Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#mustaqillik #31_yil
Prezident farmoniga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining 5 nafari “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi:
🔹Nizamutdinova Gulnora Ibadullayevna - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i;
🔹Boboqoziyev Janobiddin - Farg‘ona viloyati So‘x tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori;
🔹Jumayev Shuhrat Allaberdiyevich - Surxondaryo viloyati Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;
🔹Safarov Islom Teshayevich - Buxoro viloyati Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq katta inspektori;
🔹Usmanov Foziljon Kuvandikovich - Navoiy viloyati Konimex tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jamoasi nomidan xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan hamkasblarni ushbu mukofotlar bilan muborakbod etamiz!
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#mustaqillik_31_yil
Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz – Davlat soliq qo‘mitasida bayram shukuhi
Bugun, 31-avgust kuni Davlat soliq qo‘mitasida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda dastlab Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev so‘zga chiqib barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan erishilgan mustaqilligimiz hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea ekanligini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari so‘nggi yillarda davlat soliq xizmati organlarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan videorolikdan bahramand bo‘ldi.
Qo‘mita Raisi ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan davlat soliq xizmati organlaridagi fidokorona xizmati, sadoqatli va mashaqqatli mehnatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan tizim xodimlarini ham alohida tabrikladi. Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i G.Nizomiddinovaga “Shuhrat” medalini shaxsan topshirdi.
Bundan tashqari, tizimda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 30 nafarga yaqin xodimlarga munosib mehnatlari uchun “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar topshirdi.
Tasodifni qarangki, bugungi kunda qo‘mita markaziy apparatida yurtimiz istiqlolga erishgan 1991-yilda tug‘ilgan 31 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Tadbir davomida mustaqillik tengdoshlari bo‘lgan xodimlar, tizimda aynan 1991-yilda faoliyat boshlagan tajribali ustozlarini bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonandalar o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan bayramga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Assalomu alaykum, aziz hamyurtlar, qadrli vatandoshlar, yangi O‘zbekiston tarixidagi shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramini barchamiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqdamiz.
Shu munosabat bilan butun xalqimizni, barcha vatandoshlarni chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ajdodlarimiz, bu muqaddas maqsad yo‘lidagi mashaqqatli sinovlarda jon olib, jon berib kurashdi. Xalqimiz qalbidagi hurriyatga intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo‘ravonliklar yo‘qota olmadi.
Asrlar, zamonlar o‘tar, ammo, barchamizga o‘zligimzni qadr-qimmatimizni, tilimiz, muqaddas dinimizni va tariximizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib qoladi.
Taʼkidlash lozim, keyingi yillarda xalqimiz ajdodlarga xos mustahkam iroda va matonat, beqiyos salohiyatini namoyon etib, qisqa fursatda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu esa Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlarning mustahkam tirgagi bo‘lib, yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans davrida muhim o‘rin tutmoqda.
Ushbu tarixiy jarayonlarda davlat soliq xizmati organlarining ham faol ishtirokini qayd etish joiz. Shunday ulug‘ va sharafli safda – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safida turganligimizdan biz, soliq organlari tizimidagi barcha davlat xizmatchilari o‘zimizni chinakam baxtiyor inson deb bilamiz.
Davlat soliq xizmati organlari, xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekistonni, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida sidqi dildan xalqqa xizmat qilishga hamisha tayyor.
Men millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #mustaqillik_32_yil
🇺🇿 Bayramingiz muborak boʻlsin, Aziz yurtdoshlar!
✅ Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabrikladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Dastlab viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov so‘zga chiqib, mustaqillikning bebaho ne’matligi, uning qadriga yetish, tinch va osoyishta kunlarimiz, istiqlolimiz bardavomligini ta’minlash har birimizning burchimiz ekanligini ta’kidladi.
Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan yurtdoshlarimiz mehnatlari, soliq xodimlarining mamlakat rivojidagi fidoyi xizmatlari e’tirof etilib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan viloyat soliq organlarida faoliyat yuritayotgan 36 nafar xodimga soliq tizimidagi samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi. 75 nafar xodimga navbatdagi maxsus unvonlar berildi.
👉 Telegram

#tabrik #mustaqillik_33_yil
Yashasin O'zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sizlar bilan birga sog‘-omonlikda, shod-u xurramlikda Vatanimiz tarixidagi eng shonli sanani o‘ttiz uchinchi bor kutib olyapmiz.
O‘tgan davrlarda davlatimiz turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan Yangi O‘zbekiston bo‘lib shakllanmoqda.
Xalqimiz birlashib vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirmoqda.
Darhaqiqat, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida elimizning fidokorona mehnatlari, g‘ayrat-u shijoati bilan orzularimiz amalga oshmoqda. Bunda davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan har bir xodimning ham mehnatlarini e’tirof etish joiz.
Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlangan davlat xizmatchilari orasida davlat soliq xizmati organlari vakillariga berilgan orden va medallar butun soliq tizimidagi xodimlarning birgalikdagi mehnatlariga berilgan baho.
Fursatdan foydalanib, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Mana shunday shukuhli damlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilatyotgan barcha yurtdoshlarimizni, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini, bugungi ulug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman. Yutuq va g‘alabalarimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
Tinchlik va osoyishtalik bayrami – Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!
Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads