Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

11-may
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov Isroil Davlati Advokatlar uyushmasi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vazirligi va siyosiy partiyalar aholining huquqiy madaniyatini oshirishda hamkorlik qiladi.

▪️ Yevropa Kengashi hamda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

12-may
▪️ Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari davlat xizmatchilari uchun “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini hurmat qilish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

▪️ Intellektual mulk sohasida mas'ul davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini o‘qitish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

▪️ Navoiy viloyatidagi yuridik xizmat ko‘rsatish sifati va mavjud muammolar tahlil etildi.

▪️Yangi tahrirdagi “Ma'muriy tartib -taomillar to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

13-may
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Qirg‘iziston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O. Sidikov bilan uchrashdi.

▪️ "Ish va dam olish vaqti. Xodimlarning mehnat sharoitlarini ta'minlash masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan Adliya vazirligi markaziy apparatida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

14-may
▪️ “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

▪️Baholash faoliyatida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi muhokama qilindi.

__________

#Adliya_loyiha

▫️ Adliya vazirligi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to'g'risida qonun loyihalari ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

17-may
▪️ Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

▪️ Gender masalalari bo‘yicha trenerlarni tayyorlovchi o‘quv seminarlariga start berildi.

▪️ Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

18-may
▪️ Adliya vaziri ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

19-may
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri o'rinbosari ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

20-may
▪️ Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilarning 90 foizi rozi – so‘rovnoma natijasi.

▪️ Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilikdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

21-may
▪️ Adliya vaziri xizmat safari davomida Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Ichki ishlar va adliya organlari xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil etiladi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Angor tumanida davlat xizmatlari markazi uchun qurilgan yangi binoda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

▪️ Adliya vaziri Sherobod va Bandixon tumanlaridagi adliya idoralari bilan tanishdi.
____________

#Adliya_munosabati

▫️Haydovchilik guvohnoma almashtirish muddati uzaytirilishi DXMlarga haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamaytirdi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

23-may
▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiya sudi Bosh prokurori B. Shaxin bilan uchrashdi.

24-may
▪️ Tulkin Sayfullayevich Abdusattarov Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

25-may
▪️ Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvining navbatdagi soni jonli efirga uzatiladi. Mavzu: Xotin-qizlarning qonunchilikdagi huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

26-may
▪️ Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Uning davomida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Adliya vazirligi faoliyatiga oid hamda boshqa masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savol va murojaatlarga javob berildi.

▪️ “Huquqiy savodxonlik” onlayn tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

27-may
▪️ “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi doirasida audio podkast tashkil etildi.

28-may
▪️ Adliya organlarining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

Адлия вазирлиги фаолиятининг ҳафталик дайжести
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

6-iyun
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Jahon banki ekspertlari bilan uchrashdi.

7-iyun
▪️ "Yuridik texnikumlar bitiruvchilariga OTMga suhbat asosida o‘qishga kirish bo‘yicha yo‘llanmalar berish" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

8-iyun
▪️ “Yuridik texnikumlar bitiruvchilariga OTMga suhbat asosida o‘qishga kirish bo‘yicha yo‘llanmalar berish" mavzusida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Onlayn muloqotda Adliya vazirligi va Yuridik universitetning mas'ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga javob berdi.

▪️ Toshkentda 20 dan ortiq davlat tashkilotlari xizmatchilarining funksional tahlil borasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.

9-iyun
▪️ Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda huquqiy eksperiment o‘tkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirishning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish hamda huquqiy mexanizmlarini belgilash masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil qilindi.

▪️ Adliya vazirligida Toshkent shahar yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

10-iyun
▪️ Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi.

▪️ Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ishchi seminar o‘tkazildi.

11-iyun
▪️ Adliya vazirligi tomonidan tizim xodimlari uchun “Adliya spartakiadasi” tahskil etildi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

13-iyun
▪️ Ilk marotaba “Intellektual mulk haftaligi”ga start berildi. Hafta davomida intellektual mulk muhofazasi va himoyasi bilan bog‘liq mavzular, yangiliklar va muammolar hamda ularning yechimi OAV vakillari bilan muhokama qilindi.

▪️ Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universitet qoshidagi akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

14-iyun
▪️ Adliya vazirligi hamda "O‘zsuvta'minot" AJ o‘zaro hamkorlikda ichimlik suvi bo‘yicha iste'molchilarning eski hisob raqamini kiritish orqali yangi hisob raqamini aniqlash uchun telegram ijtimoiy tarmog‘ida @uzsuvbot ishga tushirildi.

▪️ Xotin-qizlar maslahat guruhlarining salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar o'z ishini boshladi.

15-iyun
▪️ Yana 10 ta DXMda ID-karta olish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi.

▪️ Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha onlayn test tanlovi g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi. Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi Murodbek Yusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

16-iyun
▪️ Birinchi xalqaro farmatsevtika forumida intellektual mulk bo‘yicha taqdimot qilindi.

▪️ AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari T. Abdusattarov “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

17-iyun
▪️ “Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan tug‘ilganlik va nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik bartaraf etishga qaratilgan loyiha ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

▪️ "Mehnat nizolarini hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️Adliya vaziri o‘rinbosari T.Abdusattarov boshchiligida Farg‘ona viloyatining chеkka hududida sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

20-iyun
▪️Adliya vaziri R. Davletov BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari M. Uolter bilan uchrashdi.

▪️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida hamkorlik o‘rnatildi.

▪️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo'nalishida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha tajriba almashildi.

21-iyun
▪️Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi.

▪️Davlat xizmatlari sohasidagi qonunchik bo‘yicha ekspert Georgiy Sxakaya va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ekspert Agavni Xarutyunyanlar tashrif doirasida adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev bilan uchrashdi.

▪️Adliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda tartibga solish siyosati: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

▪️Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi.

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida sanoat mulkini muhofaza qilish sohasida hamkorlik oʻrnatildi.

▪️Toshkent shahrida joylashgan alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘illanuvchi do‘konlarda kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularning savdosiga qarshi kurash bo‘yicha kuzatuv profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.

22-iyun
▪️AOKAda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan "Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ “KNAUF” tovar belgisidan noqonuniy foydalanganlik holatlariga chek qo‘yildi.

23-iyun
▪️Adliya vazirligida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Aleksandr Karlayl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

24-iyun
▪️Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi Qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.

▪️Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va tegishli takliflarni to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va Xorazm viloyati adliya boshqarmasida tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

25-iyun
▪️Adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori Ashraf Gamal El Din bilan uchrashdi.

▪️Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi qurilish mollari bozorlarida kontrafakt mahsulotlarni o‘rganish bo‘yicha kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

27-iyun
▪️ Adliya vazirligi O‘zbekistonda hududlarning yillik biznes reytingini e'lon qildi.

▪️ Respublika bo‘ylab kontrafakt mahsulotlarga qarshi kuzatuv tadbirlari boshlandi.

28-iyun
▪️ Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilgan "Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya” kitobi “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida taqdirlandi.

▪️ Tadbirkorlik kodeksi loyihasini hududlarda tadbirkorlar bilan muhokama qilish davom etmoqda. Xususan, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari adliya boshqarmalarida tadbirkorlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

29-iyun
▪️ “Yuridik klinika” ko‘rsatuvining “Oliy ta'limga qabul va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan soni jonli efirga uzatildi.

▪️ “O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga kompleks yondashuv: biznesning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va davlat nazoratini isloh qilish” mavzusidagi forum bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi delegasiya X Sankt-Peterburg xalqaro yuridik anjumanida ishtirok etdi.

30-iyun
▪️ Adliya vaziri Ruslanbek Davletov MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n oltinchi majlisida qatnashdi.

▪️ Adliya vaziri oʻrinbosari T.Abdusattarov Qashqadaryo viloyatida boʻlib, intellektual mulk masalalari yuzasidan viloyatdagi korxonalar faoliyatini o‘rgandi.

▪️ Adliya vazirligidan tomonidan so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligiga doir qo‘llanma chop etildi.

▪️ Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash sohasidagi ayrim jarayonlar reinjiniring qilindi.

1-iyul
▪️ Adliya vazirligi xodimlari o‘rtasida Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun maxsus trening tashkil etdi.

▪️ Adliya vazirligi xodimlaridan iborat delegatsiya tomonidan Qozog‘iston Respublikasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda Mobil-ID tizimidan foydalanish tajribasi o‘rganildi.

▪️ Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

4-iyul
▪️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida O‘zbekiston Respublikasining “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni muhokama qilindi.

▪️ Shoir Erkin Yo‘ldoshning mualliflik huquqlarini buzgan xonanda javobgarlikka tortildi.

5-iyul
▪️ Adliya vazirligining 2022-yil iyun oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etdi.

6-iyul
▪️ Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti xodimlari BMT TD tomonidan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Milanda “Davlat xizmatlarini boshqarish” mavzusida tashkil etilgan treningda ishtirok etdi.

▪️ Adliya vaziri R. Davletov Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Hamdoʻstlik ishlari boʻyicha Buyuk Britaniya davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi.

▪️ Adliya vaziri AQSh xalqaro diniy erkinlik komissiyasi raisi Nuri Turkel bilan uchrashuv oʻtkazdi.

7-iyul
▪️ O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorlik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazi binosida "Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish masalalari" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

8-iyul
▪️ X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Samarqand viloyati bo‘limi yangi binoda ish boshladi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

14-iyul
▪️ Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha audiopodkast tahskil etildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan notariat sohasidagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasida huquqiy sohadagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

▪️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma” olish yo‘lga qo‘yildi.

15-iyul
▪️ Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi.

▪️ “O'qishga qabul qilish va o'qishni ko'chirish masalalari” mavzusida ovozli chat tahskil etildi.

▪️ Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali taqsimot komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Rossiyalik tadbirkorga tegishli bo‘lgan tovar belgidan ruxsatsiz foydalangan nohalol tadbirkor ma'muriy javobgarlikka tortildi.

16-iyul
▪️ Adliya vazirligi mas'ullari Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a'zo davlatlar Assambleyalarining 63-yig‘ilishida qatnashdi.

▪️ TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv tadbiri o‘tkazildi.
______________

#Adliya_munosabat

▫️ Adliya vazirligi: ta'lim muassasalarining barcha talabalardan “aylanma varaqa”ni qog‘oz shaklda to‘ldirib kelishni talab qilishi qonunchilikka zid.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

19-iyul
▪️AOKAda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbaeva ishtirokida navbatdagi brifing o‘tkazildi. Uning davomida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha faoliyat haqida ma'lumot berildi.

▪️Vazirlik vakillari hamda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi Osiyo va Tinch Okeani mintaqaviy byurosi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

20-iyul
▪️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi “Hukumat soati” da adliya vaziri Ruslanbek Davletov fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

▪️ Keng jamoatchilikni huquqiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun Toshkent shahrida media-tur tashkil etildi. Media-tur davomida jurnalistlar va blogerlar Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markazida aholiga yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining turlari bilan tanishdi.

21-iyul
▪️ Adliya vazirligi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida trening o‘tkazildi.

▪️ “Madad” NNT tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yilligida ko‘rib chiqilgan murojaatlar tahlil qilindi.

22-iyul
▪️ "Ekologiya sohasidagi muammolar va ularning huquqiy yechimlari" mavzusida ovozli chat boshlandi.

▪️ Navbatdagi hay'at majlisida 6 oylik faoliyat sarhisob qilindi.
______________

#Adliya_tahlil

▫️ Xorijiy davlatlarda bankomatdan naqd pul olishda komissiya to‘lovlari miqdori qancha?