Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#bilasizmi

🛑 Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, — mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔺Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini budjetga to‘lashi shart.

🔗 Soliq kodeksi 225-modda

👉 Telegram
#bilasizmi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
— qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlardir.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga bo‘linadi:
▫️sug‘oriladigan;
▫️sug‘orilmaydigan (lalmikor);
▫️haydaladigan yerlar;
▫️pichanzorlar;
▫️yaylovlar;
▫️ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlar.

👉 Yer kodeksi 8-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Soliq toʻlash muddatlari:
▪️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▪️hisobot yilining 1-dekabriga qadar soliqning qolgan summasi.

👉Soliq kodeksi 432-modda

*Soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan bu yilgi soliq toʻlash muddati 4-sentabrga koʻchiriladi.
___________
#знаете_ли_вы

Земли сельскохозяйственного назначения — это земли, предоставленные для нужд сельского хозяйства или предназначенные для этих целей.

Земли сельскохозяйственного назначения подразделяются на:
▫️орошаемые;
▫️неорошаемые (богарные);
▫️пахотные земли;
▫️земли, занятые сенокосами;
▫️пастбищами;
▫️многолетними плодовыми насаждениями и виноградниками.

👉ст.8 Земельного кодекса

Налоговая ставка за земли сельскохозяйственного назначения устанавливается в размере 0,95% к нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий.
👉ст.429 НК

Сроки уплаты налога:
▪️до 1 сентября* отчетного года — 30% от годовой суммы налога;
▪️до 1 декабря отчетного года — оставшаяся сумма налога.

👉ст.432 НК

*В связи с предстоящими выходными днями крайний срок уплаты налога в этом году переносится на 4 сентября.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
— qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan yerlardir.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga bo‘linadi:
▫️sug‘oriladigan;
▫️sug‘orilmaydigan (lalmikor);
▫️haydaladigan yerlar;
▫️pichanzorlar;
▫️yaylovlar;
▫️ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlar.

👉 Yer kodeksi 8-modda

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95% miqdorda belgilanadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Soliq toʻlash muddatlari:
▪️hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
▪️hisobot yilining 1-dekabriga qadar soliqning qolgan summasi.

👉Soliq kodeksi 432-modda

*Soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan bu yilgi soliq toʻlash muddati 4-sentabrga koʻchirildi.
___________
#знаете_ли_вы

Земли сельскохозяйственного назначения — это земли, предоставленные для нужд сельского хозяйства или предназначенные для этих целей.

Земли сельскохозяйственного назначения подразделяются на:
▫️орошаемые;
▫️неорошаемые (богарные);
▫️пахотные земли;
▫️земли, занятые сенокосами;
▫️пастбищами;
▫️многолетними плодовыми насаждениями и виноградниками.

👉ст.8 Земельного кодекса

Налоговая ставка за земли сельскохозяйственного назначения устанавливается в размере 0,95% к нормативной стоимости сельскохозяйственных угодий.
👉ст.429 НК

Сроки уплаты налога:
▪️до 1 сентября* отчетного года — 30% от годовой суммы налога;
▪️до 1 декабря отчетного года — оставшаяся сумма налога.

👉ст.432 НК

*В связи с выходными днями крайний срок уплаты налога в этом году перенесен на 4 сентября.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#bilasizmi

Xodimlar sonini yashirish!

🟠 Xodimlar sonini yashirish — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔗 MJtK 175-prim 5-modda

👉 Telegram
#bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq 2024-yilda mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari avtomobil transportlari uchun quyidagicha:

🚙 yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi) uchun 780 000 so‘m;

🚚 mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari (1ta avtotransport vositasi) uchun 1 550 000 so‘m.

🔗 O‘RQ-886

👉 Telegram
#bilasizmi

Tekshiruvdan oldingi tahlil -
taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlil.

👉 Telegram
#bilasizmi

Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik


Soliq kodeksining 227 prim 1–moddasiga muvofiq:

⚪️ Fiskal belgilarni aks ettirish
yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish;

⚪️ tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizini tashkil etadi.

👉 Telegram
#bilasizmi

Gazlangan va energetik ichimliklar uchun aksiz solig‘i to‘lanadi

🗓 2024-yil 1-apreldan:

🔹 tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litri uchun 500 so‘m;

🔹 energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litri uchun 2 000 so'm miqdorida aksiz solig‘i joriy etildi.

Soliq kodeksi – 289 prim 3-modda

👉 Telegram
#bilasizmi

Kasanachilik faoliyatini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari


✍️ «Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻprogʻini tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🟡 foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachilarga to‘langan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanadi.

👉 Telegram
#bilasizmi

🔰 O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:

1️⃣ Dividendlar va foizlar 10 %;

2️⃣ Soliq kodeksiga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) 6 %;

3️⃣ Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar hamda 1 va 2-bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar 12 %.

👉 Telegram