Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.38K photos
2.55K videos
97 files
7.32K links
Download Telegram
#uchrashuv

Angor tumanida 2500 dan ortiq kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda

Kichik va o‘rta biznes har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot hajmining yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan bir qismi aynan kichik va o‘rta biznes vakillari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, o‘z salohiyatlarini to‘la ishga solishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamiz bo‘ylab kichik va o‘rta tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Yadgarovning angorlik tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham xususiy sektor vakillariga berilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammolar haqida fikr almashildi.

Unda 2024-yilda viloyatda 500 nafarga yaqin kichik tadbirkorlar biznes toifasini yiriklashtirgani alohida qayd etildi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek tadbirkorlarning soliq imtiyozlaridan foydalanish, soliq hisobotlari, ma’muriy huquqbuzarlik, kredit hamda soliq stavkalari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Angor tumanida 2500 dan ortiq kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda

Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda biznesning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda hududlarda soliq organlari vakillarining kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan ochiq muloqotlari o‘tkazilmoqda.
📍Xorazm viloyati
📍Andijon viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Sirdaryo viloyati

Uchrashuvlarda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar, soliq maʼmurchiligi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Ayni paytda, jahon tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy va ekologik masʼuliyatini oshirish, ularning yashovchanligini taʼminlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tashabbuslarni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda «o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik korxona» zanjiri asosida tadbirkorlik subyektlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu esa biznesning yiriklashuvini rag‘batlantirish, iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish va salohiyatli korxonalarni shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.

Shuningdek, soliq organlari biznesga qulay sharoit yaratish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish, raqamli yechimlardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha maʼlumotlar yetkazilmoqda.

Tadbirlar respublikamiz bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Oltinsoylik tadbirkorlar 18,5 mlrd so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalanishdi

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda.

Tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda soliq qonunchiligiga oid o‘zgarish va yangiliklar haqida so‘z yuritilib, xususiy sektor vakillarining mavjud muammo va takliflari o‘rganilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Yadgarovning oltinsoylik tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham soliq sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlar, xususan Prezidentimizning joriy yil 19-martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirkorlarning soliq imtiyozlarini qo‘llash, noturar obyektlarga mol-mulk solig‘ini hisoblash, bank hamda kadastr organlari bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Ta’kidlash joizki, Oltinsoy tumani 5 toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan bo‘lib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida berilgan soliq imtiyozlari natijasida 2024-yilda tumandagi 3442 nafar tadbirkorlar ixtiyorida 18 mlrd 460 mln so‘m mablag‘ qoldi. Eng muhimi, imtiyozlardan unumli foydalanayotgan oltinsoylik ishbilarmonlar tejalgan mablag‘larni faoliyatlarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirmoqda.

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #kichik_va_orta_biznes

Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotlar bisnes uchun yangi imkoniyatlardir

Ushbu haftada uchrashuvlar o‘tkazilgan hududlar:

📍Qoraqalpog‘iston respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

❗️Eslatib otamiz, muloqotlar respublika bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Bevosita muloqotlar – muammolar yechimi!

Surxondaryo viloyatining tog‘li Boysun tumani ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitiga ko‘ra 4 toifadagi hududlar tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu hududda 2000 dan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov Boysun tumanida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashib, sohaga oid so‘nggi o‘zgarishlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida suhbatlashdi.

Bevosita muloqotda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda o‘zini-o‘zi band qilgan 155 nafar, jumladan Boysun tumanidagi 11 nafar fuqarolar tadbirkorlik salohiyatini namoyon etib yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi, bunda berilayotgan soliq imtiyozlari muhim o‘rin tutayotganligi alohida qayd etildi.

Ta’kidlash joizki 2024-yilda Boysun tumanida faoliyat yuritayotgan 521 ta tadbirkorlik subyekti 40 mlrd 369 mln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarning soliq hisobotlarini topshirish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, ma’muriy jarimalarni qo‘llash va kadastr hujjatlari bo‘lmagan yer maydonlariga soliq hisoblash to‘g‘risidagi murojaatlari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

👉 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida muloqotlar davom etmoqda

Xabar berganimizdek, kichik va o‘rta biznes soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va soha rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Toshkent shahri
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Namangan viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Andijon viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Jizzax viloyati

Uchrashuvlar davomida sohaning iqtisodiyotdagi ahamiyati, biznes muhitining sharoitlari va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.

Qayd etish joiz, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni aniqlash va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunda soliq organlari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Eksportyorlar bilan uchrashuv

Surxondaryo viloyati hokimligi hamda viloyat soliq boshqarmasi hamkorligida eksportyor tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 100 dan ortiq korxonalar vakillari ishtirok etdi.

Eksportni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish, biznesga to‘siq bo‘layotgan mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim topish maqsadida tashkil etilgan tadbirda dastlab soliq qonunchiligiga oid yangiliklar va o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha aktivlarni o‘z vaqtida repatriatsiya qilishni ta’minlash tartiblari qayd etilib, qanday hollarda muddati o‘tgan debitor qarzdorliklari uchun korxonalarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanilishi tushintirildi.

Shuningdek eksportyorlarning muammo va takliflari tinglanib, soliq imtiyozlari, soliq hisobotlarini yuritish va taqdim etish, QQSni qaytarish bilan bog‘liq savollariga batafsil javoblar berildi.

Ma’lumot uchun 2025-yilning I choragida viloyatimizdagi 20 ta eksportyor korxonalarga 20 mlrd 86 mln so‘m QQS qaytarildi.

👉 Telegram
#uchrashuv

Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar ko‘lami kengaymoqda

Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Muzrabot tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni yana 120 nafarga ko‘paydi.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov muzrabotlik kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda tumandagi 1561 ta tadbirkorlik subyektining xususiy sektor rivojidagi munosib hissasi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Birgina misol, tadbirkorlar tomonidan hududdagi yangi va bo‘sh turgan obyektlarning ishga tushirilishi natijasida tuman ijtimoiy infratuzilmasi yaxshilanib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Uchrashuv qatnashchilariga soliq qonunchiligiga oid yangiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Jumladan 2025-yil 1-maydan o‘z faoliyatini o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi, 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik tadbirkorlik subyektlari birinchi faoliyat yili davomida ilk bor sodir etgan savdo va tadbirkorlik sohalariga oid ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi tushuntirildi.

Tadbirkorlik subyektlarining suv solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i, soliq hisobotlarini topshirish va imtiyozlardan foydalanish to‘g‘risidagi murojaatlari tinglanib, ayrimlari joyida hal etildi. Biroz vaqt va o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

👉 Telegram
#uchrashuv

Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv

📺Ayni damda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan ”Zargarlik sohasida faoliyat: qonun doirasida” mavzusidagi uchrashuv-seminar o‘tkazilmoqda.

Unda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan seminarda zargarlik sohasidagi qonunchilik, amaliyotdagi muammolar va yechimlar muhokama qilinmoqda.

📱Yig‘ilishni YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling
__________
#встреча

Встреча с предпринимателями ювелирной отрасли

📺В данный момент по инициативе Торгово-промышленной палаты проходит встреча-семинар на тему “Деятельность в ювелирной сфере: в рамках закона”.

В мероприятии принимают участие представители Налогового комитета.

Семинар организован в формате открытого диалога, в ходе которого обсуждаются законодательство в ювелирной отрасли, проблемы на практике и пути их решения.

📱Следите за трансляцией в прямом эфире на платформе YouTube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda

Ma'lumki, ayni kunlarda joylarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda sohaga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinmoqda.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Navoiy viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Andijon viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Toshkent shahri

Muloqotlar davomida tadbirkorlarning soliq imtiyozini qo'llash va ortiqcha to'langan soliq summasini qaytarish, qo'llanilgan ma'muriy jarimani bekor qilish, soliq hisobotlarini topshirish va boshqa amaliy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, aniq choralar belgilandi.

Hududlarda izchillik bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad –  ishlab chiqarishni rivojlantirish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurash orqali teng raqobat va biznes muhitini yanada yaxshilashdan iborat.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads