#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingi tadbirkorlar faoliyati rivojiga xizmat qilmoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tadbirkorlarga barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati va amaldagi mezonlar asosida baholash tartibini tushuntirish, reytingdagi darajasini oshirishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilayotgan navbatdagi manzilli targ‘ibotlar “Klass med farm” hamda “Imperia Termiz” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida o‘tkazildi.
“Klass med farm” MChJ vakillariga ayni damda barqarorlik reytingidagi darajasi “BBB” toifasida ekanligi, yana bir pog‘ona ko‘tarilsa yuqori toifadagi soliq imtiyozlaridan foydalanish mumkinligi tushuntirildi.
“Imperia Termiz” MChJ vakillariga reytingdagi darajasini ko‘tarish uchun birinchi navbatda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek tadbirkorlarga Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida barqarorlik reytingidagi o‘rnini onlayn rejimda kuzatish va faoliyatidagi xato va kamchiliklarni to‘g‘rilab borish imkoniyati mavjudligi eslatib o‘tildi.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 35 ta “AAA”, 48 ta “AA” hamda 83 ta “A” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.
👉 Telegram

Yuqori toifadagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
Termiz shahrida xususiy biznes vakillariga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Unda tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasining 467-sonli qarori bilan barqarorlik reytingidagi 6 ta mezonga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar va preferensiyalar yuridik shaxslarning reytingdagi toifasidan kelib chiqqan holda berilishi, jumladan tadbirkorlarning reyting darajasi pasayganda, imtiyozlar berish 3 oy davomida saqlanishi va ko‘tarilganda esa keyingi oydan boshlab yangilangan reyting darajasiga qarab berilishi tushuntirildi.

👍3
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
104 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega
🟩 9 417 nafar tadbirkorlik subyekti – yuqori reyting;
🟦 94 336 nafar tadbirkor subyekti - o'rta reytingga ega.
Reyting ko‘rsatkichini oshirish uchun:
✅36 mingta korxona ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tuzdi;
✅34 mingta korxona soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirdi;
✅66 mingta korxona soliqlarni o‘z vaqtida to‘ladi.
______
#рейтинг_устойчивости
Около 104 тысяч предпринимателей имеют высокий и средний рейтинг устойчивости
🟩 9 417 предпринимателей - с высоким рейтингом;
🟦 94 336 предпринимателей - со средним рейтингом.
Чтобы повысить свой рейтинг:
✅36 тысяч организаций заключили договоры аренды;
✅34 тысячи организаций своевременно представили налоговую отчетность;
✅66 тысяч организаций своевременно уплатили налоги.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

👍1
#barqarorlik_reytingi
Namunali soliq to‘lovchilar safi kengaymoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda ularning reyting ko‘rsatkichini oshirishga ko‘maklashish maqsadida Termiz shahridagi bir qancha ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida bo‘lishdi.
“Mebel savdo”, “Termiz invest mebel” hamda “SANATRIX” korxonalari mutasaddilari bilan bevosita muloqotda tadbirkorlarga yuqori ball olish imkonini beruvchi mezonlar, shuningdek, joylashgan joy o‘zgarishi, tadbirkorlik subyekti rahbarining qo‘nimsizligi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi kabi holatlar ballar kamayishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi hamda yuqori toifadagi ishbilarmonlarga berilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, tadbirkorlik subyektlari barqarorlik reytingining joriy etilishi soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish ko‘rsatkichi oshishi va namunali soliq to‘lovchilar safining kengayishiga xizmat qilmoqda.

👍4
#barqarorlik_reytingi
“AAA” toifadagi 28 ta tadbirkorlik subyektiga 30 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha QQS summasi 1 kunda qaytarib berildi
Surxondaryo viloyati soliq xodimlari dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashib, ularning barqarorlik reytingidagi darajasi to‘g‘risida suhbatlashdi.
Ayni paytda “CC” toifasida bo‘lgan “BILLUR PHARM LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan birgalikda ballar chegirilishiga sabab bo‘layotgan omillar ko‘rib chiqilib, elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish, tekshiruvdan oldingi tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish kerakligi tushuntirildi.
Barqarorlik reytingidagi darajasi yuqori toifaga ko‘tarilganda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi, QQS summasi o‘rnini qoplash 1 kun muddatda hech qanday tekshiruvlarsiz amalga oshirilishi, bugungi kunga qadar viloyatdagi “AAA” toifadagi 28 ta tadbirkorlik subyektiga 30 mlrd so‘mdan ziyod ortiqcha QQS summasi 1 kunda qaytarib berilganligi aytib o‘tildi.
🔗 Ma’lumot uchun, viloyatda dori vositalari va tibbiyot buyumlari ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari 1376 tani tashkil etadi.

#yashirin_iqtisodiyot
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda
AAA toifasidagi korxonalarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmayapti. Ortiqcha to‘langan (salbiy farq) QQS 1 kun muddatda qoplab (qaytarib) berilyapti.
2024-yil 20-avgust holatiga “AAA” toifadagi 317 ta tadbirkorlik subyektiga 513,8 mlrd so‘m QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lov 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz qaytarilgan.
2024-yil 22-oktabr holatiga “AAA” toifadagi 775 ta tadbirkorlik subyektiga 1 242,7 mlrd so‘m QQS bo‘yicha ortiqcha to‘lov 1 kun muddatda tekshiruvlarsiz qaytarilgan.
Hozirgi kunda huquqni suiisteʼmol qilish, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan soliq summasini qonunga xilof ravishda oshirish yoki to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari yuzasidan 100 ga yaqin korxonalarda jami 400 mlrd so‘m QQS summasini qoplab berilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Amalda Soliq kodeksiga asosan ortiqcha to‘langan soliqlar 15 kun ichida qaytariladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi (AAA, AA va A toifa) 355 ta tadbirkorlik subyektlarinining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 25,8 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlari 3 kun muddatda qaytarib berildi.

Quyi toifadagi tadbirkorlarning reytinglarini ko‘tarishga tushuntirishlar orqali yordam beriladi.
Lekin shu bilan birga, ayrim holatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilmagan yoki umuman xarid qilinmagan tovarlarga EHF rasmiylashtirib, QQSni sunʼiy hisobga olish (zachet) holatlari uchrab turibdi, - Soliq qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.
Hozirgi kunda huquqni suiisteʼmol qilish, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan soliq summasini qonunga xilof ravishda oshirish yoki to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi natijasida asossiz soliq nafi olinganlik holatlari yuzasidan 100 ga yaqin korxonalarda jami 400 mlrd so‘m QQS summasini qoplab berilishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Amalda Soliq kodeksiga asosan ortiqcha to‘langan soliqlar 15 kun ichida qaytariladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi (AAA, AA va A toifa) 355 ta tadbirkorlik subyektlarinining soliqlardan (QQS bundan mustasno) mavjud 25,8 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlari 3 kun muddatda qaytarib berildi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍3
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingi faqat soliqlarni oldindan to‘langanida ko‘tariladimi?
__________
#рейтинг_устойчивости
Рейтинг устойчивости повышается только, если уплачивать налоги заранее?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Barqarorlik reytingi faqat soliqlarni oldindan to‘langanida ko‘tariladimi?
__________
#рейтинг_устойчивости
Рейтинг устойчивости повышается только, если уплачивать налоги заранее?
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
🔥1
#barqarorlik_reytingi
Tadbirkorlarning reyting darajasi oshmoqda
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi 30 803 ta tadbirkorlik subyektining faoliyati barqarorlik reytingi mezonlari asosida baholanib borilmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari barqarorlik darajasi o‘rta, qoniqarli va quyi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib, reytingdagi toifasini ko‘tarish, yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni tuzatish yuzasidan tushuntirishlar bermoqda.
“BB” toifadagi “Lombard qulay kredit” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuvda bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lsa 5 ball chegirilishi hamda o‘tgan oyga nisbatan ishchi xodimlar soni 10 foizdan ortiq kamaygan hollarda, shuningdek elektron hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilmaganda ballar berilmasligi tushuntirildi.
“Mashhura-med servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan bevosita muloqotda hisoblangan soliq summasining soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilishi, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan tuzatishlar kiritilishi hamda soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining qo‘llanilganligi ballar chegirilishiga sabab bo‘lganligi qayd etildi.
Soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish yuzasidan tavsiyalar berilib, qo‘shimcha ball beruvchi imkoniyatlardan foydalanish kerakligi tushuntirildi.

Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi
Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.
Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.
Joriy yilning 4-noyabr holatiga:
🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta
O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.
🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta
🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
📍 Toshkent shahrida - 3,9 ming ta;
📍 Toshkent viloyatida - 1,1 ming ta;
📍 Samarqand viloyatida - 966 ta.
AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga ko‘paydi
Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida jami 550 ming ta tadbirkorlik subyekti baholangan.
Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 14 baravarga oshib, jami 10 ming dan oshdi.
Joriy yilning 4-noyabr holatiga:
🟢AAA - 1697 ta
🟢AA - 4101 ta
🟢A - 4946 ta
O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 2,8 baravarga oshib, 90 ming taga yetdi.
🔵ВВВ - 16 964 ta
🔵ВВ - 30 080 ta
🔵В - 42 866 ta
🔴Quyi rengtingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 228 ming taga yetdi.
Hududlar kesimida yuqori reytingga ega tadbirkorlar:
AAA reytingdagi tadbirkorlarning 837 tasiga 1, 3 trln so‘mlik QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#barqarorlik_reytingi
Yuqori toifadagi tadbirkorlar safi kengaymoqda
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi darajasini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, manzilli targ‘ibotlar o‘z samarasini bermoqda.
Bundan bir necha oy oldin o‘rta toifada bo‘lgan “Surxon qog‘oz qayta ishlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugun barqarorlik reytingida eng yuqori toifaga ko‘tarilib soliq imtiyozlaridan samarali foydalanmoqda.
– Tadbirkorlarning faoliyatlarini baholovchi barqarorlik reytingi joriy etilgan dastlabki oylarda bizning korxonamiz o‘rta “BB” toifasida edi, – deydi "Surxon qog‘oz qayta ishlash" MChJ rahbari Rustam Ne’matullayev. – Bizga biriktirilgan soliq inspektori doimiy tarzda qaysi mezonlar bo‘yicha yetarlicha ball olmaganimiz, umumiy ballni ko‘tarish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerakligini tushuntirib borardi. "AAA" toifasiga ko‘tarilishga harakat qildik va buni uddasidan chiqdik. Mana shu davrda soliq majburiyatlari bilan bog‘liq bilimlarimiz ham ortdi. Avvallari qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan salbiy farq summasini 1 oy muddatda, tekshiruvlardan so‘ng olgan bo‘lsak, "AAA" toifasiga ko‘tarilgandan keyin birgina oktabr oyining o‘zida umumiy qiymati 534 million so‘m bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ortiqcha to‘lovni hech qanday arizalarsiz, tekshiruvlarsiz, salbiy farq summasini hisobotda ko‘rsatish orqali 1 kun muddatda qaytarib oldik.

👍5