sharof Rashidov" mahallasining ichki  ko‘chalariga asfalt yotqizilmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#barqarorlik_reytingi

Soliq imtiyozlari va preferensiyalar yuridik shaxslarga reyting darajasidan kelib chiqib beriladi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq yuridik shaxslarga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar (imtiyozlar) barqarorlik reytingidagi darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Bunda:

Reytingi o‘rta va yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

🟢 yuqori toifaga – 80-100 %
▫️“AAA” – 100 %
▫️“AA” – 90 %
▫️“A” – 80 %

🔵 o‘rta toifaga – 50-70 %
▫️“BBB” – 70 %
▫️“BB” – 60 %
▫️“B” – 50 %

❗️Ushbu miqdorlar avval berilgan imtiyozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

📌 Shuningdek, imtiyozlar faoliyat boshlaganiga 6 oy bo‘lmagan tadbirkorlarga ham beriladi.

4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga imtiyozlar, ularning reyting darajasidan qatʼi nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.

Tadbirkorlarning reyting darajasi:
⬇️ pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlab qolinadi;
⬆️ yuqorilaganda, imtiyozlar keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga muvofiq belgilangan miqdorlarda taqdim etiladi.

👉Telegram
#savol_javob

- Soliq to‘lovchi ortiqcha to‘lagan soliq summasini qancha vaqt oralig‘ida qaytarib olishi mumkin?

Ortiqcha to‘langan soliq summasi, Soliq kodeksining 103-moddasi qoidalarini inobatga olgan holda, soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga binoan soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida qaytarilishi lozim.

Soliq kodeksi 104-modda

👉 Telegram