Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.41K photos
2.32K videos
87 files
6.64K links
Download Telegram
#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar o‘sish dinamikasi

2022-yil 1-dekabr holatiga – Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 1 571,3 mingtaga yetib, yil boshiga nisbatan 29,8%ga (360,5 mingta) oshgan.

📊Oʻsish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar:
🔸qishloq xoʻjaligi – 64,1% (195,8 mingta);
🔸axborot-kommunikatsiya xizmatlari – 37,8% (10,7 mingta);
🔸maishiy xizmatlar koʻrsatish – 26,8% (93,4 mingta).
_____
#цифровизация #самозанятость

Динамика роста числа самозанятых

По состоянию на 1 декабря 2022 года –
число самозанятых достигло 1 571,3 тыс., это на 29,8% (360,5 тыс.) больше, чем в начале года.

📊Отрасли с самыми высокими показателями роста:
🔸сельское хозяйство – 64,1% (195,8 тыс.);
🔸информационно-коммуникационные услуги – 37,8% (10,7 тыс.);
🔸бытовое обслуживание – 26,8% (93,4 тыс.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

🖊Prezident qarori bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 19 taga ko‘paydi

1. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
2. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
3. Atlas-adras toʻqish
4. Mayda munchoq (biser) tikish
5. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
6. Temirchilik mahsulotlari uy sharoitida tayyorlash
7. Asalarichilik, shuningdek asalari uyasi va ramkalarini yasash
8. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
9. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
10. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
11. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
12. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
13. Tayyor mahsulotga etiketga biriktirish
14. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
15. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
16. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
17. Milliy taqinchoqlar tayyorlash
18. Kandakorlik, misgarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
19. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash

Shuningdek, Prezident qarori bilan 01.03.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha 3 oydan koʻp 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan koʻpni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔸foyda va AOSning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;
🔸ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;
🔸davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.

👉Ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan surxondaryoliklar qariyb 104 ming nafarga yetdi

Viloyatimizda, 2023-yil 17-aprel holatiga o‘zini o‘zi band qilganlar 103 935 nafarni tashkil etdi.

Joriy yil 1-yanvardan 17-aprelga qadar 33 244 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu borada Denov (5381), Sariosiyo (3622), Sherobod (3512) va Uzun (3086) tumanlari yetakchilik qilmoqda.

Sohalar kesimida:
🔹Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 10 829;
🔹Maishiy xizmatlar bo‘yicha 10471;
🔹Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 6233;
🔹Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 2620;
🔹Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 2348;
🔹Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 743 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

148 mingga yaqin taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qildi

🚕 Bugungi kunda oʻzini oʻzi band qilganlar 1,5 milliondan oshdi. Shundan 148 mingga yaqini taksi haydovchilari. Mehnat staji va kelgusida pensiya olish istagidagi 7594 nafar haydovchilar tomonidan 2 mlrd 127 mln soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

📍Ayni yoʻnalishda oʻzini oʻzi band qilganlar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchi. Keyingi oʻrinlardan Samarqand, Toshkent, Buxoro hamda Andijon viloyatlari joy olgan.

👉O‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi

👉
"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#ozini_ozi_band_qilish

Viloyatimizda o‘zini o‘zi band qilganlar 130 ming nafardan oshdi

Joriy yilning birinchi yarmida 63 749 nafar vohadoshlarimiz o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, viloyatimizdagi jami o‘zini o‘zi band qilganlar soni 2023-yil 3-iyul holatiga 130 950 nafarga yetdi.

🔵 Eng ko‘p o‘zini o‘zi band qilganlar:

🔹Tumanlar kesimida:

1️⃣ Denov tumani - 20458 nafar;
2️⃣ Sariosiyo tumani - 12459 nafar;
3️⃣ Uzun tumani - 11350 nafar;
4️⃣ Sho‘rchi tumani - 10783 nafar;
5️⃣ Sherobod tumani - 10752 nafar;
6️⃣ Qumqo‘rg‘on tumani - 10567 nafar.

🔹 Faoliyat turlari kesimida (2023-yilning birinchi yarmida):

➡️ Maishiy xizmatlar bo‘yicha 20875;
➡️ Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 19583;
➡️ Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 11548;
➡️ Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 5576;
➡️ Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 4560;
➡️ Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 1607 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qildi.

🔗 O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

"Taksist"lar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

2024-yil oxiriga qadar
haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashuvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi.

Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.

Litsenziya varaqasi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (340 ming so‘m) miqdorida undiriladi.

Litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart.

Ular bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.

O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar avtomobilining tom qismiga “TAXI” belgisi o‘rnatiladi.

Boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.

👉PQ-311-son, 07.07.2022-yil.

👉 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat turlari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taksi #ozini_ozi_band_qilish

Yandex Go
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida soliq hisobotlarini taqdim etadi hamda belgilangan soliqlarni to‘laydi.
MyTaxi va Uklon xizmatlari ham soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

315 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi
band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega boʻldi

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo‘lishi uchun ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba BHMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda (340 000 so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Joriy yilning 1-dekabr holatiga 315 829 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs 84,6 mlrd so‘m miqdorida ijtimoiy soliq toʻlab mehnat stajiga ega boʻldi.

Unutmang! Siz toʻlagan ijtimoiy soliqlar kelajakda oʻzingiz uchun pensiya hisoblanishiga asos boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning faoliyati natijasida olgan daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda, oshgan kundan eʼtiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq toʻlashga oʻtadi.
——————-
#самозанятость

С 2024 года доходы самозанятых, полученные в результате трудовой деятельности и превысившие 100 млн сумов, облагаются налогом в порядке, установленном для индивидуальных предпринимателей, со дня превышения.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

2024-yildan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi qanday aniqlanadi?
👉Ular aylanmadan olinadigan soliqni necha foiz stavkada to‘laydi?
👉YTTlar kabi xodimlarni ishga yollashi mumkinmi?
👉YTTlarga berilgan soliq imtiyozlari ularga ham tatbiq qilinadimi?
👉2023-yilda daromadi 100 mln so‘mdan oshganlar 2024-yildan boshlab YTT kabi soliq to‘lashga o‘tadimi?
👉Daromadi 100 mln so‘mda oshganda oshgan qismi uchun soliq hisoblanadimi yoki to‘liq summa uchunmi?
👉Ijtimoiy soliq ixtiyoriy to‘lanadimi?


Shu va mavzuga oid boshqa savollarga Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Abdurahmonov batafsil javob berdi.

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 mln so‘mdan ortiq daromadi qanday soliqqa tortiladi?

Joriy yilda Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliq to‘lashga o‘tadi.
❗️Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlari tashqi manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan daromadlari uchun AOS to‘laydi.
👉 AOS stavkalari

Masalan, joriy yilning yanvar oyida o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning daromadi 104 mln so‘mni tashkil etgan. Bunda uning 100 mln so‘m miqdoridagi daromadiga soliq solinmaydi. Qolgan 4 mln so‘mdan (daromadning belgilangan me’yoridan oshgan qismi) 4% miqdorida AOS to'laydi (160 ming so'm).

5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to‘laydi.

Elektron savdo maydonchasida tovar (ish, xizmat)lar savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2 % miqdorida belgilangan. Shundan kelib chiqib, tovarlarini elektron savdo maydonchasida sotgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromadining 100 mln so‘mdan oshgan qismidan 2 % stavkada AOS to‘laydi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 1 mlrd so‘mdan oshsa, ular QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.

👉Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#ozini_ozi_band_qilish

Daromadi 100 mln soʻmdan oshgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar AOS hisobotini qanday topshiradi?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lganda AOS to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tan olinadi. Bunda ular soliq organlariga soliq hisobotini taqdim etishi hamda soliqlarni to‘lashi shart.

Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar EHF, onlayn-NKT hamda marketpleys orqali daromad olgan bo‘lsa, ushbu daromadlarning 100 mln so‘mdan oshgan qismi AOS hisobotida avtomatik shakllanishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi lozim

my.soliq.uz saytidagi “Yakka tartibdagi tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar uchun” shaxsiy kabinetiga elektron raqamli imzo orqali kiriladi.

U yerdan “Avtomatlashtirilgan aylanmadan olinadigan soliq hisobotiga oʻzgartirish kiritish” soʻngra “Murojaat yuborish” tugmasi bosiladi.

Ochilgan oynadan soliq davri hamda hisobot davri tanlanadi. Satr nomi qatoridan “Qatʼiy belgilangan miqdordagi daromad soligʻi toʻlovchisi boʻlgan davrda olgan daromadi” belgilanadi, shundan soʻng satr kodi hamda summa qatorlari avtomatik shakllanadi.

Soliq turi qatoridan "Aylanmadan olinadigan soliq" tanlanadi. Asoslantiruvchi hujjat sifatida oʻzini oʻzi band qilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yuklanadi hamda yuborish tugmasi bosiladi.

Shundan soʻng hisobot topshirish jarayoniga oʻtiladi. Buning uchun shaxsiy kabinetdan “Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning hisobotlari” oynasi undan so‘ng quyidagilar ketma-ketlikda tanlanadi:
👉Elektron shakllar;
👉Aylanmadan olinadigan soliq;
👉Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi.


Ochilgan oynadan soliq turi, hisobot turi, yil, davr tanlangach, hisobot shaklida soliq summasi avtomatik shakllanadi so‘ngra joʻnatish tugmasi bosiladi.

Bank hisobraqami mavjud soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetning "O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarining soliqlarini to‘lash" bo‘limi orqali soliq to‘lovlarini amalga oshirishi mumkin.

❗️Fevral oyi uchun AOS hisoboti 15-martdan kechiktirmay topshirilishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads