Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.46K photos
2.33K videos
91 files
6.69K links
Download Telegram
#umumiy_ovqatlanish

Umumiy ovqatlanish korxonalari qanday soliqlarni to'laydi va ular qanday imtiyozlarga ega?

Umumiy ovqatlanish korxonalari Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni jami daromadidan kelib chiqib, shuningdek korxonaning o'z tanloviga ko‘ra to'laydi. Bularga quyidagilar kiradi:
▫️ qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i (YTTlar uchun);
▫️AOS (jami daromadi 1 mlrd so'mgacha);
▫️QQS va foyda solig‘i (jami daromadi 1 mlrd so'mdan ortiq).


Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali AOS to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega. Bunda yuridik shaxslar ixtiyoriy ravishda AOS to‘lashni rad etish va QQS hamda foyda solig‘ini to‘lashni tanlashga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda

Agar soliq davridagi jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmasa, korxona AOSni 4 % stavkada yoki qat'iy belgilangan summadagi AOS to'lash huquqiga ega.
👉 2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi

❗️2023-yil uchun AOS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 15-fevral.

Agar korxonaning soliq davridagi jami daromadi belgilangan miqdor – 1 mlrd so‘mdan oshsa, QQS (12 %) va foyda solig‘i (12 %) to‘lashga o‘tadi.

❗️Yanvar uchun QQS bo‘yicha hisobotlarni topshirishning oxirgi muddati – 20-fevral.

Agar soliq to'lovchining soliq solish obyekti mavjud bo'lsa jami daromadi miqdoridan qat'i nazar, quyidagi soliqlarni to'laydi:
▫️yuridik shaxslar mol-mulk solig'i,
▫️yuridik shaxslar yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.


Shuningdek, alkogol mahsulotlarni (chakana va quyib sotish) realizatsiya qilishda, agar ular tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lsa, umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘laydi.
👉 2024-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari

Umumiy ovqatlanish korxonalariga quyidagi soliq imtiyozlari qo'llaniladi:

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari ijtimoiy soliqni 1 % stavkada to‘laydi;
👉1% ijtimoiy soliq stavkasi hisobotda qanday qo'llaniladi?

🔹2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari —:
▪️AOSni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha;
▪️yuridik shaxslar mol-mulk yer soliqlarini ushbu hududlarda joylashgan obyektlar, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan hisoblangan summaning 1 % miqdorida to‘laydi.
👉 Soliq kodeksi 483-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#reytingni_baholash_metodikasi
#umumiy_kursatkich

Tadbirkorlar faoliyatini baholashda soliqlarni o‘z vaqtida to‘lanishi muhim ahamiyatga ega

🗓 Hisoblangan soliqlarning belgilangan muddatlarda to‘lanish ko‘rsatkichi hisoblangan soliq summalarining belgilangan muddatda to‘langanligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

belgilangan muddatda to‘langanda – 10 ball beriladi;
kechiktirib to‘langanda yoki to‘lanmaganda – ball berilmaydi.

📌 Bunda har oyda to‘lov muddati kelgan hisoblangan soliq summasi inobatga olinadi.

🧮 Shuningdek, hisoblangan soliq summasi to‘lov topshiriqnomasi orqali to‘langanligi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi asosida undirilganligidan kelib chiqib, quyidagicha baholanadi:

to‘lov topshiriqnomasi bilan to‘langan bo‘lsa – 10 ball beriladi;
soliq organining inkasso topshiriqnomasi orqali undirilgan bo‘lsa – 5 ball chegiriladi.

👉 Telegram
#barqarorlik_reytingi

Birozdan so’ng Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish hamda uni aniqlash mezonlari bilan tanishtirish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxona vakillari ishtirokida navbatdagi seminar bo’lib o’tadi.

📡 Jonli efir
_______
#рейтинг_устойчивости

Скоро начнется очередной семинар для предпринимателей, занятых в сфере торговли и общественного питания, с целью ознакомления их с сутью и значением Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства, а также с критериями определения рейтинга.

📡 Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

👉Telegram facebook youtube instagram
#umumiy_ovqatlanish

Respublika bo‘yicha jami 20 329 ta yuridik shaxs umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib bormoqda. 2023-yilda ularning tovar aylanmasi 8,4 trln so‘mni, shuningdek ular tomonidan to‘langan soliqlar 348 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Savdo sohasida 143,5 mingta yuridik shaxs faoliyati yuritmoqda. Ushbu korxonalarning o‘tgan yildagi tovar aylanmasi 20,1 trln so‘mdan oshgan, ular tomonidan to‘langan soliqlar esa 449,4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
________
#общепит

По республике 20 329 юридических лиц осуществляют деятельность в сфере общественного питания. В 2023 году их товарооборот составил 8,4 трлн сумов, а сумма уплаченных ими налогов - 348 млрд сумов.

В сфере торговли
осуществляют деятельность 143,5 тысячи юридических лиц. В прошлом году товарооборот у них превысил 20,1 трлн сумов, а сумма уплаченных налогов составила 449,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!


Ertaga, 14-fevral kuni Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi" mavzusida navbatdagi seminar o‘tkaziladi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu seminarga taklif etamiz!

🕙 Boshlanish vaqti - 10:00
📍 Manzil: Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

👉 Telegram
Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazina

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazina” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda TerDU O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sirojiddin Turdimurodov ikki buyuk ajdodimizning hayoti va ijodi, boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdi.
Ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Ikki ulug‘ siymoning she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalar, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlari butun jozibasi va latofati bilan namoyon bo‘lgan. Shuningdek ularning buyuk davlat arbobi sifatida yurt obodligi, xalq farovonligi, ilm-fan, madaniyat va san’at rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos.
Buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganmoq va ularga munosib izdosh bo‘lmoq barchamizning burchimizdir.

👉 Telegram
#foyda_soligi

Foyda soligʻi hisobotini taqdim etganlar kiritilgan oʻzgartirishlar bo‘yicha qayta hisobot topshirmaydi

Foyda soligʻi hisobotiga oʻzgartirishlar kiritildi – paket kodi – 10205_43

Tovarlar (xizmatlar) tannarxi aniqlash boʻyicha 2.1(a) va 2.1(b)-ilovalarga quyidagi satrlar qoʻshildi.

021-satr – jami xarajatlarning xizmat koʻrsatish faoliyati uchun amalga oshirilgan qismi ushbu satrda aks etadi.

031-satr – ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat koʻrsatish uchun amalga oshirilgan jami xarajatlar boʻyicha tuzatishlar aks ettiriladi.

Ushbu satrga tuzatishlar quyidagi holatlarda kiritiladi:

– ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan chiqindilar tovar moddiy zaxiralar tarkibiga qaytarilganda;
– hayvonlarni oʻstirish va boʻrdoqiga boqish boʻyicha joriy xarajatlar hayvonlar tannarxiga (oʻsish va ortgan vazn) kiritilganda;
– oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar operatsiyalararo omborlarga kirim qilinganda;
– asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan toʻgʻirlanmaydigan yaroqsiz mahsulot (yoʻqotish)lar hisobdan chiqarilganda;
– asosiy ishlab chiqarishda moddiy qiymatliklarning kamomadi aniqlanganda;
– tabiiy ofatlar, yongʻin va shu kabilar natijasida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar hisobdan chiqarilganda;

Yuqoridagi tuzatishlar hisobiga yil davomida amalga oshirilgan jami xarajatlar (030-satrdan) avtomatik kamayadi.

07011 - 07021-satrlar – joriy davrda sotish uchun kirim qilingan tayyor mahsulot va tovarlar qiymatiga kiritiladigan tuzatishlar aks ettiriladi.
Mazkur satrlar quyidagi holatlarda toʻldiriladi:
- inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulot va tovarlar kirim qilinganda;
- tayyor mahsulot va tovarlar ajratilgan boʻlinmalardan kelib tushganda;
- ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushgan tovarlar kirim qilinganda;
- oʻtgan yil realizatsiya qilingan tayyor mahsulot va tovarlar xaridor va buyurtmachi tomonidan qaytarilganda
.

07012 - 07022-satrlar – joriy davrda sotish uchun chiqim qilingan tayyor mahsulot va tovarlar qiymatiga kiritiladigan tuzatishlar aks ettiriladi.
Mazkur satrlar quyidagi holatlarda toʻldiriladi:
- tayyor mahsulot va tovarlar yoʻqolishi va buzilishidan kamomadlar aniqlanganda;
- ichki ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlar ishlatilganda, tayyor mahsulotlar sexlarga qayta ishlovga berish va boshqalar uchun qaytarilganda;
- tayyor mahsulot va tovarlar tekinga berilganda
;
- tayyor mahsulot va tovarlar boshqa holatlar boʻyicha chiqib ketganda.

0903-satr – oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, xom ashyo va materiallar sotilganganda ularinng tannarxi aks ettiriladi.
Mazkur satr faqatgina oʻz mahsulotini yarim tayyor holatda yoki xom ashyo va material holatida realizatsiya qilinganda toʻldiriladi.

📖 Soliq to‘lovchilar shaxsiy kabineti "Foyda solig‘i hisob-kitobi" bo‘limida ushbu soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha yangilangan qo‘llanma joylashtirilgan.

Muhim❗️Bungacha amal qilgan paket kodlari (10205_41 / 10205_42) bo‘yicha taqdim etilgan hisobotlarni qayta topshirish talab etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soʼrovnoma

Hurmatli tadbirkorlar!


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlari bo‘yicha jamoatchilik fikr-mulohazalarini va takliflarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o’tkazilmoqda.

So‘rovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqiladi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola: https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6
_____________
#опрос

Уважаемые предприниматели!


С целью выявления общественного мнения в отношении критериев Рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства проводится опрос.

По результатам опроса будут разработаны предложения.

Пройдите опрос по ссылке https://forms.gle/nSMHEUMpP4XjTQSa6

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads