Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.2K subscribers
7.6K photos
2.36K videos
91 files
6.78K links
Download Telegram
#eksport #import

Xizmatlar eksporti va importi bo‘yicha dalolatnomalarni tizimga kiritishning muddatlari uzaytirildi

Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning eksport va importi bo‘yicha maʼlumotlar dalolatnoma tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirilmagan muddatda TSOYaEATga* kiritilishi belgilandi.
👉 VMQ-560-son 24.10.2023

Avval mazkur dalolatnomalarni kiritish uchun 1 kunlik muddat belgilangan edi.

Maʼlumot uchun: eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga BHMning 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJtK 171-modda

*Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi
__________
#экспорт #импорт

Продлены сроки введения в систему актов по экспорту и импорту услуг

 
Внесено изменение в Положение «О порядке осуществления контроля и осуществления внешнеторговых операций».

Согласно ему сведения об экспорте и импорте оказанных услуг должны быть внесены в ЕЭИСВО* не позднее 20 числа месяца, следующего за месяцем, в котором составлен акт.
👉ПКМ №560 от 24.10.2023 г.

Ранее был установлен однодневный срок для внесения данных актов.

К сведению: нарушение установленного порядка осуществления экспортно-импортных операций — влечет наложение штрафа на должностных лиц от 8 до 12-кратного размера БРВ.
👉 ст.171 Кодекса об административной ответственности

*Единая электронная информационная система внешнеторговых операций

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#tashqi_savdo #eksport #import

Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildi


Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi. Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi.

👉VMQ-551-son, 07.09.2024y.

Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar.

Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads