Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.64K photos
2.37K videos
92 files
6.82K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sirojiddin Eshmatov va soha mutaxassislari Surxondaryo viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashib, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berishdi.

👉Telegram
Qachondan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi?
Anonymous Quiz
72%
1-apreldan
8%
1-maydan
8%
1-iyundan
12%
1-sentabrdan
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari teng yarmini qachongacha to‘lashi kerak?
Anonymous Quiz
17%
1-aprelgacha
76%
15-aprelgacha
4%
1-avgustgacha
3%
15-avgustgacha
Jismoniy shaxslar deklaratsiyaga asosan to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad solig‘ini qachongacha to‘lashi kerak?
Anonymous Quiz
37%
1-may
22%
15-may
33%
1-iyun
9%
15-iyun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar targ‘iboti

👉Telegram
#soliq_mamuriyatchiligi

Hududiy va mahalliy soliq ma’muriyatchiligi qanday amalga oshiriladi?

Har bir soliq to‘lovchiga belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarish va to‘lash majburiyati yuklatilgan.
👉Soliq kodeksining 8 va 22-moddalari

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” va “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyillariga tayanib, soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining yangi tizimini yaratish maqsadida, soliq to‘lovchilarning hisobi uch bosqichdagi segmentlash asosida yuritilmoqda. Xususan:
1️⃣ Yirik soliq to‘lovchilar;
2️⃣ QQS to‘lovchilar (yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan).
3️⃣ Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, budjet tashkilotlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari hamda soliq to‘lash majburiyatiga ega jismoniy shaxslar.

Yirik soliq to‘lovchilar hisobi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida yuritiladi. Yirik soliq to‘lovchilar toifasi Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi Nizomning 4-bandiga muvofiq aniqlanadi.
👉DSQ r/r 3172-son qarori 12.07.2019-yil

Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kirmaydigan QQS to‘lovchilarning hisobi 2020-yildan boshlab hududiy davlat soliq boshqarmalarida yuritilmoqda.

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi yuridik shaxslar, YATTlar, budjet va nodavlat notijorat tashkilotlari hamda soliq to‘lash majburiyatiga ega jismoniy shaxslar hisobi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalarida yuritiladi.

Ma’lumot uchun: Soliq kodeksining 9-bobida soliq majburiyatlari - to‘g‘ri, to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, belgilangan to‘lovlarning tegishli g‘azna hisobvaraqasiga to‘lanmasligi, soliq majburiyatlarining bajarilmaganligi deb e’tirof etiladi va to‘lash bo‘yicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanishiga sabab bo‘ladi👉Soliq kodeksining 110-moddasi, 3-bandi

Soliqlarning to‘g‘ri to‘lanishini ta’minlash hamda noto‘g‘ri to‘lovlar uchun penya hisoblanishining oldini olish maqsadida, my.soliq.uz sayti orqali, (ERI kalitidan foydalangan holda) soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha elektron xizmatdan foydalangan holda, tegishli hududi hamda soliq kodlari uchun g‘aznachilik hisobvaraqalari to‘g‘ri biriktirilgan soliq turlari tanlanib, to‘lovlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Muhim ❗️ Muayyan ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyati bo‘yicha xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi boshqa ma’muriy-hududiy birlik hududidagi davlat soliq xizmati organida hisobi yuritilayotgan soliq majburiyatini bajarish hisobiga hisobga olish mumkin emas.
👉“Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi Yo‘riqnomaning 33(1)-bandi (Moliya vazirligi va DSQ qarori r/r 2771-son 30.03.2016-yil)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#intervyu

MUTLAQO YANGI SOLIQ TIZIMI YARATILDI

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod KUDBIYEVning keyingi yillarda soliq sohasini raqamlashtirish borasida tizimda ro‘y bergan yangilanishlar mohiyati va ularning soliq maʼmurchiligini taʼminlashdagi ahamiyati haqida
"Yangi O‘zbekiston" gazetasi muxbiri bilan suhbati

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
SOLIQ_TAQVIMI_APREL_2022.pdf
173 KB
#soliq_taqvimi

Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2022-yil aprel oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на апрель 2022 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#elon

Korxona va tashkilotlar diqqatiga!

Davlat soliq qo‘mitasi Sizni “Ishonchli hamkor” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini (Loyiha) amalga oshirishda Davlat sherigi uchun eng yaxshi takliflar va talabgorlarning imkoniyatlarini dastlabki baholashdan o‘tkazgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etishga taklif qiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida” 529-sonli qarori.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha xususiy sherik xarajatlarining yuqori chegarasi – 7,2 mlrd so‘m (Loyiha baholash hujjatida taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq).

🗓Loyihani ishga tushirish muddati – Loyihani baholash hujjatida ko‘rsatilgan jadvalga muvofiq Davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan kundan boshlab 15 kalendar kuni.

📌Loyiha muddati – 5 yil
(kelgusida muddat tomonlarning kelishuvi asosida uzaytirilishi mumkin).

Takliflarni yig‘ish va baholash ishlari bo‘yicha tashkilotchi – “BUSINESS-EMPIRE” MChJ.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasining Konsepsiyasi va loyiha baholash hujjatini Tashkilotchidan olish mumkin.

📧Tashkilotchining E-mail manzili – [email protected]
Tashkilotchiga murojaatlar uchun mas’ul shaxs – Esonaliyev Jaxongir
Tashkilotchi bilan bog‘lanish uchun telefon raqami – (99) 991-49-45

Loyihani moliyalashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasiga ko‘ra tanlangan Ishtirokchining (Xususiy sherik) o‘z va jalb qilgan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda Ishtirokchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi:
- ariza berish vaqtida qayta tashkil etish, tugatish va bankrotlik bosqichida bo‘lganda;
- ariza berish vaqtida muddati o‘tgan soliq qarzlari mavjud bo‘lganda;
- oxirgi bir yil davomida yuridik shaxs rahbariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilgan bo‘lsa;
- Soliq sohasida jamoatchilik nazorati portalida “soliq sohasidagi top huquqbuzarlar” reestriga kiritilgan bo‘lsa;
- Davlat sherigi bilan ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilmagan yoki noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa;
- Davlat sherigi bilan sud yoki hakamlik muhokamasi holatida bo‘lganda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etish uchun siz taklifingizni Tashkilotchining elektron pochta manziliga yuborishingiz lozim.

Takliflarni taqdim etishning oxirgi muddati – 2022-yil 29-aprel 18:00 gacha.

Izoh:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bosqichlari boshlanishidan avval takliflar Davlat sherigi uchun eng yaxshi takliflar va talabgorlarning imkoniyatlarini (loyihani amalga oshirish salohiyati) inobatga olgan holda Tashkilotchi hamda Davlat sherigi (Davlat sherigining vakolat berilgan mansabdor shaxslari) tomonidan tasdiqlangan To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘yicha talabgorlarni tanlab olishga doir hujjatlarda ko‘rsatilgan talablar va tartib asosida dastlabki baholashdan o‘tkaziladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bosqichlarining muddatlari Davlat sherigi tomonidan belgilanadi va bu haqda talabgorlar Tashkilotchi tomonidan xabardor qilinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2022-yil 1-apreldan soliq qonunchiligida qanday o'zgarishlar kuchga kiradi?
__________
#новое_в_законодательстве

Какие изменения в налоговом законодательстве вступят в силу с 1 апреля 2022 года?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида макроиқтисодий барқарорликни таъминлаш, жаҳон иқтисодиётидаги мураккаб вазиятдан келиб чиқиб ҳудуд ва тармоқларни ривожлантириш, аҳоли фаровонлигини ошириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

“Ойнинг бошида алоҳида комиссия тузиб, барча хавф-хатарларни ҳисоб-китоб қилганимиз ва энг долзарб йўналишларда ўз вақтида тезкор чораларни кўришни бошлаганимиз ўз натижасини бера бошлади”, деди давлат раҳбари йиғилиш аввалида.

Тошкент товар-хомашё биржасида чет эл корхоналари буғдой, ун, шакар, ўсимлик ёғи каби маҳсулотларни савдога қўйишни бошлади. Бунга, темир йўлда ташишга ички тарифлар қўлланилмоқда.

Бу ишларнинг давоми сифатида бир ҳафта муддатда:

- хорижий йирик ишлаб чиқарувчилар ва улгуржи савдо ташкилотларини Товар-хом ашё биржаси савдоларига кенг жалб қилиш;

- темир йўл тарифлари ва таннархни ичига кириб, уларни янада пасайтириш чораларини кўриш вазифаси қўйилди.
Шунингдек:

- солиқ маъмурчилиги доирасида омбордаги товарларнинг ҳисобини, ва кодларини мажбурий юритиш, мулклар ҳамда ижара шартномаларини электрон рўйхатдан ўтказиш каби янги механизмлар бўйича жарима ва бошқа таъсир чоралари йил якунига қадар қўлланилмайди;

- ўз эҳтиёжлари учун олиб келинган хом ашё, асбоб-ускуна, эҳтиёт қисмларга божхона имтиёзларини қўллаш даври ҳозирги 6 ойдан 1 йилгача узайтирилади;

- йил якунига қадар Россия, Украина ва Беларусь билан ишлаётган корхоналарга дебитор қарздорлиги учун жарима қўлланилмайди;

- ушбу мамлакатлар билан ишлаётган экспортчиларнинг банк кредитлари бўйича қарздорлиги узайтирилади, пеня ва жарималар ундирилмайди.
Шу билан бирга, бугунги кунда 67 та фаолият тури ўзини ўзи банд қилиш шаклига ўтказилган. Президент фаолият турларини яна 20 тага кўпайтириш ва бу орқали қўшимча 150 минг аҳоли бандлиги таъминлаш мумкинлигини кўрсатиб ўтди.

Вилоят ҳокимлари меҳнат миграциясидан қайтган фуқароларни қурилишларга жалб қилиш, уларга зарур асбоб-ускуналар олиб бериш учун субсидия ажратиш ҳисобига қўшимча 100 минг аҳолининг расмий бандлигини таъминлаши кераклиги таъкидланди.

Бандликни таъминлаш учун янги механизмларни жорий этиш бўйича қарор лойиҳасини киритиш топширилди.

Дунё бозорларидаги ҳолат, хом ашё, ёқилғи ва озиқ-овқат маҳсулотлари нархининг ўсиб бориши, қўшни давлатлардан пул ўтказмаларининг камайиши аҳоли даромадларига кўрсатиши мумкин бўлган таъсирни ҳисобга олиб ва инфляция ҳисоб-китобларидан келиб чиқиб, эҳтиёжманд аҳолини ижтимоий қўллаб-қувватлаш кўламини янада кенгайтириш бўйича таклифлар киритиш вазифаси қўйилди.

Айни пайтда йиғилишда кўтарилган масалалар юзасидан мутасаддиларнинг ҳисоботлари эшитилмоқда.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlarida ham tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

👉Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq sohasidagi barcha yangiliklar tadbirkorlarga yetkazilmoqda.

👉Telegram
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Сурхондарё вилоятидаги бошқарма ва ташкилотлар ахборот хизматлари раҳбарларининг 2021 йил II ярим йилликдаги фаолияти самарадорлиги ўрганилди ҳамда Адлия вазирлигида 3187-рақам билан рўйхатдан ўтказилган Низомга кўра 10 та асосий мезон бўйича баҳоланди.

Қуйида уларнинг рейтинги билан танишишингиз мумкин: ⤵️

▪️ “Ҳудудгаз Сурхондарё” газ таъминоти филиали – 96
▪️ Сурхондарё вилояти экология бошқармаси – 87
▪️ Сурхондарё вилояти солиқ бошқармаси – 85
▪️ Сурхондарё вилояти ИИБ ЙҲХБ – 84,8
▪️ Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармаси – 82.7
▪️ Сурхондарё вилояти божхона бошқармаси – 81.6

Вилоятдаги бошқарма ва ташкилотларнинг мавжуд ахборот хизматлари орасида фаолияти юқори баҳоланган матбуот котибларини намуна қилиб кўрсатишни жоиз топдик. Уларнинг келгусидаги ишларига муваффақиятлар тилаймиз!

2022 йилда фаолияти юқори баҳоланган матбуот котиблари сафи кенгайишига ишонамиз!

🌏 Каналга уланиш:
👇
https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
🔴 Жонли эфир

Халқ депутатлари Сурхондарё вилояти Кенгашининг қирқ саккизинчи сессияси бошланди.

Сессия ишида тўққизта масала кўриб чиқилиши белгиланган. Кун тартиби билан танишиш учун қуйидаги ҳаволага киринг: 👉 https://bit.ly/3LrX0aM

Сессия ишини вилоят ҳокимлиги матбуот хизматининг You Tube канали ҳамда вилоят телевидениесининг жонли эфири орқали тўғридан-тўғри кузатишингиз мумкин.

Жонли эфирни кузатиб бориш учун қуйидаги ҳаволага киринг:
👉 https://youtu.be/iTO9kcKzAus

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

👉 Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati

Facebook | Instagram | YouTube | Web-site