Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.65K photos
2.62K videos
99 files
7.5K links
Download Telegram
#TTY

Yirik soliq to‘lovchilar aprel oyi uchun elektron TTYlarni 1-iyungacha rasmiylashtirishi mumkin


Avval xabar berilganidek, joriy yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

Tadbirkorlik subyektlari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirilmoqda.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ko‘p sonli soliq to‘lovchilarning murojaatlari inobatga olinib, aprel oyida rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan elektron TTYlarni joriy yilning 1-iyuniga (01.06.2024 y.) qadar rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, Sizlardan o‘tgan davrda rasmiylashtirilmasdan qolgan elektron TTYlarni berilgan muddatda to‘liq rasmiylashtirish choralarini ko‘rishingiz so‘raladi.

👉 Hammasi elektron tovar-transport yuk xati haqida
👉 Elektron TTY mavzusida onlayn seminar-trening
👉
Didox tomonidan o‘tkazilgan seminar
👉 Elektron TTY tizimidan foydalanish bo'yicha videoqo'llanma
👉 Faktura.uz saytida elektron TTY yaratish bo‘yicha videoqo'llanma
__________
#ТТН

Крупные налогоплательщики могут оформить электронные ТТН за апрель до 1 июня

Ранее сообщалось, что с 1 апреля для крупных налогоплательщиков внедрена система оформления товарно-транспортных накладных (ТТН) в электронном виде.

С учетом предложений предпринимателей система оптимизируется.

Налоговым комитетом также приняты во внимание многочисленные обращения налогоплательщиков и создана возможность оформления электронных товарно-транспортных накладных за апрель до 1 июня текущего года.

❗️Уважаемые налогоплательщики, просим принять меры по полному оформлению электронных ТТН, которые не были оформлены за предыдущий период.

👉 Все об электронных товарно-транспортных накладных
👉 Онлайн семинар-тренинг по электронным ТТН
👉
Семинар, проведенный Didox
👉 Видеоинструкция по использованию системы электронных ТТН
👉
Видеоинструкция по созданию электронной ТТН на сайте faktura.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti va to‘lov topshiriqnomalarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 5-qism

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror mazkur qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m

👉 Telegram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash

Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida amalga oshiriladi.

Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin.

Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, 1 yildan 3 yilgacha muddatga beriladi.

Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha
▫️mavjud majburiyatlarni bekor qilmaydi,
▫️yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.

Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin.

Ushbu qoidalar:
▪️penya va jarima toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ham qoʻllaniladi;
▪️soliq agentlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

👉 Telegram
👍2
#bilasizmi

Litsenziya
— jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Komitent my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti orqali o'z vositachi (komissioner)lari ro'yxatini qanday shakllantiradi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_huquqbuzarligi

Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish — hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida ko‘rsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔗 Soliq kodeksi 223-modda

👉 Telegram
#savol_javob

– Shaxs qanday hollarda soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi?

⚪️ Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari (3 yil) o‘tib ketganligi.

⚠️ Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

🔗 Soliq kodeksi 213-modda

👉 Telegram
👍3
#YTT

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari

Yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasi tuzadi.
👉VMQ-707-son 22.11.2021

📃Mehnat shartnomasi namunasi

▫️Mehnat shartnomasining amal qilish muddati yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.

▫️Mehnat shartnomasi ikki nusxada tuziladi: bir nusxasi yakka tartibdagi tadbirkorda, ikkinchisi xodimda qoladi.

▫️Mehnat shartnomasida quyidagilar talab qilinmaydi:
✖️yakka tartibdagi tadbirkorning imzosini muhr bilan tasdiqlash;
✖️ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq rasmiylashtirish.

✔️Xodimning mehnat stajini hisoblash budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

❗️Yakka tartibdagi tadbirkorlar 5 nafargacha xodimlarni yollash huquqiga ega
____________
#индивидуальный_предприниматель

Особенности заключения трудового договора между индивидуальным предпринимателем и наемным работником

При найме работника индивидуальный предприниматель заключает с ним в письменной форме трудовой договор.
👉ПКМ от 22.11.2021 №707

📃Образец трудового договора

▫️Срок заключенного с наемным работником трудового договора не должен превышать срок действия Свидетельства о государственной регистрации индивидуального предпринимателя.

▫️Трудовой договор составляется в двух экземплярах: один остается у индивидуального предпринимателя, второй - у работника.

▫️В трудовом договоре не требуется:
✖️заверение печатью подписи индивидуального предпринимателя;
✖️оформление приказа о приеме на работу.

✔️Исчисление трудового стажа работника осуществляется на основании сведений об уплате социального налога во внебюджетный Пенсионный фонд.

❗️Индивидуальные предприниматели имеют право нанимать до 5 работников

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-may

may oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 мая 2024 года - последний день

за май:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#deklaratsiya

3-iyun* – jismoniy shaxslar tomonidan 2023-yil uchun jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
👉 Soliq kodeksi 398-modda

To'lov tizimlari va mobil ilovalarda:
▶️Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
▶️ jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.

*1-iyun dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, ushbu kunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 3-iyunga ko‘chiriladi.

👉Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin
___________
#декларация

3 июня* - последний день уплаты физическими лицами налога на доходы, исчисленного по данным декларации о совокупном годовом доходе за 2023 год.
👉ст.398 НК

В платежных системах и мобильных приложениях для уплаты:
▶️налога на доходы физических лиц на основании декларации о совокупном годовом доходе следует выбрать код 172;
▶️налога на доходы физических лиц от сдачи имущества в аренду следует выбрать код 182.

*В связи с тем, что 1 июня - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налога переносится на 3 июня.

👉Уплатить налоги можно через мобильное приложение Soliq

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

Ogohlik davr talabi!

Korrupsiya davlat va jamiyat ravnaqiga raxna soluvchi, insonning individual rivojlanishi, porloq istiqboli va kasbiy kamoloti yo‘lidagi eng katta g‘ovdir.

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Shaxsiy tarkibga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsion va salbiy holatlar, qo‘llanilgan jazo choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va turli yot g‘oyalar ta’siriga tushmaslik, mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozimligi tushuntirib o‘tildi.

👉 Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Charm-poyabzal sanoati uchun soliq imtiyozlari


“Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-181-son 20.05.2024

Hujjatga koʻra,
🔹Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm-poyabzal sanoat zonalari va ularni boshqarish direksiyalari tashkil etiladi.
🔹2026-yil 1-yanvarga qadar mazkur direksiyalar va sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:
▫️mol-mulk soligʻi;
▫️yer soligʻi;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads