Sevara Urinbayeva
2.53K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Адлия_муносабат

Ўқувчилар таълимдан ташқари ишларга жалб қилинадими?

Ижтимоий тармоқларда Тошкент вилояти Қибрай туманидаги мактабларнинг бирида меҳмонларни кутиб олиш учун мактаб ўқувчилари чиқарилганлиги бўйича маълумотлар тарқалди.

Конституцияга кўра, ҳар ким бепул билим олиш ҳуқуқига эга ва мактаб ишлари давлат назоратидадир.

Ўқувчилар таълимдан ташқари ишларга жалб қилинадими?

ЙЎҚ.

📌 “Таълим тўғрисида”ги Қонуннинг 47-моддасига мувофиқ таълим ташкилотларида таълим олувчиларни таълим олиш билан боғлиқ бўлмаган ишларга жалб этиш тақиқланади.

Таълим тўғрисидаги қонунчиликни бузганликда айбдор шахслар белгиланган тартибда жавобгар бўлади.

Таълим ташкилоти раҳбарлари ва масъул ходимларидан таълим олувчиларни таълим олиш билан боғлиқ бўлмаган ишларга жалб этмасликлари талаб этилади.

Ҳозирда юқоридаги ҳолат юзасидан адлия органлари томонидан ўрганиш олиб борилаётганлиги маълум қилинади.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#Mutaxassis_sharhi

📹"Asoslimi... ?"

‼️ Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikdagi yangi loyiha...

Uning ilk soni "Yo'llarimiz va yo'l infrastrukturasi insonlar uchunmi yoki...?" mavzusiga bag'ishlanadi.

Batafsil👉🏻https://www.youtube.com/watch?v=0w9h6ldoqcM
#Adliya_aralashgach

Buxoro viloyati adliya boshqarmasi ko‘magi bilan 28 nafar xodim ishga qayta tiklandi. Shuningdek, 158 millilon 46 ming 145 so‘m miqdorida to‘lanmagan ish haqilari undirilishi ta'minlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Охирги вақтда ижтимоий тармоқларда баъзи мутаассиб шахслар, айрим ҳолларда эса диний соҳа вакиллари томонидан ҳам Ўзбекистоннинг дин соҳасидаги ягона давлат сиёсатини нотўғри тушуниш ва баҳолаш, янгиликларни ўз манфаатларига мослаб талқин қилиш, воқеликни бўрттириб кўрсатиш, инсонлар фикрида нохолис муносабатни шакллантиришга бўлган уринишлар кузатилмоқда.

Батафсил: https://bit.ly/3sJRW9Z

religions.uz | Telegram | Youtube | instagram | twitter I Facebook
Toshkent davlat yuridik universitetining @kompromatuzb Telegram kanali tarqatgan xabarga
RADDIYASI

14-fevralda “Talabaning murojaati: “Toshkent davlat yuridik universitetdagi mantiqsizlik va adolatsizlik haqida!” sarlavhasi bilan tarqatgan xabar quyidagilarga ko‘ra asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaymiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Халқаро_ОАВ_биз_ҳақимизда

🇹🇷🗞 Туркия матбуоти: Ўзбекистонда мулк ҳуқуқлари кафолатини таъминлашга алоҳида эътибор қаратилмоқда

Анқарада жойлашган «RUSEN» таҳлилий институти расмий веб-сайтида эълон қилинган таҳлилий мақолада мамлакатимизда мулк ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ва соҳада амалга оширилаётан энг муҳим ислоҳотлар қаламга олинган.

Хусусан, охирги беш йил мобайнида мулк ҳуқуқлари муҳофазасини кучайтиришга қаратилган қатор янги ҳуқуқий ҳужжатлар қабул қилинганига ҳам алоҳида эътибор қаратилган.

«Бош прокуратура ва Президент ҳузуридаги Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вакилига мулкдорнинг мулкий ҳуқуқлари бузилган тақдирда, жумладан, қонунга хилоф равишда чеклаш ёки маҳрум қилиш ҳолатлари аниқланганда тезкор чоралар кўриш топширилгани — соҳада мансабдор шахслар томонидан ҳуқуқбузарлик содир этилишининг олдини олишга қаратилган муҳим қадамдир», — дейди муаллиф.

✍️ Мақолани ўқиш: https://www.rusen.org/protection-of-property-rights-in-uzbekistan-recent-reforms-and-challenges/
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Боқувчисини йўқотганлик нафақасини олиш ёши узайтирилди

Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari

⚡️Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar litsenziyalarining toʻxtatilganligi haqida X A B A R

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2 va 15-3-moddalariga asosan Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 17-fevralda boʻlib oʻtgan 3-son majlisi bayonnomasiga asosan:

Fargʻona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Madumarov Nodirbek Sherqo‘ziyevichning (litsenziya FA 0008, 21.04.2020-y.) litsenziyasining amaliy qilishi va notarius maqomi 2022-yil 18-fevral kunidan sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga;

Dang‘ara tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Karimova Inoyat Maksudaliyevnaning (litsenziya FA 0039, 21.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2022-yilning 18-fevral kunidan 15 kun muddatga toʻxtatildi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
📌E-notarius.uz qulay va oson!

Endi e-notarius.uz axborot portali orqali masofadan turib, onlayn notarial harakatlarni amalga oshirish imkoni yaratildi.

Siz uyingizdan, ish joyingizdan yoki dunyoning istalgan joyidan turib, videokonferensaloqa yordamida ayrim notarial harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Bu juda qulay va oson!

📹https://www.youtube.com/watch?v=WTFkK4RNOno
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda skeytbording
va roller sportini rivojlantirish va ommalashtirish, skeytbording va roller sporti bilan shug‘ullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, skeytbording va roller sport turlari boʻyicha madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarini oʻtkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda oʻz aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston tentpegging federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi tentpegging sport turini rivojlantirish
va ommalashtirish, sport orqali aholi, ayniqsa yoshlarni sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tentpegging hamda boshqa turdosh sport turlari bo‘yicha madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.

"EKSPERT JAVOBI" rukni! 🎥📽🎞💯

SAVOL: Transport vositalarining to'qnashuv joyi qaysi omillarga asosan aniqlanadi?


Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 [email protected]

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetini strategik rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

TDYU Kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kengash raisi, adliya vaziri Ruslanbek Davletov olib bordi. Unda Kengash aʼzolari, unversitet rahbariyati va talabalar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

☑️ Товуш сигналини сабабсиз бериш, транспортларга уни ишлаб чиқарган корхона назарда тутмаган товуш чиқарувчи ва ёритувчи қурилмаларни ўрнатиш, худди шунингдек уларни ўзгартириб ўрнатиш, БҲМнинг 1 баравари (270 минг сўм) миқдорида жарима солишга сабаб бўлади.

Каналга уланиш 👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot