#seminar
Sherobod va Angor tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirlarda joriy yilgi soliq stavkalari, soliq imtiyozlarini qo‘llash tartiblari, kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibidagi o‘zgarishlar, 2024-yil 1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinishi kabi o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, soliq xodimlari korxona va savdo nuqtalariga borgan holda tadbirkorlarni soliq qonunchiligidagi yangilik va o‘zgarishlardan xabardor qilib, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faolyatlari bilan bog‘liq ayrim muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashishdi.
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
👉 Telegram Facebook

Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Ertaga, 19-yanvar kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining yangi binosida "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari"ga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.
Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.
📍Manzil: Taraqqiyot ko‘chasi 9-uy.
🕙 Boshlanish vaqti - 11:00
Barcha tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillarini ushbu seminarga taklif etamiz.
👉 Telegram

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari va keng jamoatchilik vakillariga yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.
🔗 Batafsil

Hududiy seminarlar davom etmoqda
2024-yildan e’tiboran soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarni tadbirkorlik subyektlari va soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida o‘tkazilayotgan navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Muzrabot, Bandixon va Qiziriq tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirokchilarga joriy yilgi soliq stavkalari, foyda, QQS va aksiz solig‘i bilan bog‘liq o‘zgarishlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Soliq mutaxassislari savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida ham bo‘lib, tadbirkorlarga soliq solish tartibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berishdi.

Ertaga, 2-fevral kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari" hamda "Tabirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari" to‘g‘risida navbatdagi hududiy seminarlar o‘tkaziladi.
📍Manzil: Denov tuman soliq inspeksiyasi
🕙 Boshlanish vaqti - 10:00
📍Manzil: Oltinsoy tuman soliq inspeksiyasi
🕙 Boshlanish vaqti - 15:00
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
👉 Telegram
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Ertaga, 2-fevral kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida "Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari" hamda "Tabirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari" to‘g‘risida navbatdagi hududiy seminarlar o‘tkaziladi.
📍Manzil: Denov tuman soliq inspeksiyasi
🕙 Boshlanish vaqti - 10:00
📍Manzil: Oltinsoy tuman soliq inspeksiyasi
🕙 Boshlanish vaqti - 15:00
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
👉 Telegram
#seminar
Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
2024-yildan e’tiboran soliq solish tartibiga kiritilgan o‘zgartishlar, joriy yilgi soliq stavkalari, muddati tugayotgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq imtiyozlarining mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida Denov hamda Oltinsoy tuman soliq inspeksiyalarida viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida seminarlar o‘tkazildi.
Bevosita muloqotlar davomida soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlanganidek, reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undashdir. Reyting bo‘yicha 23 ta mezon belgilangan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlar asosida baholab boriladi.
Seminar davomida yuqori reytingga ega tadbirkorlarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi soliq imtiyozlari va qo‘shimcha preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, soliq mutaxassislari savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida ham bo‘lib, tadbirkorlarni soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar bilan tanishtirishdi.

Tadbirkorlar faoliyati baholab boriladi
Sho‘rchi hamda Denov tuman hokimliklarida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Respublika ishchi guruhi a’zolari, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot va idoralar xodimlari, xususan viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan bevosita muloqotlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik va kasanachilik, oilaviy tadbirkorlikning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z bordi.
O‘quv-seminarlar davomida soliq qonunchiligiga oid yangiliklar hamda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirkorlarga faoliyatlarini baholash mezonlari, qanday hollarda ballar kamaytirilishi va qanday mezonlarga asosan qo‘shimcha ball berilishi atroflicha tushuntirildi.

Tadbirkorlik rivoji yo‘lida
Respublika ishchi guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilot va idoralar hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilayotgan navbatdagi o‘quv-amaliy seminar Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
Seminarda qonunchilikka ko‘ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga berilayotgan imkoniyat va yengilliklar, xususan soliq imtiyozlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning tadbirkorlik faoliyatini baholash mezonlari bilan bog‘liq ko‘plab savollari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
– Ayrim tadbirkorlarimiz, barqarorlik reytingining joriy etilishidan noo‘rin xavotirga tushishayapti. Agar quyi reytingda bo‘lsam, qandaydir jazo choralari qo‘llanilishi mumkin degan fikrlari bor, - deydi viloyat soliq boshqarmasi mutaxassisi Shoxrux Hazratov. – Barqarorlik reytingini joriy etishdan maqsad tadbirkorlik subyektlarini soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga undash va yuqori natijalarga erishayotgan ishbilarmonlarni rag‘batlantirib borishdir. Quyi reytingdagi tadbirkorlarga hech qanday jazo choralari qo‘llanilmaydi. Aksincha ular reyting natijalarini kuzatib borish asosida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
Ertaga, 14-fevral kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" mavzusida navbatdagi seminar o‘tkaziladi.
Barcha tadbirkorlarni ushbu seminarga taklif etamiz!
🕙 Boshlanish vaqti - 10:00
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda tadbirkorlarga barqarorlik reytingini joriy etishdan ko‘zlangan maqsad, baholash mezonlari: umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
– Barqarorlik reytingi haqida tadbirkorlarimizga kengroq ma’lumot berish maqsadida, dastlab viloyatimizdagi 25 652 nafar tadbirkorlarning shaxsiy kabinetlariga tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi to‘g‘risidagi normativ huquqiy hujjatlar, baholash mezonlari to‘g‘risidagi o‘quv qo‘llanmalar ilova qilingan holda xabarnomalar yuborildi, - deydi viloyat soliq boshqarmasi Soliq solish bo‘yicha maslahat shoʻbasi boshlig‘i S.Rahmonqulov. – Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarda ham reytingni baholash metodikasi to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berayapmiz.
Seminar davomida tadbirkorlarga qanday qilib, yuqori ko‘rsatkichga erishish mumkinligi, hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanishi, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida topshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish davomiyligi, xodimlarga to‘lanayotgan ish haqi miqdorlari kabi mezonlarning ahamiyati batafsil tushuntirib o‘tildi.

Taksi agregatorlari faoliyati to‘g‘risida seminar bo‘lib o‘tdi
Soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan yo‘lovchi tashish xizmati, xususan taksi agregatorlari faoliyati yuzasidan onlayn seminar o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyatidagi “Denov tezkor taksi”, “Bek taksi”, “Krikland Farg‘ona Termiz” hamda “Lider taksi Surxondaryo” agregatorlari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq mijozlarni izlash bo‘yicha maxsus dasturlarni Soliq qo‘mitasining elektron axborot bazasiga integratsiyalash lozimligi, integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmati uchun to‘lovlarga elektron fiskal chek shakllanayotganligi qayd etildi.
Shuningdek, onlayn taksi-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatayotgan fuqarolar “Soliq” mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va yo‘lovchi tashishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziyaga ega bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning o‘tgan vaqti davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 4637 nafar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3738 taga yoki 515,8 % ga ko‘pdir.

Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi. Unda soliq qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklar, xususan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z bordi.
Qarorga ko‘ra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi joriy etilmoqda.
Endilikda Soliq qo‘mitasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga bir qancha ma’lumotlar taqdim etib boriladi.
Xususan, “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi o‘lchov birligi, narxi) ma’lumotlari, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga esa budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar, shuningdek loyiha va pudrat tashkilotlarining JShODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi ma’lumotlari joylab boriladi.
Seminar davomida tadbirkorlarga ochiq va shaffof biznesni yo‘lga qo‘yish, ishchi-xodimlar sonini yashirmaslik, barqarorlik reytingida yuqori natijalarga erishib, berilayotgan imtiyozlardan unumli foydalanish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning tadbirkorlar faoliyatini baholab boruvchi mezonlar haqidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

Viloyat kasaba uyushmalari Kengashida soliq qonunchiligiga oid yangiliklar yuzasidan seminar o‘tkazildi
Viloyat kasaba uyushmalari Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va soliq qonunchiligiga oid boshqa yangiliklar yuzasidan tizim xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Hududiy kasaba uyushma tashkilotlari, turli tarmoq korxona, tashkilot va muassasalarining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari hamda faollari ishtirok etgan tadbirda Soliq kodeksining 127-moddasi “Adliya organlarida hisobga qo‘yilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami ularning ixtiyoriga ko‘ra beriladi” – degan mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilganligi tushuntirildi.
Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#raqamlashtirish #seminar_trening
Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi
Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.
Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.
Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Tadbirkorlar uchun navbatdagi soliq imtiyozlari
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida umumiy ovqatlanish hamda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida soliq qonunchiligiga oid so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
2024-yilning 1-oktabridan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi qaytarilishi, bunda turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlar barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etishi kerakligi qayd etildi.
2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi miqdoriga qarab to‘langan QQSning 40 yoki 20 foizi qaytarilishi tushuntirildi.
Ma’lumot uchun Surxondaryo viloyatida 686 ta umumiy ovqatlanish, 79 ta mehmonxona va 61 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.
Seminarda shuningdek soliq qonunchiligiga oid so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimachalar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.