Sevara Urinbayeva
2.5K subscribers
9.89K photos
1.17K videos
23 files
4.43K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro forumida ishtirok etdi

Ayni vaqtda Adliya vazirligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida 2022-yilning 15-dekabr kuni adliya vaziri A.Tashkulov Baku shahrida tashkil etilgan “Ilg‘or boshqaruv sari yo‘l: bir darchadan kechayu-kunduz xizmat ko‘rsatishga o‘tish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Xalqaro forumda AQSH, Avstraliya, Gruziya, Indoneziya, Marokash, Moldova Respublikasi, Uganda Respublikasi, Chernogoriya Respublikasi va boshqa davlatlardan martabali mehmonlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Forumda adliya vaziri A.Tashkulov nutqi bilan chiqdi hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida erishilgan yutuqlar hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotganligi haqida gapirdi.
Ayniqsa so‘ngi yillarda O‘zbekistonda ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan ijobiy natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligi hamda ushbu jarayonlar toʻliq raqamlashtirilib, byurokratiya keskin kamaytirilgani va korrupsiyaga yoʻl ochib beruvchi jarayonlar bartaraf etilganligi borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar bilan Forum ishtirokchilarini tanishtirdi.

Forum yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollariga asoslantirilgan javoblarni oldilar.

Adliya vazirligi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.
Адлия вазирлиги ва тилшунос олимлар ҳамкорлигида “Исмлар” электрон луғати ва мобил иловаси яратилмоқда

Инсон дунёга келиши билан унга исм қўйилади ва у Фуқаролик ҳолатлари далолатномаларини ёзиш органларида тегишли тартибда қайд этилади. Ушбу жараёнда фуқароларга қулайлик яратиш, исмларнинг маъноси ва ёзилишидаги ўзига хосликларни эътиборга олиш, миллий қадриятларга мос исмларни оммалаштириш масалалари бугунги кунда долзарб ҳиобланади.

Ҳозирги кунда Адлия вазирлиги ташаббуси ва таклифига кўра Алишер Навоий номидаги Ўзбек тили ва адабиёти университети ҳамда Ўзбекистон Республикаси Фандар академиясининг бир гуруҳ олимлари томонидан ўзбек исмларининг электрон имло луғатини яратиш устида иш олиб борилмоқда. Ушбу электрон луғатда исмларнинг ўзбек тили лотин алифблсида ҳамда инглиз тилида ёзилиши ва маъноси (изоҳи) акс этади. Луғат ФҲДЁ электрон тизимига интеграция қилинади.

Ушбу лойиҳа фуқароларга исм танлашда, ФҲДЁ органлари ходимларига эса исмларни қайд этиш ва ўзгартириш жараёнларида муҳим таянч манба бўлиши назарда тутилган.

Бугун Адлия вазирлигида бўлиб ўтган “Ўзбек исмларининг изоҳли имло луғатини яратиш ҳамда уни ФҲДЁ электрон тизимига интеграция қилишга доир муҳим масалалар” мавзусидаги вебинар ушбу масалалар муҳокамасига бағишланди. Семинарда Адлия вазири маслаҳатчиси Шаҳноза Соатова, Ўзбек тили ва адабиёти университети профессори Саодат Муҳамедова ва доценти Муяссар Сапарниязова, Халқаро Ислом академияси прорекори, профессор Зоҳиджон Исломов каби олимлар, шунингдек, Республикамиздаги 200 дан ортиқ ФҲДЁ органлари ходимлари иштирок этишди. Мавзуга оид назарий ва амалий масалалар қизғин муҳокама қилинди.
#Adliya_onlayn

Айни вақтда Адлия вазирлиги томонидан “E-qaror” электрон тизими янги имкониятлари, маҳаллий норма ижодкорлиги соҳадаги ютуқ ва камчиликлар” мавзусида матбуот анжумани бўлиб ўтмоқда.

📹Жараённи тўғридан-тўғри кузатишингиз мумкин 👉🏻https://youtu.be/AruQhyhiyRs
#Инфографика

📌Маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари томонидан қабул қилинадиган қарорларни ишлаб чиқиш, келишиш ва рўйхатдан ўтказишнинг ягона электрон тизимининг янги имкониятлари
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davomida 2022-yilning 15-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mehdiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri mezbonlarni Adliya vazirligida mavjud axborot tizimlaridan (Litsenziya axborot tizimi (license.gov.uz), elektron raqamli imzo berish (ra.yt.uz), haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, ID karta va xorijga chiqish biometrik pasportini olish va boshqa davlat xizmatlari koʻrsatilishi borasida amalga oshirilayetgan keng koʻlamli islohotlar bilan tanishtirdi.

Oʻz oʻrnida janob Ulvi Mehdiyev Agentlik oʻz faoliyatini davlat xizmatlari, raqamlashtirish, innovatsiyalar va ijtimoiy loyihalar kabi toʻrtta yoʻnalishda amalga oshirishi hamda “ASAN-XIDMET” markazlari faoliyati toʻgʻrisida gapirib berdi. Markazlarda davlat organlari, xususiy tashkilotlar, kommunal xizmatlarning 320 dan ortiq xizmatlari mavjudligi ham aytib oʻtildi.

Uchrasuv yakunida Ozarbayjon tomoni adliya vaziri A.Tashkulovni “ASAN-XIDMET” maqsad, vazifalari va uning faoliyati bilan tanishtirdi.
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri bilan uchrashdi

2022-yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri F.Mamedov bilan ikki tomonlama muzokaralarni oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida ikki davlat adliya vazirliklarining koʻp yillik hamkorligiga alohida urgʻu berildi. Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik dasturi doirasidagi tadbirlarni davom ettirishga hamda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan qator ishlarni o‘tkazishga kelishib oldilar.

Xususan, ushbu hamkorlik dasturi doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish, davlat organlari faoliyatidagi huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, huquqiy axborotni tarqatish va aholiga ularning mazmun-mohiyatini yetkazish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyati boʻyicha tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi tashrifi o‘z nihoyasiga etdi.
#Bilasizmi

Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik bor?

🔰Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi.

Uzrli sabablar bo'lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug'ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to'la muomalaga layoqatli deb e'lon qilinishi), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko'ra tegishli tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko'pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

☑️ Nikoh yoshi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Xususan:

▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln so'mdan 3 mln so'mgacha;

▫️ ota-ona yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln so'mdan 4,5 mln so'mgacha;

▫️ nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln so'mdan 6 mln so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Ushbu huqubuzarliklarni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat