Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.64K photos
2.37K videos
92 files
6.81K links
Download Telegram
TOGʻLI HUDUDLARDAGI TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Eshmatov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Mamanov hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Narmanov olis tog‘li hududlarda joylashgan Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy va Denov tumanlarida faoliyat yuritayotgan 250 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashdilar.

Dastlab, soliq qonunchiligiga oid o‘zgarishlar, yangi dasturlar va ularni qo‘llash tartiblari hamda afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlanganidek, sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy qilinishi, xususan hisobotlarni avtomatik shakllantirish tizimining yo‘lga qo‘yilishi xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda tadbirkorlarning hisobot topshirishga ketgan vaqtini ikki barobarga kamaytirish imkonini bermoqda.

Misol uchun, bugungi kunda soliq to‘lovchilarga 45 dan ortiq interaktiv xizmatlar ko‘rsatilmoqda va mazkur xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan talabning ortib borishi sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etishning natijadorligini ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, soliq tizimida tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar qamrovi hozirda 60 foizni tashkil etsa, tez orada ushbu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomidagi asosiy savollar ham avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, yangi dasturlar va soliq imtiyozlari yuzasidan bo‘ldi va ularga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Shuningdek, bir nechta tadbirkorlarning faoliyatlari bilan bog‘liq murojaatlari ham ijobiy hal etildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi yangilandi

Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida (Android/ iOS yaqin vaqtlarda) bir qator yangilanishlar bo‘ldi

✔️ Quyidagi variantlardan birini tanlagan holda
Jismoniy shaxs kabinetiga kirish mumkin:
– ID karta
– ERI kaliti
– face ID tizimida JShShIR kiritish
– One ID tizimi orqali

✔️Jismoniy shaxslar kabinetida quyidagilar aks etadi:
– mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik va ortiqcha to‘lov holati haqida ma’lumot;
– egaligidagi ko‘chmas mulk kadastr raqami;
– jismoniy shaxslarga hisoblangan oylik ish haqi va hisoblangan daromad solig‘i.

✔️“Keshbek” va “Soliq hamkor” bo‘limlarining funksiyalari ham takomillashdi:
– asosiy kartani tanlagan holda bir yoki bir nechta bank kartasini biriktirish yoki olib tashlash imkoniyati;
– fiskal belgini kiritish orqali chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi;
– skanerlangan cheklar oylar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi bunda hisoblangan mablag‘ miqdori va bank kartasiga o‘tkazish uchun tasdiqlangan summa ko‘rsatiladi;
– “Soliq hamkor” tizimida qo‘shimcha faylni yuklash imkoniyati – amalga oshirilgan xarid haqidagi murojaatni tasdiqlash uchun fotosurat;
– “Soliq hamkor”da murojaatni rad etish sababini tekshirish.

❗️Muhim: iste’molchi keshbekka ega bo‘lishi uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganda uni avval boshqa foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, haqiqatda xaridni amalga oshirgan shaxs tomonidan ushbu foydalanuvchi ustidan shikoyat yo‘llash imkoyati yaratildi.

Bunda bitta foydalanuvchiga nisbatan shikoyatlar soni 15 ta va undan ko‘p bo‘lsa, ushbu foydalanuvchi shubhali xaridor deb hisoblanadi hamda joriy oy uchun to‘plangan keshbeklari bekor qilinadi
, chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklanadi.

“Soliq” mobil ilovasida ERIsiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

Huquqbuzarliklar haqida "Soliq hamkor" orqali xabar bering

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mobil ilovadan ro‘yxatdan o'tishlari mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
RASMIY MUNOSABAT

“Boysun” gazetasida tumanning dehqon bozori atrofidagi piyodalar yo‘lagida savdo qilayotgan fuqarolarni tartibga chaqirish lozimligi to‘g‘risidagi “Chora ko‘rish vaqti yetdi...” maqolasi chop etilgandi.

Holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Boysun dehqon bozori” MCHJning o‘rnida zamonaviy savdo majmuasini qurish belgilangan. Biroq bugungi kunga kelib eski dehqon bozori atrofida fuqarolar o‘z uyida yetishtirgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, poliz ekinlari hamda sut va sut mahsulotlarini sotish holatlari kuzatilmoqda.

Shu sababli yuqorida bayon qilingan holatlarni bartaraf qilish maqsadida Boysun tuman hokimining 2021-yil 8-maydagi F44-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan Boysun tumani hokimligi, Boysun tumani xalq deputatlar kengashi a’zolari, mahalla xayriya jamg‘armasi, tuman ichki ishlar bo‘limi, tuman milliy gvardiya bo‘linmasi, tuman davlat soliq inspeksiyasi, tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.

Tuzilgan ishchi guruh a’zolari tomonidan eski bozor atrofida o‘z uyida yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, poliz ekinlari hamda sut va sut mahsulotlarini sotuvchi fuqarolarga piyodalar yo‘lagida savdo qilmasliklari to‘g‘risida profilaktik tushuntirishlar olib borilib, yangi qurib bitkazilgan savdo majmuasiga kirib, savdo qilishlik choralari ko‘rildi.

Ammo yuqorida bayon qilingan tushuntirish ishlari va profilaktik suhbatlardan keyin ham tegishli xulosa chiqarmasdan piyodalar yo‘lagida savdo qilayotgan 8 nafar fuqarolarga nisbatan Boysun tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati
Қуйидаги вакант лавозимлар учун очиқ мустақил танлов эълон қилинди:

— Олтинсой туман давлат солиқ инспекцияси ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими Давлат солиқ катта инспектори (1-секторга масъул 0,5);

— Қизириқ туман давлат солиқ инспекцияси Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Сариосиё туман давлат солиқ инспекцияси Бош ҳисобчиси;

—Сариосиё туман давлат солиқ инспекцияси Камерал солиқ текширувлари шўъбаси Давлат солиқ бош инспектори;

— Қумқўрғон туман давлат солиқ инспекцияси ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими Давлат солиқ катта инспектори (1-секторга масъул);

—Термиз шаҳар давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Ангор туман давлат солиқ инспекцияси Ҳисобни юритиш ва бюджет даромадларини прогнозлаштириш бўлими бошлиғи;

— Ангор туман давлат солиқ инспекцияси Камерал солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи;

— Денов туман давлат солиқ инспекцияси солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими Давлат солиқ бош инспектори;

— Қумқўрғон туман давлат солиқ инспекцияси Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими бошлиғи;

— Қизириқ туман давлат солиқ инспекцияси солиқ назорати бўлими бошлиғи;

— Сариосиё туман давлат солиқ инспекцияси Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Сариосиё туман давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими бошлиғи;

— Сариосиё туман давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими Давлат солиқ бош инспектори;

— Шеробод туман давлат солиқ инспекцияси ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими Давлат солиқ катта инспектори (1-секторга масъул 0,5);

— Бандихон туман давлат солиқ инспекцияси ҳисобни юритиш ва бюджет даромадларини прогнозлаштириш бўлими бошлиғи;

▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари зарур.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 8 апрелгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Web-site
Uchrashuvlar davomida korrupsion holatlarning oldini olish borasida ham tushuntirishlar berildi

Avval xabar berganimizdek, Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sirojiddin Eshmatov 28-29-mart kunlari Surxondaryoda bo‘lib, vohada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Termiz shahri, Sherobod, Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda jami 896 nafar tadbirkorlar qatnashdi.
Mazkur seminarlarda Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari ham joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar davlat soliq xizmati organlarida “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi deb e’lon qilinganligi to'grisida tushuntirishlar berib, soliq xodimlari bilan bog‘liq har qanday huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabardor qilishlari uchun o‘zlarining tashrif qog‘ozlarini berishdi.

Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati


👉Telegram