Sevara Urinbayeva
2.13K subscribers
9.99K photos
1.22K videos
23 files
4.53K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#TashkentLawSpring2023

"Toshkent huquq bahori" (“Tashkent Law Spring”) an'anaviy forumida ishtirok etmoqchi bo'lganlar diqqatiga!

Uchinchi marta o'tkazilayotgan xalqaro yuridik forumi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.

❗️Forum davlat byudjetidan bir so'm ham olinmagan holda, faqat o‘zini-o‘zi qoplash hisobiga o‘tkaziladi.

Barcha tashkiliy xarajatlar Forumning rasmiy hamkorlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish toʻlovlari hisobidan qoplanadi.

Har bir xorijiy ishtirokchi uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi miqdori 500 AQSh dollari, har bir milliy ishtirokchi uchun — 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Forum doirasida ishtirokchilar turli mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga ega bo‘ladilar. Shuningdek, huquq olaminig xalqaro miqyosda etirof etilgan etuk ekspertlari ma'ruzalarini tinglash hamda ular bilan onlayn va oflayn muloqot qilish imkoniyati ham mavjud bo'ladi.

O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, forum geografiyasi 40 dan ortiq davlatni birlashtiradi.

Ishtirokchilarning to‘lovlari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
🔹ishtirokchining xohishiga ko‘ra yalpi majlis, muhokama sessiyalari va mahorat darslarida qatnashish;
🔹Forumning ikki kuni davomida kofe-breyklar, tushlik, kechki ovqatlar, shu jumladan yakuniy gala-kechki ovqat.

Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak:
https://reg.tashkentlawspring.uz/

@adliyangiliklari
3👍2🔥2
#TashkentLawSpring2023

Bir haftadan so‘ng “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start beriladi

17–18-may kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston Adliya vazirligi boshchiligida ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.

Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.

Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
🔹 "Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha";
🔹"Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar";
🔹 "Yuridik sohada raqamli texnologiyalar";
🔹"Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar";
🔹"Korrupsiyaga qarshi siyosat";
🔹"Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida";
🔹"Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar";
🔹"Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari".

@adliyangiliklari
🔥31👍1
#TashkentLawSpring2023

Эртага "Tashkent Law Spring" — "Тошкент ҳуқуқ баҳори" халқаро форуми бошланади.

📆 17—18 май кунлари пойтахтимизда...

Форумнинг асосий мавзуси: “Фундаментал ҳуқуқлар — барҳаёт қадриятлар”

III Халқаро юридик форумда Буюк Британия, Германия, Россия, Туркия, Швеция, Япония ва бошқа давлатларнинг қонунчилик ва суд-ҳуқуқ соҳасидаги етакчи экспертлари иштирок этади.

Дастур доирасида ялпи мажлислар, давра суҳбатлари, маҳорат дарслари ва онлайн тақдимотлар ўтказилади!

20дан зиёд мамлакат, 600дан ортиқ иштирокчи, 132 маъруза, 16 муҳокама сессияси!

Унда ҳуқуқий соҳа ривожлантиришнинг энг долзарб масалалари бўйича хорижий экспертларнинг чиқишларини кузатишингиз мумкин.

Форумга рўйхатга олиш эртага соат 8-00 дан 10-00 гача давом этади.

Форум дастури билан танишиш учун👉 https://tashkentlawspring.uz/site/agenda

Форум спикерлари билан танишиш учун👉
https://www.tashkentlawspring.uz/speaker/index#

Форумни эртага www.tashkentlawspring.uz сайти орқали онлайн кузатиб боришингиз мумкин.
👍5
#Adliya_live
#TashkentLawSpring2023

🔊Ayini damda "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi boʻlib oʻtmoqda.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

III Xalqaro yuridik forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etishmoqda.

Forum translyatsiyasini Adliya vazirligining YouTube va Fasebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📹Onlayn translyatsiya
👍7🔥1
#TashkentLawSpring2023

"Tashkent Law Spring" III Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom etmoqda.

Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.

📹 Forumni onlayn kuzatib borishingiz mumkin:
👉“Yuridik sohada raqamli texnologiyalar” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha” mavzusida navbatdagi sessiya
👉“Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar” mavzusida navbatdagi sessiya

@adliyangiliklari
👍4🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Adliya vaziri Akbar Toshqulov xalqaro forumda fundamental huquqlar himoyasi haqida gapirdi:

— Barcha odamlarning qonun oldida tengligi va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqi amalda ta'minlanishi kerak. Mana shu masalalarni hal qilish O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar asosiy mag‘zini tashkil etadi.

Biz yuristlar bilamizki, davlatlarning siyosiy va huquqiy tizimlari turlicha bo‘lganligi sababli fundamental huquqlarni talqin qilish yoki ularga amal qilishda farqlar bor. Bu farq yaxshi yoki yomon tarafga bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday jamiyatda ham progressiv fikrlovchi, fundamental huquqlarning fidoyi himoyachilari ham bor-ki, ular vaziyatni yaxshi tomonga burishga doim harakat qilishadi. Men bunday rolda yuristlar ko‘proq bo‘lishini istardim. Chunki, biz yuristlar muammoni kundalik ish jarayonida doim ko‘ramiz va ularning yechimini ham bilamiz.

Shunday ekan forum davomida huquqning mana shunday fundamental masalalarini professional va chuqur yondashuvlar asosida muhokama qilishga chaqiramiz.

Bugun butun progressiv jamiyatlar insonning fundamental huquqlarni har qachongidan yuqori darajaga ko‘tarishga intilmoqda. Bu fundamental huquqlari har bir shaxsning qadr-qimmati va tengligiga asoslanadi.

Ulardan inson huquqlarining asosiy qadriyatlari – shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar kelib chiqadi. Ushbu fundamental huquqlar Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlangan bo‘lib, hamma joyda bir xil himoya qilinishi shart.

@adliyangiliklari
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi, 7 trln so‘m asossiz saarflanishining oldi olindi, lekin bu kifoya emas

Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan "Tashkent Law Spring" xalqaro huquqiy forumda muhokama qilinayotgan masalalar qatorida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta'sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish mavzusida adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov nutq so‘zladi.

Nutqdan muhim raqamlar:
2022-yilda 144 ta qonunchilik hujjati loyihasining ta'siri baholanib, ulardan 150 dan ortiq talab, majburiyat va cheklov o‘rnatuvchi norma chiqarib tashlandi. Natijada aholi va biznes uchun 7 trln so‘mdan ortiq asossiz xarajatlarning oldi olindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, 2026-yilga qadar 21 mingdan ortiq hujjatni ekspertizadan o‘tkazish belgilandi.

Dastlabki yilda 1800 dan ortiq hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, ularning 12 foizida 300 dan ziyod korrupsiyaviy omillar aniqlandi hamda bartaraf etish bo‘yicha tegishli qonunchilik hujjati loyihalari ishlab chiqildi.

“Tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali qonunchilik bazasini ixchamlashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida bugungi kunga qadar 3 mingdan ortiq Prezident va hukumat hujjati bekor qilinib, milliy qonunchiligimiz deyarli 10 foizga qisqartirildi.

@adliyangiliklari
👍4😁1
#TashkentLawSpring2023

Форум сессиялари: Юридик соҳада рақамли технологияларни қўллаш

Хабар берилганидек, жорий йилнинг 17 май куни, Тошкентда минтақа ҳуқуқ тизимидаги муҳим воқеалардан бири бўлмиш “Tashkent Law Spring” III Халқаро юридик форумининг дастлабки сессиялари бошланди.

Форумда низоларни ҳал этишда медиация ва арбитраж институти ўрни, норма ижодкорлигида сифатни ошириш орқали қонун устуворлигини таъминлаш, юридик соҳада рақамли технологияларни қўллаш, қоррупцияга қарши сиёсат, интеллектуал мулк экотизими сингари долзарб масалаларда хорижий ва миллий экспертлар томонидан маърузалар қилинди.

Шу жумладан, “Юридик соҳада рақамли технологияларни қўллаш” мавзусидаги сессияда ўндан ортиқ хорижий ва миллий мутахассислар бугунги ҳуқуқ тизимида мутлақо янги йўналиш – ҳуқуқ соҳасида сунъий интеллект ва блокчейн технологиясини жорий этиш борасида ўз фикр ва мулоҳазаларини билдириб ўтишди.

Хусусан, Халқаро хусусий ҳуқуқ бўйича Гаага конференциясининг ахборот маркази директори ўринбосари Екатерина Абросимова ўз нуқтида сунъий интеллектдан фойдаланиш билан боғлиқ муносабатларда фуқаролик-ҳуқуқий жавобгарлик аспектлари бўйича жаҳондаги янги тенденциялар тўғрисида маълумот бериб ўтди.

Одил судлов ислоҳоти бўйича халқаро эксперт Ҳелен Берроуз суд тизимида рақамли транформацияга тўхталиб, онлайн форматда судловни амалга ошириш, одил судловни амалга оширишда рақамли технологияларни қўллаш билан боғлиқ афзаллик ва нозик жиҳатларни муҳокама қилди.

Шунингдек, Қозоғистондаги етакчи таҳлил марказларидан бири бўлган Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот маркази (LPRC) эксперти Дмитрий Нурумов жиноий судловни амалга ошириш борасидаги муваффақатли амалиётлардан мисоллар келтирди.

Форум анъанавий тарзда халқаро ташкилот ва экспертлар билан халқаро ҳуқуқий ҳамкорликни йўлга қўйиш ва мустаҳкамлаш учун платформа вазифасини ўтайди. Ўз навбатида, форумнинг хорижий иштирокчилари Ўзбекистонда амалга оширилаётган ҳуқуқий ислоҳотлар ҳақида холис маълумот олиш имкониятига эга бўладилар.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
— Norma ijodkorligida “aqlli tartibga solish” modeli keng joriy etiladi. Bunda barcha hujjatlarning ta'siri baholanadi. Har yili hujjatning samaradorligini o‘rganish, ijrosini ta'minlash hamda baholash uchun statistik ma'lumotlarni yig‘ish maqsadida monitoring o‘tkaziladi.

@adliyangiliklari
👍4
#TashkentLawSpring2023

Сўз — форум иштирокчиларига

Петра ГОРЮП,
«Минтақавий Мулоқот» нодавлат нотижорат ташкилотининг (Словения) Ўзбекистондаги филиали раҳбари:

— «Tashkent Law Spring» халқаро юридик форумини ташкил этишда Ўзбекистон Адлия вазирлиги билан бевосита ҳамкорлик қилиб келяпмиз.

Мазкур форумда халқаро нодавлат нотижорат ташкилотлар учун шарт-шароитлар яратишга бағишланган сессияда маърузачи сифатида иштирок этяпман.

Форум соҳада ўзаро ҳамкорликни мустаҳкамлаш учун муҳим платформа ҳисобланади. Яъни чет эллик экспертлар, мутахассислар ва бошқа ташкилотлар билан биргаликда ҳуқуқнинг долзарб мавзуларини муҳокама қиляпмиз, соҳага оид муаммоларга ечим топишга ҳаракат қиляпмиз. Бу эса, албатта, ўз самарасини беради.
---------------------------------------------------------------------
Дмитрий КАЙСИН,

«RGD International Central Asia» компанияси ҳамкори, халқаро эксперт:

— Юридик муаммолар барча давлатларда кузатилиши мумкин. Бу табиий ҳол. Мазкур форумни ўтказишдан асосий мақсад ҳуқуқ соҳасидаги долзарб мавзулар, ҳуқуқ устуворлигини таъминлаш, ҳуқуқ соҳасига рақамлаштириш жараёнини киритиш ва қатор интеллектуал мулк соҳаси билан боғлиқ масалаларни ҳал этишдан иборат. Ушбу мақсадларга эришиляпти, десам, муболаға бўлмайди.

Қолаверса, форум орқали соҳадаги муаммоларга ечим изланди. Шунингдек, анжуман сўнгги йиллардаги ислоҳотларни назарий ва амалий жиҳатдан муҳокама қилиш имконини ҳам яратиб бермоқда.

Ўзбекистонда амалга оширилаётган ислоҳотлардан асосийларидан бири, бу — янги таҳрирдаги Конституция қабул қилингани ҳамда унда ҳар бир ўзгаришга айнан фундаментал ҳуқуқлар ўз асосини топганлигидир.
👍3
#TashkentLawSpring2023

Форум сессиялари: “Сифатли норма ижодкорлиги орқали қонун устуворлигига қадар”

Бўлиб ўтаётган “Tashkent Law Spring” III халқаро юридик форумининг “Сифатли норма ижодкорлиги орқали қонун устуворлигига қадар” мавзусидаги сессияси ҳам ташкил этилди.

Сессия давомида адлия вазири ўринбосари А. Каримов норма ижодкорлиги жараёнида юртимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар, шу жумладан қонунчилик ҳужжатлари ва улар лойиҳаларини тартибга солиш таъсирини баҳолаш, коррупцияга қарши экспертизадан ўтказиш тизими йўлга қўйилганлиги ҳамда бу борада эришилган натижалар ҳақида маълумот бериб ўтди.

Шунингдек, мамлакатимизда норма ижодкорлиги сифатини ошириш бўйича қилиниши лозим бўлган бир қатор устивор вазифалар турганлигини таъкидлади. Хусусан, норма ижодкорлиги жараёнида “ақлли тартибга солиш” моделини жорий этиш, қонунчилик базасини янада ихчамлаштириш ва аниқ соҳалар кесимида тизимлаштириш, қонунчилик барқарорлигини таъминлаш учун норма ижодкорлигига рақамли технологияларни кенг жорий этиш бўйича келгусида амалга оширилиши лозим бўлган режалар ҳақида тўхталди.

Шунингдек, мазкур сессияда бир қанча хорижий экспертлар, шу жумладан “Жаҳон адолати” лойиҳаси ижрочи директори – Элизабет Андерсен, Халқаро ривожланиш ҳуқуқи ташкилотининг бош директори – Ян Бигл, Беларус Республикаси Қонунчилик ва ҳуқуқий тадқиқотлар миллий марказининг директори ўринбосари – Элена Семашко ва бошқа мутахассислар иштирок этиб, норма ижодкорлигида ҳуқуқий экспертиза жараёнлари, қонун устуворлиги ҳамда гендер тенглик масалалари бўйича нутқ сўзлади.

Бундай кенгайтирилган ва профеcсионал форматдаги тадбир Ўзбекистон ва хорижий давлатларда норма ижодкорлиги сифатини оширишга қаратилган ҳуқуқий ислоҳотларни комплекс ва чуқур муҳокама қилиш, жаҳондаги янги тенденцияларни таҳлил қилиш имконини беради.
👍4
#TashkentLawSpring2023

Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi o‘z ishini davom etmoqda.

Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi, “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va boshqa hamkorlar ishtirokida tashkil etildi.

Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etmoqda.

📹 Forumni onlayn kuzatib borishingiz mumkin:
👉Korrupsiyaga qarshi siyosat” mavzusida navbatdagi sessiya;
👉Intellektual mulk ekotizimi — O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” mavzusida navbatdagi sessiya
👉Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari” mavzusida navbatdagi sessiya
👍3
#TashkentLawSpring2023

Ўз ишини давом эттираётган ''Tashkent law spring'' III Халқаро юридик форумининиг сессияларидан фотолавҳалар
👍8
#TashkentLawSpring2023

Форум сессиялари: “Халқаро ноҳукумат ташкилотларига яратилган имкониятлар”

Жорий йилнинг 18 май куни «Tashkent Law Spring» III Халқаро юридик форуми доирасида “Халқаро ноҳукумат ташкилотларига яратилган имкониятлар” мавзусида муҳокама сессияси ўтказилди. Сессияда 15 дан ортиқ халқаро нодавлат нотижорат ташкилотлари раҳбарлари ва 50дан ортиқ миллий нодавлат нотижорат ташкилотлари раҳбар ва вакиллари иштирок этди.

Муҳокама сессиясида маърузачилар томонидан Ўзбекистонда нодавлат нотижорат ташкилотлари фаолияти учун яратилган шароитлар, улар фаолиятини қўллаб-қувватлашга бўйича амалга оширилаётган ислоҳотлар, уларнинг молиявий мустақиллиги ва барқарорлигини янада яхшилаш бўйича жорий қилинган ижобий ўзгаришлар юзасидан батафсил маълумот берилди.

Бундан ташқари, халқаро нодавлат нотижорат ташкилотлари вакиллари томонидан мамлакатда сўнгги йиллрарда улар томонидан амалга оширилаётган лойиҳалар, шу жумладан одам савдосига қарши курашда жамоатчилик назоратининг ўрни, касб-ҳунар таълими ислоҳотларини қўллаб-қувватлаш, қонун устуворлигини таъминлашда ва радикаллизм ва экстремизм каби ҳуқуқбузарликларни олдини олишда нодавлат нотижорат ташкилотларининг аҳамияти юзасидан тақдимотлар ўтказилди.

Шунингдек, муҳокама давомида давлат ва жамият бошқарувида ижтимоий шерикликнинг аҳамияти, ушбу йўналишда мавжуд муаммо ва камчиликлар юзасидан фикрлар алмашилди.

Муҳокама сессияси очиқ ва савол-жавоб тарзида ўтказилган бўлиб, унинг якунида нодавлат нотижорат ташкилотлари соҳасини янада такомиллаштириш, таъсирчан жамоатчилик назорати тизимини йўлга қўйиш бўйича таклиф ва тафсиялар шакллантирилди.
👍7
#TashkentLawSpring2023

Форум сессияси: “Юридик кадрларни узлуксиз профессионал ривожлантириш”

2023 йилнинг 18 май куни Тошкент шаҳрида “ТОШКЕНТ ҲУҚУҚ БАҲОРИ” III халқаро юридик форуми доирасида “Юридик кадрларни узлуксиз профессионал ривожлантириш” мавзусида анжуман бўлиб ўтди.

Ушбу анжумандан кўзланган асосий мақсад– халқаро миқёсда юридик кадрларни узлуксиз касбий ривожлантириш борасида олиб борилаётган тизимли ишлар ва бу йўналишдаги муаммоларни атрофлича муҳокама қилиш, соҳадаги халқаро тажрибани ижобий жиҳатларини қайд қилиш ва уларни оммалаштириш, жараёнга инновацион ғояларни фаол тарғиб этиш тўғрисида фикр алмашиш ва ишлаб чиқилган тавсиялар асосида соҳани янада такомиллаштириш истиқболларини белгилашдан иборат бўлди.

Сессияда АҚШ, Япония, Россия, Қозоғистон ва Словения давлатларидан хорижий экспертлар, Республикамизнинг 50 га яқин вазирлик, идора ва ташкилотлари, жумладан Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги ва суд-ҳуқуқ соҳаси миллий институтлари вакиллари, мамлакатимиздаги юридик олий ўқув юртларининг етакчи олимлари, профессор-ўқитувчилари, докторантлари ва мустақил изланувчилари иштирок этди.

Тадбир давомида ҳуқуқшунос олимлар томонидан яхлит ҳуқуқий тизимни таъминлаш, ҳуқуқий сиёсатни бир хилда олиб бориш ва қонун ҳужжатлари нормаларини тўғри қўллашда, бу соҳанинг асосий ижрочиси бўлган юридик кадрларни узлуксиз касбий ривожлантириш ҳамда уларнинг ҳуқуқий билимларини доимий янгилаб бориш масалалари ҳар қандай мамлакатда давлат хизматининг асосий устувор вазифаларидан бири этиб белгиланиши таъкидлаб ўтилди .

Шу билан бирга, мазкур тадбирда юридик кадрларни “ҳаёт давомида ўқиш” тамойили асосида узлуксиз малака ошириш тизимига трансформация қилиш масалаларини ҳам атрофлича муҳокама қилиб олинди.
👍3
#TashkentLawSpring2023

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Singapur Respublikasi Huquq vazirligi o‘rtasida hamkorlik jadallashmoqda

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Singapur Respublikasi Ichki ishlar va huquq vaziri
K.Shanmugam o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

K.Shanmugam boshchiligidagi Singapur delegatsiyasi shu kunlarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yuridik forumida faol ishtirok etib kelmoqda.

Akbar Toshqulov uchrashuv chog‘ida so‘ngi yillarda O‘zbekistonda investitsiya muhitining yaxshilanishi, bu borada yaratilayotgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilgan huquqiy islohotlar haqida Singapurlik mehmonlarni tanishtirib, ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish har tomonlama manfaatli ekanligini ta’kidladi.

O‘z o‘rnida, K.Shanmugam “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi yuqori saviyada tashkillashtirilganini ta’kidlab, mazkur voqea xalqaro yuridik hamjamiyatni birlashtirishga hamda huquq sohasidagi muammolarga birgalikda yechim izlash uchun foydali platforma sifatida xizmat qilganini bildirdi.

Tomonlar nizolarni hal qilishning muqobil usullari – mediatsiya, arbitraj, Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasida yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga, norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti yo‘nalishlarida kelgusida Hamkorlik dasturini imzolash orqali aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldilar.
👍3
#TashkentLawSpring2023

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 18-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov bilan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Nigina Alizoda o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov mehmonlarni inson huquqlarini ta’minlash, jumladan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va diniy erkinliklarni to‘liq roʻyobga chiqarish, notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Tojikiston tomoni uchun adliya vazirligida ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi to‘g‘risida taqdimot tashkil qilindi. Taqdimotda vazirlikdagi hujjatlar aylanishi, ish yurituvi tizimi haqida aytib o‘tildi.

Xususan, vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan hujjatlarning kirim qilinishi, ularni ijrosini nazorat qilish, hujjatlarni mas’ul tashkilotlarga yuborish tartibi bilan bilan birga xodimlarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazirlikda yo‘lga qo‘yilgan amaliyot tushuntirib berildi.

Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni jadallashtirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish, aholiga yuridik xizmat ko‘rsatish, ayniqsa bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohalarida doimiy ravishda o‘zaro tajriba almashib turishga, hamkorlikda amaliy va samarador ishlarni yanada faollashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Tojikiston tomonini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
👍41
#TashkentLawSpring2023
 
Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tdi. Forum yagona platformada 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtirdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
👍41
#TashkentLawSpring2023

“Tashkent Law Spring” III халқаро юридик форуми якунлари...

Эслатиб ўтамиз, жорий йилнинг 17-18 май кунлари мазкур форумнинг “Фундаментал ҳуқуқлар – абадий қадриятлар” мавзусида бўлиб ўтди.

мазкур йирик анжуман Адлия вазирлиги томонидан халқаро ҳамда маҳаллий ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда икки йилда бир марта ўтказилади.

Форумнинг мақсади халқаро, хорижий ва маҳаллий экспертлар томонидан фундаментал ҳуқуқлар призмаси орқали замонавий ҳуқуқий тенденцияларни муҳокама қилиш учун очиқ платформа яратишдан иборат.

Батафсил инфографикада👆🏻
👍2💯1