Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
8.4K photos
2.56K videos
97 files
7.33K links
Download Telegram
#savol_javob

– Kimlar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritiladi?

🟢 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda kam ta’minlangan oilalarni aniqlash, ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish amalga oshiriladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgan oilalar kiritiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

- Xodimga nikoh to‘yi munosabati bilan berilgan moddiy yordam pulidan daromad solig‘i olinadimi?

Soliq kodeksining 377-378-moddalariga muvofiq xodimga o‘zi yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalaridan – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha qismidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinmaydi.

Agar xodimga 8 000 000 so‘m miqdorida moddiy yordam puli berilsa, shundan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha (1 155 000x4,22 = 4 874 100 so‘m) miqdordagi qismi daromad solig‘idan ozod etiladi. Qolgan qismidan (3 125 900 so‘m) belgilangan tartibda daromad solig‘i olinadi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Ta’lim kreditini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘dan daromad solig‘i olinadimi?

🟢 Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.

❗️Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.

👉 Telegram facebook
#savol_javob

– Kimlar mehnat staji uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin?

⚪️ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;

⚪️ shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▫️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar)
▫️issiqxona xo‘jaligi,
▫️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▫️quyonchilik,
▫️asalarichilik,
▫️baliqchilik,
▫️bogʻdorchilik,
▫️limonchilik,
▫️gulchilik bilan shugʻullanayotgan yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari.
❗️Ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar.

⚪️ dehqon xo‘jaligi a’zolari (dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bundan mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar.

⚪️ mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

⚪️ O‘zbekiston davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

⚪️ ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar.

🔗 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ijtimoiy soliq har yili kamida BHMning 1 baravari miqdorida toʻlanishi lozim.

👉 Telegram
#savol_javob

- I guruh nogironiman. Umumiy yer maydoni 15 sotixdan iborat 2 ta uyim bor. Bittasi shahar markazida, ikkinchisi qoʻshni tumanda joylashgan. I va II guruh nogironlari yer soligʻidan ozod ekan. Savolim, mazkur imtiyoz 2 ta yer uchastkamga ham qoʻllaniladimi?

🔰 Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻidan ozod etilgan va ushbu soliq imtiyozi soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin.

❗️Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumonomasi asosida, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq kodeksi 436-modda

👉 Telegram
#savol_javob

–Men I guruh nogironiman. O‘tgan yili 3 xonali uy sotib oldim. 2025-yil uchun 378 ming so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanganligi to‘g‘risida xabarnoma keldi. Nogironligi bor shaxslarga mol-mulk va yer solig‘idan imtiyozlar bor deyishgandi. Hech qanday imtiyoz qo‘llanilmadi. Shu haqda ma’lumot bersangiz.


▫️Soliq kodeksining 421-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi.
(Ya’ni uyingiz 85 kvadrat metr bo‘lsa, shundan 60 kvadrat metriga mol-mulk solig‘i hisoblanmaydi. Qolgan 25 kvadrat metriga belgilangan tartibda soliq hisoblanadi.)

▫️Shuningdek, Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ham ozod etilgan.

🔗 Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etishi lozim.

❗️Siz soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqingizni tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etmaganingiz tufayli soliq imtiyozi qo‘llanilmagan.

👉 Telegram
#savol_javob

- 5-toifadagi hududlarda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod etilganmi?

🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar 5-toifadagi tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini hudud uchun belgilangan eng kam stavkaning to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘laydi.

⬆️ Yuqorida keltirilgan Prezident Farmoniga o‘zgartirish kiritilgunga qadar 5-toifada faoliyat yuritayotgan YATTlar JShODSning qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilingan edi.

Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq va Oltinsoy tumanlari 5-toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan.

👉 Telegram
#savol_javob

- O'tgan yili xarid qilgan uyimni sotsam daromad solig'i to'laymanmi?

Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylar;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylar.

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va uch yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay, jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.

👉 Telegram
#savol_javob

🔴 Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari uchun suv solig‘i to‘lanadimi?

Soliq kodeksining 442-moddasiga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari (bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

⚪️ Eslatib o‘tamiz quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti hisoblanmaydi:

▫️ notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;

▫️ sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️ shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;

▫️ gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;

▫️ issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;

▫️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari;

▫️kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari.

👉 Telegram
#savol_javob

- Jismoniy shaxs noturar joyni yuridik shaxsga ijaraga berganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHDS) qanday tartibda to‘lanadi?

✔️ Mazkur holatda jismoniy shaxsning noturar joyni ijaraga bergan daromadidan olinadigan soliq ijaraga oluvchi soliq agenti, ya’ni yuridik shaxs tomonidan to‘lov manbaidan to‘lab beriladi.
Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq, soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi.
🔻 Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, yuridik shaxs ushlab qolinmagan summani va u bilan bog‘liq penyani Soliq kodeksiga muvofiq budjetga o‘tkazib beradi.

👉 Telegram