#antikorrupsiya
Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir
Qiziriq va Sherobod tumani soliq inspeksiyalarida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
▫️ aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
▫️ davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
▫️korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash masalalari to‘g‘risida so‘z bordi.
Shuningdek, sherobodlik tadbirkorlik subyektlarining soliq xodimlari bilan bog‘liq fikr-mulohazalari tinglanib, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi salbiy holatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
👉 Telegram

👍2
#antikorrupsiya
Jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan illat!
Uzun hamda Sariosiyo tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.
Unda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Soliq xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan soliq to‘lovchilarning har bir murojaatlari to‘laqonli o‘rganilib, tasdiqlangan holatlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanilishi eslatib o‘tildi.

👍4
#antikorrupsiya
Korrupsiyasiz kelajak sari!
Korrupsiyaga qarshi kurashishda ogohlik, birdamlik va jamoatchilik nazoratining ahamiyati katta.
Ayni maqsadda viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib, soliq xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi xodimlari bilan bevosita muloqotda ham ish faoliyati bilan bog‘liq huquq va majburiyatlar yana bir bor eslatilib, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq yurish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirildi.
Tadbirkorlik subyektlari bilan manzilli uchrashuvlarda esa korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikning ahamiyati qayd etilib, soliq xodimlari bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda murojaat qilish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Hududlar bo‘ylab profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorligida Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan uchrashuv korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.
Unda har bir soliq xodimi o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishi, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yaqindan ko‘maklashishi, kasb etikasi, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi lozimligi hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Xususiy sektor vakillari bilan profilaktik suhbatlarda soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz to‘sqinlik qilish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.
Tarqatma materiallar asosida @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi hamda Soliq qo‘mitasining 71-244-98-98 va Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining 76-228-03-49 raqamli Ishonch telefon raqamlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Soliq xodimlari bilan bevosita muloqot
Denov tumani soliq inspeksiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda soliq xodimlarining huquq va majburiyatlari, korrupsion huquqbuzarliklarning turlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida so‘z bordi.
Shaxsiy tarkibga poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq yurish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat sirlarini oshkor etmaslik kerakligi eslatib o‘tildi.

👍3
#antikorrupsiya
Korrupsiyaga qarshi kurashda birdamlikning ahamiyati katta
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan Boysun hamda Sariosiyo tumani soliq inspeksiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralari to‘g‘risida profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bevosita muloqotlarda xizmat vazifasini suiiste’mol qilmaslik, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish, odob-axloq va ichki mehnat tartib qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Jamoada do‘stona muhitni shakllantirishning muhim ahamiyati qayd etilib, belgilangan reja ijrosini ta’minlashda ham, korrupsiyaga qarshi kurashda ham o‘zaro birdamlik va jipslikning beqiyos o‘rni ta’kidlab o‘tildi.

Korrupsiyaning oldini olish dolzarb vazifa
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Viloyat soliq boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida o‘tgan uchrashuvda ayni shu haqda so‘z bordi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda har bir davlat xizmatchisi berilgan vazifaga mas’uliyat bilan yondashishi, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi keragligi tushuntirildi.
Termiz shahridagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida o‘tkazilgan manzilli uchrashuvlarda esa xususiy biznes vakillariga soliq xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari tushuntirilib, maxsus flayer va broshyuralar tarqatildi.

Muzrabot va Denov tumanlarida korrupsiyaning olidini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tashkil etilayotgan navbatdagi profilaktik tadbir Muzrabot va Denov tuman soliq inspeksiyalarida bo‘lib o‘tdi.
Unda soliq xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur illatga qarshi kurashish prinsiplari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Yaratilayotgan shart-sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, kasb etikasi va umumbelgilangan odob-axloq qoidalariga rioya etish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mazkur tumanlardagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, soliq xodimlari bilan bog‘liq poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi holatlarga duch kelganda murojaat qilish lozim bo‘lgan “Ishonch telefon” raqamlari, maxsus bot va elektron pochta manzillari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq!
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini poymol qiluvchi illatdir. Moddiy naf yo‘lida o‘z mansab va vakolatini suiiste’mol qilish, qarindoshlik, tanish-bilishchilik rishtalarini xizmat vazifasidan ustun qo‘yish mazkur illatning keng tomir yoyishiga sabab bo‘ladi. Sariosiyo tumani soliq inspeksiyasida “Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda ayni shu haqda so‘z bordi.
Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo’limi tomonidan tashkil etilgan profilaktik uchrashuvda soliq xodimlariga xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish lozimligi tushuntirildi.
Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarda esa soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish, huquq va qonuniy manfaatlarini cheklash kabi holatlarga duch kelganda murojaat qilish tartiblari tushuntirilib, maxsus buklet va flayerlar tarqatildi.

👍1
#antikorrupsiya
Korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaydi
Soliq tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasidagi tizimli ishlar doirasida Uzun tumani soliq inspeksiyasida Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda soliq xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishi, aniqlanishi va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashda har bir xodimning halollik mezonlariga amal qilishi, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatning shakllanishi muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek tumandagi xususiy sektor vakillari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, soliq xodimlari tomonidan faoliyatlariga asossiz to‘sqinlik qilish, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi noqonuniy xatti-harakatlar kuzatilganda murojaat qilish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.