#savol_javob
– Men “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganman. Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod ekan. Ushbu imtiyozdan foydalansam bo‘ladimi?
🟢 Soliq kodeksining 421- va 436-moddalariga muvofiq «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mukl va yer solig‘idan ozod etilgan.
📌 Mazkur imtiyoz tegishincha «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi.
❗️ Mazkur imtiyoz “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganlarga tatbiq etilmaydi.
👉 Telegram

–2018-yilda bank krediti asosida arzon ko‘p kvartirali uylardan birini xarid qilganman. Mazkur uylar mol-mulk solig‘idan ozod ekan. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun nima qilishim kerak?
🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2660-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-iyulgacha “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida “Ipoteka bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar sotib olingan kvartiralar bo‘yicha jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.
Agar sizning xonadoningiz yuqoridagi qaror doirasida bank krediti asosida xarid qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organiga taqdim etishingiz lozim.

– Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam pullaridan daromad solig‘i olinadimi?
📌 Soliq kodeksining 378-moddasi 20-bandiga muvofiq:
🔹 fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
🔹kasaba uyushmalari;
🔹 xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida 15 million so‘mdan oshmagan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i olinmaydi.
👉Telegram

– Kimlar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lab mehnat stajiga ega bo‘lishi mumkin?
1️⃣ O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
2️⃣ shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar);
3️⃣ dehqon xo‘jaligining a’zolari (bundan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar;
mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
4️⃣ O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
5️⃣ ishlayotgan fuqarolar ishlamaydigan eri (xotini) uchun ixtiyoriy tartibda yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘laganda mehnat staji hisoblanadi.

– Sanoat korxonasida suvdan foydalanish uchun belgilangan limitdan ortiqcha suv ishlatilganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq qanday tartibda hisoblanadi?
Soliq kodeksining 445-moddasiga muvofiq, sanoat korxonalari tomonidan belgilangan limit doirasida foydalanilgan yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uchun 638 so‘m, yer osti manbalarining 1kub metri uchun 760 so‘m miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoblanadi.
⚠️ Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

- 2021-yilda otam vafotidan so‘ng yashash uyimiz menga meros tariqasida o‘tgan. Hozir mazkur uy-joyni sotsam mendan daromad solig‘i olinar ekan. Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz.
🟠 Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslar:
🔸qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
🔸 noturar joylarni;
🔸 o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi.
Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki hadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qat’iy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig‘i to‘lashi lozim.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

– Faoliyatini tugatayotgan yuridik shaxsning ortiqcha to‘langan soliq summalari qanday tartibda qaytariladi?
🟢 Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga Soliq kodeksida belgilangan tartibda u ariza bergan kundan e’tiboran 15 kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim.
❗️Soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi.

- 15 kun oldin berilgan xarid chekini keshbek olish maqsadida Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lsam, “Chekni ro‘yxatga olish chek sanasidan keyin 10 kun muddatda” degan yozuv chiqyapti. Endi bu chekni ro‘yxatdan o‘tkazib, keshbek olishning imkoni yo‘qmi?
📌 2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan onlayn nazorat-kassa texnikalari fiskal cheklarini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% miqdorida keshbekka ega bo‘lmoqda.
🔵 Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, quyidagi cheklarga keshbek hisoblanmaydi:
🔹berilgan kundan boshlab 10 kalendar kun o‘tgan cheklarga;
🔹avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklarga;
🔹avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklariga;
🔹Shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklariga;
🔹jismoniy shaxslar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) cheklariga.
❗️ Siz ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan xarid chekining berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tganligi sababli keshbek hisoblanmaydi.

🔴 Umumiy ovqatlanish shoxobchasida to‘lovni amalga oshirganimda menga yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli terminalning chekini berishdi. Tadbirkorlar bir-birlarining to‘lov terminallaridan foydalanishlari mumkinmi?
✔️ Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish hisoblanadi va mazkur soliq huquqbuzarligi yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq kodeksi 221-modda

- Jismoniy shaxs noturar joyni yuridik shaxsga ijaraga berganda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHDS) qanday tartibda to‘lanadi?
✔️ Mazkur holatda jismoniy shaxsning noturar joyni ijaraga bergan daromadidan olinadigan soliq ijaraga oluvchi soliq agenti, ya’ni yuridik shaxs tomonidan to‘lov manbaidan to‘lab beriladi.
Soliq kodeksining 386-moddasiga muvofiq, soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan yuridik shaxs zimmasiga yuklatiladi.
🔻 Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, yuridik shaxs ushlab qolinmagan summani va u bilan bog‘liq penyani Soliq kodeksiga muvofiq budjetga o‘tkazib beradi.