Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.13K subscribers
7.42K photos
2.32K videos
88 files
6.65K links
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Yuqori toifadagi tadbirkorlar safi kengaymoqda

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, manzilli targ‘ibotlar o‘z samarasini bermoqda.

Bundan bir necha oy oldin o‘rta toifada bo‘lgan “Surxon qog‘oz qayta ishlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugun barqarorlik reytingida eng yuqori toifaga ko‘tarilib soliq imtiyozlaridan samarali foydalanmoqda.

– Tadbirkorlarning faoliyatlarini baholovchi barqarorlik reytingi joriy etilgan dastlabki oylarda bizning korxonamiz o‘rta “BB” toifasida edi, – deydi "Surxon qog‘oz qayta ishlash" MChJ rahbari Rustam Ne’matullayev. – Bizga biriktirilgan soliq inspektori doimiy tarzda qaysi mezonlar bo‘yicha yetarlicha ball olmaganimiz, umumiy ballni ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligini tushuntirib borardi. "AAA" toifasiga ko‘tarilishga harakat qildik va buni uddasidan chiqdik. Mana shu davrda soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bilimlarimiz ham ortdi. Avvallari qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini 1 oy muddatda, tekshiruvlardan so‘ng olgan bo‘lsak, "AAA" toifasiga ko‘tarilgandan keyin birgina oktabr oyining o‘zida umumiy qiymati 534 million so‘m bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ortiqcha to‘lovni hech qanday arizalarsiz, tekshiruvlarsiz, salbiy farq summasini hisobotda ko‘rsatish orqali 1 kun muddatda qaytarib oldik.

👉 Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olish – ustuvor vazifa

Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastlab huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati, normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, salbiy oqibatlarning oldini olish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va bunda har bir xodimning mas’uliyati to‘g‘risida tushuntirish berildi.

👉 Telegram
#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi


Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EHF va ETTYni birlashtirish loyihasi muhokama qilindi

Soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va elektron tovar-transport yuk xati (ETTY)ni birlashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada:
▫️ tovarlarni realizatsiya qilish transport orqali tashish bilan bir vaqtda amalga oshirilganda, EHF va ETTYni birlashtirgan holda rasmiylashtirish;

▫️standart shakldagi EHF va ETTYni alohida ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolish;

▫️ ayrim faoliyat turlarining xususiyatidan kelib chiqib, ETTYni rasmiylashtirishning oʻziga xos tomonlari (tuzatuvchi va bir tomonlama ETTYni rasmiylashtirish, tovarlarni qayta ishlash hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashish) tartibga solish koʻzda turilgan.

Soliq qoʻmitasi tomonidan mazkur loyihani muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda biznes vakillari tomonidan bildirilgan takliflar asosida qaror loyihasi yanada takomillashtirilmoqda.

Shuningdek, loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS #keshbek

To‘langan QQSdan tadbirkorda keshbek

📢Mehmonxona, kafe restorani borlar yoki turoperatorlar, bu yangilik Siz uchun!

2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

✔️Bunda turoperatorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun chet el valyutadagi tushum jami tushumning kamida 80 %ni tashkil etishi kerak.

2025-yil 1-yanvardan keshbek umumiy ovqatlanish korxonalariga ham beriladi.
Bunda oylik tovar (xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmaning naqd pulsiz qismi:
✔️60 %dan 🔺– to‘langan QQSning 40 %;
✔️60 %dan 🔻bo‘lsa– to‘langan QQSning 20% qaytariladi.

QQS 1 ish kunida soliq organi xulosasi asosida Gʻaznachilikdan tadbirkorning hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Tadbirkor soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Keshbek uchun shartlar to‘liq bajarilishi kerak‼️

✔️hisobot davrida QQS hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

✔️hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmaganda;

✔️EHFda yoki kassa cheklarida sotilgan tovar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari (MXIK)ko‘rsatilganda.

Shuningdek, 2024-yil 1-dekabrdan umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilganda dalolatnomani elektron rasmiylashtiradi.

✍️Dalolatnoma soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki Soliq mobil ilovasida elektron shakllantiriladi va sotuvchi (jismoniy shaxs) tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.

✔️Ushbu dalolatnoma kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 "SURXONDARYO" TV

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i  o‘ziga biriktirilgan  oilalarning turmush sharoitini yaxshilash, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

👉Telegram facebook youtube instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-noyabr

oktabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

noyabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 ноября 2024 года последний день

за октябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tabrik

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#chellenj

11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari “Men kasaba uyushmasi a’zosiman” chellenjida faol ishtirok etishdi.

🟢 O‘z safida millionlab a’zolarni birlashtirib, ularning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda yaqindan yordam berib kelayotgan kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi bayram bilan muborakbod etamiz!

👉 Telegram