#4_sektor
“Jayxun” mahallasidagi muammolar o‘rganilmoqda
4-sektor rahbari E.Narmanov va mutasaddilar tomonidan "Jayxun" mahallasidagi 4-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uylarda o‘tkazilgan xonadonbay o‘rganishlar davomida 2,47,49-ko‘p qavatli uylarda elektr toki kuchlanishining pastligi va elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Sektor rahbari sovuq ob-havo sharoitida birinchi navbatda aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab, shahar elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullariga qisqa fursatlarda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi.
👉 Telegram

Gazlashtirilmagan xonadonlar ko‘mir bilan ta’minlanmoqda
Termiz shahar 4-sektor rahbari S.Muxamadiyev tashabbusi bilan sektorga biriktirilgan mahallalardagi gazlashtirilmagan xonadonlarga ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda.
Bugun “Namuna” mahallasining Paxtakor va Sulton Saodat ko‘chalarida istiqomat qiluvchi 35 ta xonadon egalariga 4 tonna 260 kg hamda “Kokildor ota” mahallasidagi 27 ta xonadon egalariga 3 tonna 600 kg ko‘mir tarqatildi.

Sektor rahbarlari kommunal soha vakillari bilan birgalikda muammolarni hal etishmoqda
Barchamizga ma’lumki, ob-havoning keskin o‘zgarishi kommunal sohada qator muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari E.Narmanov hamda Termiz shahar 4-sektor rahbari S.Muxamadiyev sektor hududidagi xonadonlarda bo‘lib, mavjud muammolarni o‘rganishmoqda va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.
Jumladan, sektor rahbarlari Termiz shahri 4-kichik daha 15-uyda istiqomat qiluvchi A.Salimovning gaz bosimi pastligi to‘g‘risidagi murojaatini o‘rganish maqsadida fuqaroning xonadonida bo‘lishdi va Termiz shahar gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislarini jalb etgan holda gaz uskunalari bilan bog‘liq texnik nosozlikni bartaraf etishdi.
Surxondaryo viloyati DSB Matbuot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM