#antikorrupsiya
Halollik osuda turmush garovi!
Korrupsiyaning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, soliq xizmati xodimlari va keng jamoatchilikda poraxo‘rlik, ta’magirlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi profilaktik tadbirlar Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Denov tuman soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.
Shaxsiy tarkib bilan bevosita muloqotda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda diniy idora vakillari tomonidan har bir xodim yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashishi, kasb etikasi va umumbelgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etishi lozimligi tushuntirildi.
Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olishda mas’uliyat, qanoat va halollik prinsiplarining alohida o‘rni qayd etildi.
Shuningdek diniy-ekstremistik oqimlarning domiga tushmaslik, yot g‘oyalardan holi tarzda tinch va osuda turmushimiz barqarorligini saqlash, doimo ogoh bo‘lish kerakligi tushuntirildi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
👉 Telegram

Tinchlik va osoyishtalik – bebaho ne’mat!
Sherobod, Angor hamda Muzrabot tumani soliq inspeksiyalarida “Tinchlik va osoyishtalik – bebaho ne’mat!” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Dastlab viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan inson huquq va manfaatlarini cheklovchi, jamiyatni tanazzul sari yetaklovchi korrupsiyaviy huquqbuzarlikning turlari va salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Diniy idoralar vakillari esa o‘z ma’ruzalarida bugungi axborot asrida, aholi, ayniqsa yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, diniy ekstremizm va aqidaparastlikning oldini olish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash xususida so‘z yuritdi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#antikorrupsiya
Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!
Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq organlaridagi manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri xabardor qilish mumkin boʻlgan bir necha aloqa kanallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Elektron pochta – [email protected]
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi!
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Denov hamda Sho‘rchi tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlab shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo choralari haqida ma’lumotlar berildi.
Xizmat vazifasini sidqidildan, mas’uliyat bilan bajarish, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir davlat xizmatchisining burchi ekanligi ta’kidlanib, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning ahamiyati tushuntirildi.

Burch va mas’uliyat!
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv "Burch va mas’uliyat" mavzusiga bag‘ishlandi.
Unda soliq xodimlarining vazifalari, majburiyatlari hamda amal qilish lozim bo‘lgan ichki me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida so‘z bordi. Har bir xodim o‘ziga biriktirilgan vazifani sidqidildan ado etishi, ish vaqtida ham, ishdan tashqari vaqtda ham odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilishi, davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Soliq xodimlari orasida kuzatilgan salbiy holatlar, xususan korrupsion huquqbuzarliklar tahlil qilinib, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Kasbga sadoqat, burch va mas’uliyat – muvaffaqiyat garovi!
Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Erkin Narmanov davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi bo‘lish naqadar sharafli va mas’uliyatli kasb ekanligini ta’kidlab, iqtisodiyotimiz rivoji, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan oila-a’zolariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzog‘iga tushishdan asrash uchun jamoada ham oilada ham korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.
Shuningdek, viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soliq xodimlarining ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va yaqin qarindoshlariga viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirilib, soha rivojidagi fidoyi mehnatlari alohida e’tirof etildi.
- O‘g‘lim soliq tizimida mehnat qilayotganidan doimo faxrlanib yursamda, lekin bu kasbning mas’uliyatini to‘liq his qilmagan ekanman”, - deydi Bandixon tumani soliq inspeksiyasi xodimi Zafar O‘roqovning onasi Oyimxol O‘roqova. – To‘g‘ri hamma kasbning o‘ziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqati bo‘ladi, ammo soliq xodimining mas’uliyati, yurt rivoji yo‘lidagi zahmatli mehnati naqadar muhimligini bugungi uchrashuvda angladim. Shu bilan birga shunday sharafli va mas’uliyatli kasbidan qadr topib, mehnati olqishlanganligidan, farzandimiz ortidan biz ota-onalar rahmat eshitganimizdan juda ham quvondim.
Darhaqiqat yurt koriga kamarbasta farzandlarni voyaga yetkazish va ularning ortidan yaxshi gaplar eshitishdanda yuksakroq baxt bo‘lmasa kerak.

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam tarzda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida shaxsiy tarkib va keng jamoatchilik ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.
Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurash – davr talabi
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Sariosiyo va Uzun tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish va jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlab soliq xodimlari ichki mehnat tartib qoidalariga kiritilgan o‘zgartishlar bilan tanishtirilib, soliq to‘lovchilar bilan bevosita muloqotlarda muomala madaniyati hamda odob-axloq qoidalariga rioya etish lozimligi ta’kidlandi.
Poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ish yuritish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.

Har bir xodim o‘zini taftish qilishi lozim
Korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim shartlaridan biri xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va majburiyatlarini eslatib turishdir. Ayni maqsadda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Oltinsoy hamda Angor tumani soliq inspeksiyalarida shaxsiy tarkib ishtirokida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Unda har bir davlat xizmatchisi o‘ziga biriktirilgan vazifani vijdonan, odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilgan holda bajarishi, soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda hamda ish faoliyati davomida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi tushuntirildi.
Samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan xodimlar belgilangan tartibda rag‘batlantirib borilayotganligi ta’kidlanib, korrupsion huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lish, bor bilim va tajribani ishga solib samaradorlik ko‘rsatkichini oshirish kerakligi aytib o‘tildi.

Forwarded from Дилноза Рустамовна <@>
#antikorrupsiya
Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq!
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Boysun, Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumani soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu haqda so‘z bordi.
Unda soliq xodimlariga odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida videorolik namoyish etildi.

Korrupsiyasiz kelajak sari!
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tashkil etilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir Boysun tumani soliq inspeksiyasida bo‘lib o‘tdi.
Dastlab korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur illatga qarshi kurashish prinsiplari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, kasb etikasi va umumbelgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda davlat xizmatchisi degan sharafli nomga munosib bo‘lish kerakligi ta’kidlandi.
Soliq to‘lovchilar bilan bevosita muloqotda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ish yuritish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va hamkasblarning noqonuniy xatti-harakatlariga ham befarq bo‘lmaslik kerakligi tushuntirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda birdamlikning ahamiyati katta
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Muzrabot, Boysun va Angor tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralari to‘g‘risida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bevosita muloqotlarda xizmat vazifasini suiiste’mol qilmaslik, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jamoada do‘stona muhitni shakllantirishning muhim ahamiyati qayd etilib, belgilangan reja ijrosini ta’minlashda ham, korrupsiyaga qarshi kurashda ham o‘zaro birdamlik va jipslikning beqiyos o‘rni ta’kidlab o‘tildi.