#Munosabat
Давлат рамзи – товар белгиси эмас!
...Ўзбекистон Республикаси “Давлат герби тўғрисида”ги Қонунининг
5-1-моддасига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Давлат гербининг тасвири туширилган белгилардан ишлаб чиқарилаётган ёки реализация қилинаётган товарларни (ишларни, хизматларни) ўтказиш учун тижорат мақсадларида фойдаланиш мумкин эмас.
“Aniq.uz” сайти томонидан Италиялик дизайнер Стефано Риччи Ўзбекистон учун коллекция яратди мақоласида (https://aniq.uz/.../uzbekiston-gerbi-va-bayrogi...) таъкидланишича, яъни Стефано Риччи томонидан яратилган оёқ кийимларида Ўзбекистон герби ва байроғини тасвирланган.
Мазкур ҳолат Ўзбекистон Республикасининг давлат рамзлари – байроқ ва гербга нисбатан ҳурматсизлик ҳисобланади.
Шу каби ҳолатлар Тошкент шаҳар адлия бошқармаси томонидан ўрганилди.
Батафсил👇🏻:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957/permalink/1005532910211625/

RASMIY MUNOSABAT
Sud qarori ijrosi amalda
Joriy yilning 6-yanvarida KUN.UZ axborot saytidagi “Huquqshunoslarni tayyorlovchi ta’lim dargohida qonunlar buzilmoqda” maqolasi yuzasidan Samarqand viloyat yuridik texnikumi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
https://telegra.ph/RASMIY-MUNOSABAT-01-07

Telegraph
RASMIY MUNOSABAT
Joriy yilning 6-yanvarida KUN.UZ axborot saytidagi “Huquqshunoslarni tayyorlovchi ta’lim dargohida qonunlar buzilmoqda” maqolasi yuzasidan Samarqand viloyat yuridik texnikumi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi: Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchi…
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
#MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlardagi O‘zbekiston milliy valyutasi – «so‘m»ning ramzi va Fransiya «IN-CORE systems» kompaniyasining logotipidan o‘g‘irlab olinganligi haqidagi xabarga Adliya vazirligining munosabati
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston milliy valyutasi – "so‘m" ning ramzi tasdiqlanganligi va ushbu ramz Fransiya "IN-CORE systems" kompaniyasining logotipidan o‘g‘irlab olinganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ushbu holatga intellektual mulk obyektidan, xususan, tovar belgisidan noqonuniy foydalanish sifatida baho berilmoqda.
Fransiya "IN-CORE systems" kompaniyasining belgisiga o‘xshash bo‘lgan belgilar dunyoning bir qator davlatlarida (AQSH, Kanada, Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya va Hindiston) ham foydalanib kelinadi.
Ta’kidlash joizki, intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi territorial (hududiy) xarakterga ega. Boshqacha aytganda, intellektual mulk obyekti ma’lum bir davlat hududida huquqiy himoyadan foydalanadi. Shu jumladan, tovar belgisi ham tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng huquqiy muhofazaga ega bo‘ladi.
Fransiya "IN-CORE systems" kompaniyasining belgisi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan va muhofaza qilinmagan.
Ushbu holatni mualliflik huquqi nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risida Bern konvensiyasi va milliy qonunchiligimizga muvofiq mualliflik huquqi yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi va uning yuzaga kelishi hamda amalga oshirilishi uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar) mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va muhofaza qilish maqsadida Intellektual mulk departamentiga murojaat qilinmagan. Agar, ushbu belgini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Intellektual mulk departamentiga murojaat qilinsa, holat ekspertlar tomonidan to‘liq o‘rganilib, tegishli tartibda xulosa beriladi.

⚡️ Адлия вазирлигининг vacancy.adliya.uz веб-сайтидаги носозликлар бартараф этилди
Ижтимоий тармоқларда Адлия вазирлигининг vacancy.adliya.uz веб-сайти орқали ишга кириш учун ҳужжатларни тақдим этиш ва тест жавоблари бўйича билдирилаётган эътирозлар юзасидан қуйидагилар маълум қилинади.
Жорий йилнинг 9-10 июль кунлари маълумотлар базаси сақланадиган серверларда техник сабабларга кўра узилишлар кузатилди. Ҳозирда иш фаолияти барқарор. Шу кунларда муддати тугаган ишга қабул қилиш бўйича эълонларнинг муддати жорий йилнинг 13 июль соат 23:59 гача узайтирилганлиги маълум қилинади.
Шунингдек, дастурий таъминотда кузатилган техник носозлик туфайли веб-сайтда ишга қабул қилиш бўйича танловнинг баъзи тест саволларида айрим жавоблар варианти такрорланиб қолгани юзасидан ҳам турли фикрлар билдирилди. Ушбу ҳолатларни бартараф этиш юзасидан дастурчилар ёрдамида тезкор чоралар кўрилди, носозликлар тузатилди.Таъкидлаш жоизки, мазкур веб-сайтда саволлар сони ва варианти жуда ҳам кўп ҳамда у мунтазам янгиланиб борилади. Бу жараёнда инсон омили аралашмайди. Нотўғри жавоблар ўша заҳоти автоматик равишда қайтарилади.
Шу ўринда, фуқароларимизга, ўз тақдирини адлия органлари билан боғламоқчи бўлганларга ишга қабул қилиш бўйича узайтирилган муддатлардан унумли фойдаланишга чақирамиз.
Фаол жамоатчилик вакилларига эса уларнинг жонкуярлиги сабабли дастурий таъминотда кузатилган техник носозликлар тезкор аниқланиб, бошқа фойдаланувчиларда юзага келиши мумкин бўлган ноқулайликларнинг олди олинишида қўшган ҳиссаси учун миннатдорчилик билдирамиз.
Очиқлик ва шаффофликни таъминлаш йўлида биз билан елкама елка турганларга доимо кўмакдошмиз!

#daydjest
Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti
26-iyul
▪️ Adliya tizimida korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish natijalari e’lon qilindi.
27-iyul
▪️ Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida “Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlashda ko‘rilayotgan choralar. Davlat organlarida Prezident hujjatlari ijro holati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
▪️ Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “YURIDIK KLINIKA” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddilar tadbirkorlik sohasidagi muammolar va qonunchilik masalalari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.
28-iyul
▪️ Adliya vazirligida “Davlat organlari va ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta'lim va halollik tizimini yaratish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
▪️ Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘lib, xodimlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda quyi bo‘g‘in xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazdi.
29-iyul
▪️ Adliya vazirligi: Sud-ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha uslubiyotlar zamon talablariga muvofiq yangilanadi.
___________
#Munosabat
▫️ Deputat qonun hujjatlarini to‘g‘ri tahlil qilmasa, boshqalardan nima kutish mumkin?
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari #munosabat
Президент ҳузуридаги ихчам ва самарали бошқарув тизимини яратиш бўйича ўтказилган йиғилишда аҳолини қийнаб келаётган бюрократик тўсиқлар, хизматлар кўрсатилишидаги қонунчиликдаги камчиликларни ҳал этиш, натижада қулай, шаффоф, сифатли хизматни кўрсатиш ҳақидаги масалалар бўйича адлия вазири Русланбек Давлетов фикр билдирди.

Forwarded from ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar FHDY bo‘limida elektron tizim ishlamayotganligi vajlari bilan xodimlar fuqarolarni asossiz ravishda kuttirayotganligi haqidagi xabarlarga quyidagicha munosabat bildiriladi.
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida Davlat personallashtirish markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan idoralararo integratsiya tizimida 2022-yil 19-sentabr kuni soat 9.00 dan soat 10.00 ga qadar qisqa uzilishlar bo‘lganligi sababli FHDY bo‘limlari tomonidan ayrim turdagi harakatlarni bajarish imkoni bo‘lmagan.
Hozirda idoralararo integratsiya tizimida kuzatilgan uzilishlar bartaraf etildi va barcha FHDY bo‘limlari tomonidan fuqarolar belgilangan tartibda qabul qilinib, dalolatnoma yozuvlari qayd etilmoqda.
👉Batafsil
Kanalga ulanish 👇👇
https://t.iss.one/adliyaboshqarmasi

Forwarded from Poytaxt_adliya
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazida navbatlar bilan bogʻliq xabar tarqaldi.
Ushbu xabarda keltirilgan masala yuzasidan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan quyidagicha munosabat bildiriladi:
Joriy yilning 17-oktabr kuni soat 16:09 da fuqaro R.Sh Yashnobod tuman Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markaziga kadastr pasportini tayyorlash xizmatidan foydalanish uchun tashrif buyurgan va soat 17:15 da fuqaroga davlat xizmati koʻrsatilib ariza rasmiylashtirilgan va vakolatli organga elektron tarzda yuborilgan.
Ammo, ushbu vaqt oraligʻida fuqaro markaz xodimiga murojaat etib, navbatda ko'p turib qolganligidan e'tiroz bildirgan, shu o‘rinda markaz xodimi fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 1-iyundagi 118-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini navbatsiz olish uchun ixtiyoriy pullik xizmat miqdori belgilanganligi to‘g‘risida ma’lumot va tushuntirish bergan.
Ushbu tushuntirishlarga qaramay R.SH tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda qolgan fuqarolar “4-5 soatdan beri kutmoqda, baʼzilar esa 2 kunlab qatnamoqda” deb yolgʻon maʼlumot tarqatilgan.
Maʼlumot uchun: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 202-2-moddasiga koʻra yolgʻon axborotni tarqatish BHMning 50 baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

⚡️Адлия вазирлиги расмий муносабат беради
Жорий йилнинг 17 декабрь куни ижтимоий тармоқларда Андижон вилояти Марҳамат туманидан бир фуқаронинг Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг Нодавлат нотижорат ташкилотлар бошқармасига спорт ташкилотини давлат рўйхатидан ўтказиш мақсадида e-ngo.uz сайти орқали 2022 йилнинг 13 ноябрь куни 7643-сон ариза билан мурожаат йўллаганлиги ҳамда ушбу мурожаатга ўз вақтида жавоб берилмаётганлиги ҳақидаги видеомурожаати эълон қилинди.
Видеомурожаатда назарда тутилаётган спорт ташкилоти – “Ўзбекистон Учартўп федерацияси”ни нодавлат нотижорат ташкилоти сифатида рўйхатдан ўтказиш мақсадида жорий йилнинг 13 ноябрь куни фуқаро Ж. Бўтакулов томонидан нодавлат нотижорат ташкилотларига электрон давлат хизматларини кўрсатувчи вазирликнинг e-ngo.uz сайтига 7643-сон ариза келиб тушган.
“Нодавлат нотижорат ташкилотлари тўғрисида”ги Қонуннинг 23-моддасига асосан, нодавлат нотижорат ташкилотини давлат рўйхатидан ўтказиш учун ҳужжатларни қабул қилиб олган адлия органи уларни бир ойлик муддат ичида кўриб чиқади ҳамда нодавлат нотижорат ташкилотини давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида ёки давлат рўйхатидан ўтказишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилади ва қарор қабул қилинган пайтдан эътиборан уч кун ичида муассисларга давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида гувоҳнома ёки қонунчиликнинг қайси қоидалари бузилганлиги давлат рўйхатидан ўтказишни рад этишга олиб келганлиги ҳақида аниқ кўрсатилган ҳужжат беради.
Вазирлик томонидан ушбу ариза ва унга илова қилинган ҳужжатлар қонунчиликда белгиланган тартибда, ўз вақтида кўриб чиқилиб, жорий йилнинг 13 декабрь куни мурожаатчи Ж. Бўтакуловнинг яшаш манзилига жавоб хати юборилганлиги маълум қилинади.
Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими

‼️МАЪМУРИЙ ИСЛОҲОТЛАРНИ ЁРИТИШДА ПРОФЕССИОНАЛ ЁНДОШУВ ЗАРУР
Мамлакатимизда эълон қилинган маъмурий ислоҳотлар юзасидан айрим ОАВлари ва ижтимоий тармоқларда турлича қарашлар баён этилмоқда...
...Шуни таъкидлаш лозимки, бундай масалада у ёки бу фикр, баҳони беришда зарур билим, малака ва тажрибага эга бўлиш, чуқур таҳлилга асосланиш мақсадга мувофиқ.
Шу муносабат билан мазкур интервьюларда айтилган фикрлар юзасидан қуйидагилар маълум қилинади...
📌Маъмурий ислоҳотлар доирасидаги ўзгаришлар бир кун, бир ойда шаклланмаган...
...Фармонда айрим функцияларни хусусий секторга ўтказиш орқали тегишли соҳаларни ривожлантиришга алоҳида эътибор берилади. Натижада, тугатилган функцияни амалга оширувчи мавжуд лавозимлар қисқартирилади.
Ушбу жараён босқичма-босқич амалга оширилади. Бирданига ходимларни 30 фоизгача қисқартириш деган тушунча нотўғри. Шу билан бирга, мазкур оптималлаштириш барча давлат ташкилотларига бирдек тадбиқ қилинмайди. Уларнинг бажараётган вазифа ва функциялари таҳлил қилиниб, айрим давлат ташкилотларида 5-10 фоизгача, айримларида эса 30 фоизгача қисқариши мумкин.
Шунингдек, кадрлар соҳасида энди сон эмас, сифат алоҳида роль ўйнади. Бунинг ҳисобига айрим бир неча ҳудудлар учун ягона ҳудудлараро бўлимларни ташкил қилган ҳолда аҳолига профессионал кадрлар томонидан ҳизмат қилинишини таъминлаш мумкин...
Ҳозирда бошланган маъмурий ислоҳотлар тегишли Фармон ва қарор билан чекланмайди – бу давомли жараёндир.
☝🏻Айни дамда, ушбу тизимли ислоҳотлар давлатчилигимиз ривожининг муҳим босқичи эканлигини инобатга олиб, соғлом фикрлар, асосли таклифлар ва танқидларга доим очиқ эканлигимизни билдирамиз.
Батафсил👈🏻

Forwarded from Adliya xabarlari (Foziljon Jo‘raboyev)
#Munosabat
Ijtimoiy tarmoqda chiqqan “Namanganda davlat xizmatlari markazi xodimi 1000 dollar olganda ushlandi” nomli xabarga rasmiy munosabat.
Adliya boshqarmasi tomonidan tizimdagi xodimlarga har tomonlama qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratib berilayotgan boʻlsada, ular orasida oʻz kasbiga, hamkasblariga va xalqiga xiyonat qiluvchi, adliya organi xodimi degan nomga dogʻ tushiruvchi xodimlar ham uchrab turibdi.
Davlat xavfsizlik xizmati va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Namangan shahar Davlat xizmatlari markazi sobiq xodimi X.R korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan vaqtda qoʻlga olingan.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan sobiq xodim X.R. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Namangan shahar DXM xodimidan korrupsiyaviy qoidabuzarliklar sodir etmaslik va sodir etgan taqdirda qoʻllaniladigan javobgarlik choralari yuzasidan ogohlantirish berilgan.
Hurmatli fuqarolar Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlar sizlarga xizmat koʻrsatish jarayonida shu kabi holatlar kuzatilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “1008” qisqa raqamli “Ishonch telefoni” yoki @antikorbot Telegram kanali orqali maʼlum qilishingizni soʻraymiz.
Bu kabi jirkanch illatlarni oldini olishda Sizlarning hamkorligingiz biz uchun juda muhim.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL
👉 Batafsil...
👉 Подробнее...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM