Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.17K subscribers
7.56K photos
2.35K videos
91 files
6.75K links
Download Telegram
#onlayn_NKT #marketpleys
#chek_tahrirlash

Komitent o‘z vositachilari – marketpleyslar cheklaridagi noto‘g‘ri MXIKni tuzatishi mumkin

Agar vositachi – marketpleyslarning cheklarida MXIK noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo'lsa, komitent ularga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?

1.Komitent my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga kirishi kerak.
2.“Xizmatlar” toifasidan “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” bandi tanlanadi.
3. Ochilgan oynaning yuqori satrdan "MXIK noto‘g‘ri cheklar" va pastki qatorda "Marketpleys-vositachi cheklari" tanlanadi.
4. Fiskal modul raqami kiritilib, sana ko‘rsatiladi va "Qidirish" tugmasini bosiladi. Agar fiskal modular raqamlari ochiladigan ro‘yxatda aks ettirilmagan bo‘lsa, u holda komitent o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantiradi.
5. Tuzatilishi lozim bo‘lgan chek tanlanib, "Batafsil" so'ngra "Tahrirlash" tugmasi bosiladi.
6. Keyingi oynada to‘g‘ri MXIK kiritilib tasdiqlovchi hujjatlar biriktiriladi va "Saqlash" tugmasi bosiladi.

❗️Tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantiriladi.
👉VMQ-255-son 12.05.2022

Tadbirkorlik subyekt (komitent)lari tomonidan kassa cheklarida MXIKlar notoʻgʻri qoʻllanilishini oldini olish maqsadida cheklarga qoʻyilgan talablarga rioya etish hamda marketpleys (vositachi) larga toʻgʻri MXIKlarni taqdim etish tavsiya etiladi.

👉Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryolik soliq to‘lovchilar joriy yilning II choragida 698 milliard so‘mdan ortiq soliq to‘lashdi

2023-yilning aprel-iyun oylarida viloyatimiz soliq to‘lovchilari tomonidan 698 mlrd 379,8 mln so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 56 mlrd 959,8 mln so‘m ortig‘i bilan bajarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,1 foizga o‘sishga erishildi.

📊 Budjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 610,2 milliard so‘m yoki 87,4 foizi yuridik shaxslar, 88,1 milliard so‘m yoki 12,6 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

🧮 Soliq turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 ta soliq turida o‘sish kuzatildi. Jumladan:

▫️Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 4 mlrd 230,3 mln so‘m (185,0%);

▫️Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i 28 mlrd 839,5 mln so‘m (172,9 %);

▫️Yuridik shaxslarning foyda solig‘i 19 mlrd 813,1 mln so‘m (152,1 %);

▫️Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 19 mlrd 781,8 mln so‘m (137,6 %);

▫️Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 300 mlrd 403,8 mln so‘m (131,5 %);

▫️ Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 63 mlrd 894,4 mln so‘m (129,2 %);

▫️Aksiz solig‘i 50 mlrd 604,1 mln so‘m (120,4 foiz);

▫️Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 14 mlrd 79,0 mln so‘mga (103,8 %) o‘sgan.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#fiskal_institut

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institutga o‘qishga marhamat

Hurmatli abituriyentlar,
Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut Sizlarni o‘qishga taklif etadi!

Fiskal institutga o‘qishga kirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting va Oliy ta'lim muassasalaridan Fiskal institutni tanlang va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ling.

👨‍💼Bakalavriat

▪️kunduzgi ta'lim
:
▫️ Soliqlar va soliqqa tortish;
▫️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
▫️ Buxgalteriya hisobi va audit;
▫️Raqamli iqtisodiyot;
▫️Ma'lumotlar ilmi;
▫️Xalqaro soliqqa tortish (Qo‘shma ta'lim dasturi)
.
▪️sirtqi ta'lim:
▫️Soliqlar va soliqqa tortish;
▫️Buxgalteriya hisobi va audit
.

👨‍🎓Shuningdek, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha Magistr darajasiga ega bo‘ling:

🔹Soliq siyosati va ma'murchiligi;
🔹Buxgalteriya hisobi
.

📌 Qabul 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi.

☎️Murojaat uchun telefon: 71 230 16 50

👉 Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq sohasiga oid yangi serial

📹 "Qora tuynuk sxemasi" serialining navbatdagi qismini bugun soat 20:20 da "Soliq qo‘mitasi" YouTube kanalida tomosha qiling.

2-qism

👉 Serialni ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-iyul

iyun oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 июля 2023 года последний день

за июнь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bilasizmi

Daromad -
nafni baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda va bunday nafni baholash mumkin bo‘lgan darajada hisobga olinadigan pul yoki natura shaklidagi iqtisodiy naf.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov

🇺🇿2023-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting.

Ertangi farovon kuningiz uchun ovoz bering!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🔵 Soliq kodeksiga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi:

🔹qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi (basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa);

🔹 yer uchastkalariga ega bo‘lgan (bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa).

⚪️ Shuningdek, Soliq kodeksiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:

1️⃣ qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari;

2️⃣ chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari;

3️⃣ ipakchilik mahsulotlari;

4️⃣ baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.

⚠️ Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti Kodeksga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

👉 Telegram
#mobil_ilova

Hurmatli Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilari❗️

Firibgarlik holatlari ortib borayotgani sababli Soliq mobil ilovasida avtorizatsiya qilishda telefon raqamlaringizga SMS orqali yuborilgan tasdiqlash kodlarini hech kimga bermasligingizni so‘raymiz.

Begonalar shaxslarga ishonmang!

Roʻyxatdan oʻtgan cheklar va keshbeklar boʻyicha barcha kerakli maʼlumotlarni Soliq ilovasining oʻzidan olish mumkin.

Ilovadan foydalanishda texnik muammolarga duch kelsangiz, @soliq_mobililova_murojaatlar_bot Telegram boti orqali ariza qoldiring❗️

Qo'shimcha savollar uchun 1198 telefon raqami orqali 7/24 tartibida uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi call-markaziga murojaat qiling.

Ogoh bo‘ling!
___________
#мобильное_приложение

Уважаемые пользователи мобильного приложения Soliq❗️

В связи с участившимися случаями мошеннических действий просим вас при авторизации в мобильном приложении Soliq никому не передавать коды подтверждения, высылаемые SMS-сообщениями на ваши номера телефонов.

Не доверяйте посторонним лицам!

Всю необходимую информацию
по зарегистрированным чекам и кешбэку можно получить в самом приложении Soliq.

Если вы столкнулись с техническими неполадками при использовании приложения, оставьте заявку через Telegram-бот @soliq_mobililova_murojaatlar_bot❗️

По дополнительным вопросам обращайтесь в круглосуточный call-центр по номеру 1198.

Будьте бдительны!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kokdala

Koʻkdala tumani soliq inspeksiyasi binosi foydalanishga topshirildi

O‘tgan yili Ko‘kdala tumanining Xo‘jaobod qishlog‘ida Soliq qo‘mitasi homiyligida 240 o‘ringa mo‘ljallangan yangi maktab binosi foydalanishga topshirilgan edi.

Tumandagi kattayu kichikni xursand qilgan ushbu inshoot qatoriga yana bir yangi obyekt – soliq inspeksiyasi binosi ham qo‘shildi.

Shu munosabat bilan, soliq inspeksiyasining yangi binosida tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.

Unda Qashqadaryo viloyati hokimligi va hududiy soliq xizmati organlari masʼullari ishtirok etdi.

Soliq toʻlovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan yangi binoda soliq inspeksiyasining 30 nafar malakali xodimlari xizmat koʻrsatmoqda.

Soʻnggi yillarda soliq idoralari “Soliqchi koʻmakchi” tamoyili asosida faoliyat koʻrsatmoqda.

Yangi binoda xizmat ko‘rsatish sifati oshib, soliq to‘lovchi va soliq organlarining o‘zaro ishonch ustiga qurilgan hamkorligi yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM