Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.42K photos
2.32K videos
88 files
6.65K links
Download Telegram
#QQS

Ayrim tadbirkorlik subyektlariga to‘langan QQSning bir qismi qaytarib beriladi


Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlashtirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

🟢 2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ning 20 foizi qaytariladi;

⚠️ Bunda turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlar barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etishi kerak.

🟢 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

🔰 60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
🔰 60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

🗓 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

⚪️ Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

▫️hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

▫️ hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;

▫️ hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

👉 Telegram Facebook
#bilasizmi

Oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning naqd pulsiz qismi — soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning to‘lov terminallari, kontaktsiz onlayn to‘lov tizimlari yoki banklar orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar.

👉Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar uchun berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati uzaytirildi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

👉PQ-403-son, 2024-yil 22-noyabr

Unga ko‘ra 2030-yil 1-yanvarga qadar (avval 2025-yil 1-yanvargacha):

🔹 nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

🔹nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

👉Telegram
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev “Yandeks”ning global bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashdi.

Taksi agregatorlari orqali yo‘lovchi tashish sohasida muvaffaqiyatli fiskalizatsiya bo‘yicha fikr almashildi.

Soliq maʼmurchiligida shaffof mexanizmlar kutilayotgan tushum ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirdi.

Dastlab yillik soliq tushumlari miqdori 100 milliard so‘mni tashkil etishi rejalashtirilgan edi, ammo haqiqatda 10 oyda 125 milliard so‘m byudjetga tushumlar taʼminlandi.

Ushbu natijalar kompaniya bilan hamkorlikdagi ishlarning samaradorligini va yo‘lovchilarni tashish sohasida shaffof soliqqa tortishning ahamiyatini tasdiqlaydi.

Xizmat ko‘rsatish sohasida shaffoflikni taʼminlash orqali faoliyat turlarini legallashtirish yo‘lida hamkorlik davom ettiriladi.
_______
#встреча

Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев встретился с глобальным генеральным директором компании «Яндекс» Даниилом Шулейко.

Состоялся обмен мнениями по успешной фискализации в сфере пассажирских перевозок через агрегаторы такси.

Прозрачные механизмы налогового администрирования значительно повысили ожидаемые показатели поступлений.

Изначально планировалось, что в этом году сумма налоговых поступлений составит 100 млрд сумов, однако за 10 месяцев текущего года фактически обеспечено 125 млрд сумов.

Эти результаты подтверждают эффективность совместной работы и значимость прозрачного налогообложения в сфере пассажирских перевозок.

Дальнейшее сотрудничество будет продолжено в целях обеспечения прозрачности рынка и "обеления" других видов деятельности в сфере услуг.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

– Shaxs qanday hollarda soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi?

⚪️ Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;

◽️ soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari (3 yil) o‘tib ketganligi.

⚠️ Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud bo‘lganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

🔗 Soliq kodeksi 213-modda

👉 Telegram Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Biznes bir huquqbuzarlik uchun ikki marta jazolanmaydi

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi (jarima - bunday faoliyatdan olingan daromadning 10 foizi, lekin 1 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda).
👉 Soliq kodeksining 219-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, maʻmuriy javobgarlik saqlanib qolinadi. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 176-moddasi

Fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi.

✔️Shu bilan birga, avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik saqlanib qoladi (mansabdor shaxslarga – BHMning 100 baravari).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismi

Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 166-moddasi 4-qismi

✔️Biroq, bunday huquqbuzarlik uchun Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar oʻz kuchida qoladi - realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
👉Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi

Shu bilan birga, xodimlar sonini yashirganlik uchun maʻmuriy javobgarlik bekor qilinadi (BHMning 10 baravari miqdorida jarima).
👉Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-prim 5-moddasi

📃14.11.2024 yildagi PF-184-son

Tadbirkorlar diqqatiga!


Yangi o‘zgarishlar ba’zi me’yorlarni yengillashtirmoqda, ammo qonunlarga rioya qilish muvaffaqiyatli biznes yuritishning muhim omili boʻlib qolaveradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari!

Tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:

◽️yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda 2027-yil 1-yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;

◽️ foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.

Soliq kodeksi 483-modda

👉 Telegram Facebook
#elon

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!


Bugun, 27-noyabr kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun "Soliq qonunchilgidagi yangiliklar" mavzusida navbatdagi seminar o‘tkaziladi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu seminarga taklif etamiz!

🕚 Boshlanish vaqti - 11:00
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

👉 Telegram
#seminar

Tadbirkorlar uchun navbatdagi soliq imtiyozlari

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2024-yilning 1-oktabridan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi qaytarilishi, bunda turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlar barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi qayd etildi.

2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi miqdoriga qarab to‘langan QQSning 40 yoki 20 foizi qaytarilishi tushuntirildi.

Ma’lumot uchun Surxondaryo viloyatida 686 ta umumiy ovqatlanish, 79 ta mehmonxona va 61 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

Seminarda shuningdek soliq qonunchiligiga oid so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimachalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

👉 Telegram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵"ISHONCH" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Qurilish materiallari MXIK o‘lchov birligiga o‘zgartirish
kiritish yoki mavjudlarini yangilash Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Soliq qo‘mitasi xabardor qilingach amalga oshiriladi.
______
#встреча

Внесение изменений или обновление единиц измерения, закрепленных за ИКПУ строительных материалов, производится Министерством строительства и жилищно-коммунального хозяйства с уведомлением Налогового комитета.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads