Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.17K subscribers
8.88K photos
2.67K videos
99 files
7.62K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "MY5" TV

Prezident Farmoniga muvofiq viloyatimizning Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy  tumanlari iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 5-toifaga kiritildi va bir qator soliq imtiyozlari berildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍7
#onlayn_NKT

Umumiy ovqatlanish xizmati bilan shug‘ullanib kelamiz. Faoliyatimizda Onlayn-NKTdan tashqari boshqa hisobga olish tizimi (dasturiy mahsul)dan ham foydalanamiz. Bu noqonuniymi?

O‘zbekiston hududida aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestiriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan (onlayn-NKT) foydalanishi shart.

Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi (ikkilamchi) fiskal maʼlumotlar* hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019

Shunga ko‘ra, chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faqat Davlat reyestriga kiritilgan va soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan dasturiy mahsulotlardan foydalanishi lozim.

Maʼlumot uchun: ofd.uz saytida Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKT va virtual kassalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha maʼlumot olish mumkin.

*fiskal maʼlumotlar — hisob-kitoblar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘g‘risida maʼlumot, hisob-kitobda foydalaniladigan onlayn-NKM, virtual kassalar, Marketpleys yoki operator tomonidan yaratilgan boshqa maʼlumotlar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1
#savol_javob
#AOS

2024-yil yanvar oyi uchun AOS hisobotini topshirish jarayonida “Onlayn nazorat kassa texnikasi orqali shakllangan daromadlar” qatorida 2% o‘rniga avtomatik ravishda 4% stavka qo‘llanilyapti. Buni qanday tuzatish mumkin

Stavka to‘g‘ri qo‘llanilishi uchun tadbirkorlik subyekti onlayn-NKTni Soliq kodeksining 467-moddasidagi faoliyat turi va joyidan kelib chiqqan holda ro‘yxatdan o‘tkazishi yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.

Misol uchun, tadbirkorlik subyekti chakana savdo bilan shug‘ullanadi, lekin onlayn-NKTni ro‘yxatdan o‘tkazishda faoliyat turini "umumiy ovqatlanish" deb ko‘rsatgan bo‘lsa uni "chakana savdo"ga o‘zgartirishi kerak.
_________________
#вопрос_ответ #налог_с_оборота

При сдаче отчетности налога с оборота за январь 2024 года к суммам в строке "Доходы от онлайн контрольно-кассовой машины" автоматически применяется ставка 4%, но должна быть ставка 2%. Как это исправить

Чтобы налоговая ставка применялась правильно, субъекту предпринимательства необходимо зарегистрировать онлайн-ККТ в соответствии со сферами деятельности и местом расположения согласно статье 467 Налогового кодекса либо зарегистрировать ее заново.

Например, если субъект предпринимательства занимается розничной торговлей, но при регистрации онлайн-ККТ была указана сфера деятельности «общепит», то данное несоответствие следует исправить.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan birgalikda soliq to‘lovchilarga foyda solig‘i bo‘yicha tushuntirishlar beradi

Soliq qoʻmitasi va Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 16-fevral kuni “Foyda solig'i” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari - Irina Podolskaya, Irodaxon Abbosxonova va Natalya Turalinova ishtirok etadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___
#онлайн_семинар

Налоговый комитет совместно с членами Общественного совета предоставит налогоплательщикам разъяснения по налогу на прибыль

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета и Межрегиональной налоговой инспекции по крупным налогоплательщикам состоится 🗓 16 февраля на тему «Налог на прибыль».

В онлайн-семинаре примут участие члены Общественного совета при Налоговом комитете: Ирина Подольская, Иродахон Аббосхонова и Наталья Туралинова.

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Foyda solig'i”
mavzusida onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/na2EoBAFREs?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Налог на прибыль».

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/na2EoBAFREs?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Elektron hisobvaraq-fakturalarning baholash mezonlariga ta’siri

✍️ "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holatini baholashda hisobot davrida tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan kalendar sanada rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar summasining jami elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha tovar aylanmasidagi ulushi (foizi):

🔸 100 foiz bo‘lsa — 10 ball;
🔸 75 — 99 foizgacha bo‘lsa — 7 ball;
🔸 50 — 75 foizgacha bo‘lsa — 5 ball;
🔸 25 — 50 foizgacha bo‘lsa — 2 ball;
🔸 25 foizgacha bo‘lsa — 1 ball beriladi;
rasmiylashtirilmagan bo‘lsa — ball berilmaydi.

⚪️ Elektron hisobvaraq-fakturalar orqali xarid qilingan tovarlar realizatsiyasini baholashda
elektron hisobvaraq-fakturalar orqali kalendar yil davomida xarid qilingan (shu jumladan, import qilingan) tovarlar yoki xomashyoga mutanosib ravishda amalga oshirilgan tovarlar realizatsiyasi (jumladan, eksport qilingan tovarlar summasi):

▫️70 foizdan ko‘p bo‘lganda — 10 ball;
▫️50 foizdan 70 foizgacha bo‘lganda — 5 ball beriladi.
▫️Bunda yil davomida 70 foizdan ortiq xarid qilingan tovarlar yoki xomashyo qoldiqda qolganda — 5 ball chegiriladi.

❗️Mazkur ko‘rsatkichni hisoblashda 1-yanvar (yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uchun — ro‘yxatdan o‘tgan davr) va 31-dekabr sanasidagi tovar yoki xomashyo qoldig‘i inobatga olinadi. Bunda asosiy vositalar summasi hisobga olinmaydi.

👉 Telegram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz tumani 4-sektor hududidagi 14-umumta’lim maktabida "Kitob marafoni" o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍8
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq bazasini yashirish — yashirilgan soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi

📌 Soliq kodeksiga muvofiq quyidagilar soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb e’tirof etiladi:

🔺 tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;

🔺 yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish;

🔺 hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;

🔺 rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;

🔺 tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish;

🔺 qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;

🔺 nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o‘zgartirish kiritish;

🔺 foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

🔺 tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

🔺 moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash;

🔺ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;

🔺 mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;

🔺 realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish;

🔺 qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi.

👉 Telegram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oltinsoy tumani 4-sektorga qarashli "To‘xtamish" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

1-apreldan QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun QQS to‘lanadi.

savdo aylanmasi boʻyicha:
👉 tibbiy xizmatlar;
👉 veterinariya xizmatlari;
👉 dori vositalari;
👉 veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston hududiga olib kirishda:
👉dori vositalari;
👉veterinariya dori vositalari;
👉tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
👉shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
👉suv taʼminoti;
👉kanalizatsiya;
👉sanitariya jihatdan tozalash;
👉issiqlik taʼminoti.

Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma.pdf
887 KB
#QQS

❗️20-fevral - yanvar oyi uchun QQS hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

👉
QQS hisob-kitobini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

QQS hisobotining paket kodi: 10006_41
_______________
#НДС

❗️20 февраля - последний день представления отчетности по НДС за январь

👉
Инструкция по заполнению отчетности по НДС

Код пакета отчетности по НДС: 10006_41

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads