#Adliya_xabari #ICTWEEK_2022
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar namoyishi ICTWEEK 2022 doirasida Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev hamda Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi (ASAN Xidmet) raisi U. Mehdiyev o'rtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatishda sifat tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shu oʻrinda U. Mehdiyev tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari faoliyatini yuksak baholadi hamda boʻlajak muloqotlar jarayonida qulay, shaffof va sifatli xizmatni yaratish sohasida oʻzaro tajriba almashish, hujjatlar va shaxsiy maʼlumotlarni raqamlashtirish va boshqa masalalarda hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar davlat xizmatlari sohasidagi innovatsion yondashuvlar boʻyicha tajriba almashishni yanada kengaytirishga kelishib oldi.