#иқтибос #тадбиркорлик_кодекси
Хусусий тадбиркорлик субъектларини қўллаб қувватлаш масалалари кодексда аниқ кўрсатилиши, бунда қачон ва қандай ҳолатларда тадбиркорни қўллаб қувватланиш тамойиллари белгиланиши ва шу асосида имтиёзлар берилиши керак.
Петерсен Свенжа (онлайн) – Европа тикланиш ва тараққиёт банки бош иқтисодчиси, эксперт

#Иқтибос #Тадбиркорлик_кодекси
‼Тадбиркорлик кодекси бизнес юритишда ягона ўйин қоидаларини белгилаб бериши керак.
Ҳозирда тадбиркорлар ўртасидаги тижорий шартномаларни бажарилмаслиги юзасидан шартномавий жавобгарлик ҳамда давлат томонидан ҳам жазо чоралари қўлланилади.
Шартномавий муносабатларда давлат томонидан жавобгарлик масаласи чиқариб ташланиши керак.
Бизнес бу риск, сиз ўзингизга боғлиқ бўлмаган бозор шароити натижасида молиявий ҳолатингиз ёмонлашиб қолган ҳолатларда ҳам шартнома юзасидан ҳам давлат томонидан жазога тортилишингиз керак. Бу тадбиркорнинг аҳволини янада ёмонлаштиради. Шу боис, агар тадбиркор фирибгарлик йўли билан ёки бошқа қонунларни бузиш орқали тижорий келишувни бажармаган ҳолатларидан ташқари вазиятларда фақат тижорий жавобгар бўлиши керак.
Зафар Хошимов – ТЕАМ университетининг таъсисчи акциядори, Korzinka.uz асосчиси

Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Adliya_xabari
⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.
✅Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.
📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.
🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat

АҚШнинг Ўзбекистондаги элчиси Дэниел Розенблюм билан учрашув
Жорий йилнинг 6 сентябрь куни Ўзбекистон Республикаси адлия вазири Русланбек Давлетов мамлакатимиздаги дипломатик миссиясини якунлаётган АҚШнинг Ўзбекистондаги Фавқулодда ва мухтор элчиси Дэниел Розенблюм билан учрашди.
Учрашувда адлия вазири Р.Давлетов АҚШ элчисининг Ўзбекистондаги фаолияти муваффақиятли бўлганлигини алоҳида таъкидлади.
Жумладан, Ўзбекистон ва АҚШ ўртасидаги ўзаро манфаатли ҳамкорликни ҳар томонлама ривожлантириш, сиёсий-дипломатик, таълим, илм-фан ва маданий-гуманитар соҳалардаги алоқаларни кенгайтиришга қўшган катта ҳиссаси, юртимизда амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар ва улкан демократик ўзгаришларни фаол қўллаб-қувватлаш борасидаги самарали фаолияти учун миннатдорчилик билдирди.
АҚШнинг Ўзбекистондаги элчиси Д.Розенблюм ушбу йўналишда ўтказилаётган ислоҳотларни ижобий баҳолади ҳамда Америка томони ҳамкорликдаги самарали фаолиятни янада жадаллаштиришга тайёрлигини билдирди.

#Adliya_loyiha
🔊Uy sotib olish va uyga roʻyxatga qoʻyish tartibi yanada osonlashmoqda
✅Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan hujjat loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjat (https://regulation.gov.uz/oz/d/67553) fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyish tartibotlarini soddalashtirishni nazarda tutadi.
⚡️Loyiha bilan 2 ta yangi qulaylik joriy etilmoqda:
1️⃣ Hozirda koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq egasi oʻzgarganda, ushbu huquqni kadastr organlarida roʻyxatdan oʻtkazish zarur. Shundan soʻnggina uyning yangi mulkdorini ichki ishlar organlari axborot tizimida doimiy roʻyxatga qoʻyish mumkin.
🔸Taklif etilgan loyihaga koʻra esa, mulk roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida doimiy roʻyxatda turish masalasini ham hal etish imkoniyati yaratilmoqda. Yaʼni, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻchmas mulk roʻyxatdan oʻtkazilayotgan paytda yangi mulkdorni doimiy roʻyxatga qoʻyish uchun ham murojaat qilishi mumkin boʻladi.
2️⃣ Amaldagi tartibga koʻra, koʻchmas mulk ijarasi hamda tekin foydalanish shartnomasini soliq organlari axborot tizimida elektron shaklda hisobga qoʻyiladi. Biroq shartnoma hisobga qoʻyilgandan soʻng ijarachining har bir oila aʼzosini ushbu turar joyga vaqtincha roʻyxatga qoʻyish uchun alohida murojaat qilish zarur.
🔹Bu jarayondagi noqulaylikni bartaraf etish maqsadida loyihada ijara shartnomasini soliq organlarining axborot tizimida hisobga qoʻyish bilan bir paytda ijarachi va uning oila aʼzolarini vaqtincha roʻyxatga qoʻyish uchun ichki ishlar organlariga elektron murojaat etish imkoniyati joriy etilmoqda.
🔹Ushbu takliflar amaliyotga tatbiq etilishi bilan yangi uyga koʻchishda doimiy va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida murojaat etish zaruriyati bartaraf etilib, xizmat koʻrsatuvchi organlarga qatnash bilan bogʻliq vaqt va mablagʻ xarajatlari oldi olinadi.

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL
• Ayrim Telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda TDYU ishtirokidagi qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun ta’lim kreditlarini rasmiylashtirish bo‘yicha noto‘g‘ri berilgan axborot yuzasidan MA’LUMOT
ℹ️ Batafsil...
@tsulofficial
ℹ️ Batafsil...
@tsulofficial
Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Bilasizmi #Bu_muhim
⚡️Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar kimlarning hisobidan qoplanadi?
✅Hukumatning 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha reglamentlar tasdiqlangan.
📌Ushbu reglamentlarga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti tashkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
❗️Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-5-moddasiga ko‘ra davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
☎️Shunga ko‘ra bu sohada ta’minotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, shu jumladan hisoblagich uchun ortiqcha mablag‘ undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligining quyidagi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki [email protected] elektron pochtaga murojaat qilishingiz so‘raladi.

#Сўраган_эдингиз_жавоб_берамиз
Блогерларнинг қандай ҳуқуқлари бор? Мажбуриятлари-чи?
Адлия вазирлиги муҳим саволларга тушунтириш беради
➡️ https://bit.ly/3RRNctO

Teletype
Блогерларнинг қандай ҳуқуқлари бор? Мажбуриятлари-чи?
Бугунги кунда блогерлар, ижтимоий тармоқ фаоллари ва инфлюэнсерлар фаолияти жамиятимиз ахборот майдонида катта аҳамиятга эга. Улар...