Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.42K photos
2.32K videos
90 files
6.65K links
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xokkey federatsiyasi, xokkey maktablari va seksiyalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 baravar kamaytirildi

“Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi..
👉PQ-334-son, 23.09.2024-yil

Unga koʻra
:

🔹Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʻlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi 3 yil muddatga 50 foizga kamaytirildi. Amaldagi foyda soligʻi stavkasi 15%ni tashkil etadi;

🔹Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʻlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltirilgan homiylik xayriyalari summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi. Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi
2- va 75- moddalar
__________
#новое_в_законодательстве

Для Федерации хоккея, хоккейных школ и секций ставка налога на прибыль снижается в 2 раза

Принято Постановление Президента "О дополнительных мерах по развитию вида спорта хоккей".
👉№ПП-334 от 23.09.2024 г.

Согласно ему:

🔹для Федерации хоккея Узбекистана, спортивных клубов и негосударственных спортивных образовательных организаций по виду спорта хоккей налог на прибыль снижается на 50% сроком на 3 года. Действующая ставка налога на прибыль составляет 15%;

🔹благотворительные пожертвования, направляемые юрлицами на финансирование деятельности Федерации хоккея Узбекистана, спортивных клубов и негосударственных спортивных образовательных организаций по виду спорта, вычитаются из налогооблагаемой базы при исчислении налога на прибыль. Данный порядок будет внедрен в практику после внесения соответствующих изменений в Налоговый кодекс.
👉ст.2 и ст.75 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-oktabrdan...

👉2028-yil 1-yanvarga qadar turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga QQSning 20 %ini qaytarish tizimi joriy etiladi.

👉2027-yil 1-oktabrga qadar Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida to‘lanadigan quyidagi soliq turlari bo‘yicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi:

▫️loyihaga mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida jalb qilingan mutaxassislarning mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

▫️nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan mehnatga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha to‘lanadigan ijtimoiy soliq.
______
#новое_в_законодательстве

С 1 октября 2024 года...

👉До 1 января 2028 года туроператорам и гостиницам внедряется система возврата 20% уплаченного НДС.

👉До 1 октября 2027 года в рамках проектов государственных грантов и социальных заказов, осуществляемых за счет средств Общественного фонда по поддержке институтов гражданского общества при Олий Мажлисе, снижаются на 50% ставки по следующим налогам:

▫️по налогу на доходы физических лиц, уплачиваемому с доходов специалистов, привлеченных к проекту на основе трудового и гражданско-правового договоров, полученных в виде оплаты труда;

▫️по социальному налогу, уплачиваемому негосударственными некоммерческими организациями, СМИ и органами самоуправления граждан по расходам оплаты труда.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy soliq summasi 1 ta ish joyi bo‘yicha to‘lanadi

“Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi.
👉PF-152-son, 2024-yil 30-sentabr

Hujjatga muvofiq 2024-yil 1-oktabrdan:

🔹Jismoniy shaxs bir paytning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat faoliyatini yuritayotgan bo‘lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2-modda va 75-modda

👉 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahalla servis kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi.

👉 Telegram Facebook Youtube Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliq va bojxona imtiyozlarini berishni nazarda tutuvchi ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:


🔹 QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi:
▫️ yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish aylanmasi uchun;
▫️nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari yagona ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar uchun.

🔹yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi. Shu bilan birga, mazkur yer uchastkalariga soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;

🔹 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilib, eksportchilar va reeksportchilar uchun foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi.

🔹 “Hyatt” kompaniyalar guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar ham bekor qilindi.

👉 Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik sohasiga soliq imtiyozlari berildi

Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimchalar kiritildi.
👉 OʻRQ-1001-son, 15.11.2024 y.

Pillachilikni yanada rivojlantirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, aholi bandligini taʻminlash va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida

2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha:

▫️jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirishdan (kasanachilik) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

▫️ pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod etildi. Bunda boʻshagan mablagʻlar kasanachilarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishi shart hisoblanadi;

▫️pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsienti qoʻllanilgan holda hisoblanadi.

Maʻlumot uchun. Ilgari jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik)dan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yuridik shaxslarning esa kasanachilik bilan shugʻullanuvchilarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlaridan ijtimoiy soliq toʻlangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar uchun berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati uzaytirildi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

👉PQ-403-son, 2024-yil 22-noyabr

Unga ko‘ra 2030-yil 1-yanvarga qadar (avval 2025-yil 1-yanvargacha):

🔹 nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

🔹nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

👉Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi ishlamagan* korxona hisobot topshirmagani uchun jarimaga tortilmaydi


Xususan, quyidagi mezonlar bo‘yicha korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash belgilanmoqda:

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilmaganligi (amalda ushbu mezon mavjud emas);

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilgan, lekin 6 oy mobaynida (amalda 9 oy):
▫️pul aylanmasi amalga oshirilmaganligi;
▫️EHF rasmiylashtirmaganligi, onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa hamda marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
▫️tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirilmaganligi.

Bunda korxonalar:
▪️soliq organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi;
▪️1 yil davomida (amalda 3 yil) faoliyati tiklanmasa, ular davlat reyestridan avtomatik chiqarilishi belgilanmoqda.

*davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab faoliyat yuritmagan va egaligida mulki bo‘lmagan tadbirkor

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashda reyting ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektlari soniga nisbatan emas tovar aylanmasini amalga oshirgan tadbirkorlarning ulushiga nisbatan belgilanadi.

“BBB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etiladi.
Amalda “A” va undan yuqori toifadagilarga tatbiq etilardi.

👉PF-214-son, 10.12.2024-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
2025-yil Davlat budjeti Qonuni.pdf
3.9 MB
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi Qonuni
__________
#новое_в_законодательстве

Закон "О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год"

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads