Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Endilikda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi faoliyat boshlaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Markazning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi hududida futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar va nazoratchilar faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Professional futbol ligasi, futbol klublariga va boshqa tashkilotlarga yordam ko‘rsatish, hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланади. Кун тартибидан иккита масала ўрин олган - озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқаришни кўпайтириш орқали бозорларда нарх-наво барқарорлигини таъминлаш ҳамда бизнесни қўллаб-қувватлаш бўйича қўшимча шароитлар яратиш.

Скоро начнется видеоселекторное совещание под председательством Президента Шавката Мирзиёева. В повестку дня включены два вопроса - обеспечение стабильности цен на рынках через наращивание заготовки продовольственной продукции и дополнительные меры поддержки бизнеса.

Facebook|Instagram|Twitter
⚡️"Yuridik yordam ko'rsatish masalalari" mavzusida ovozli chat boshlanadi.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

Ovozli chatga
ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
“Охирги солиқ маъмурчилиги бўйича ўзгаришлар тадбиркорлар ўртасида кўплаб тушунмовчилик ва саволларни келтириб чиқарди.

Шунинг учун, топшириғимга кўра, Молия вазирлиги ва Солиқ қўмитаси ҳузурида йирик тадбиркорлар, олимлар ва фаол жамоатчилар иштирокида Жамоатчилик кенгаши тузилди”, деди Президент.

Молия вазирлиги ва ДСҚга ҳар ҳафта тадбиркорлар билан учрашиш ва ижтимоий тармоқлар орқали тушган саволлар ва тизимли масалаларни муҳокама қилиш, уларнинг ечими бўйича таклифлар киритиб бориш топширилди.

Рухсатнома бериш талабларини соддалаштириш ҳам тизимли равишда давом эттирилиши таъкидланди.

Бугунги кунда 200 дан ортиқ санитария талаблари мавжуд бўлиб, уларнинг 20 тасига амал қилишнинг умуман имкони йўқ. Шу муносабат билан:

- овқатланиш корхоналари учун санитария талабларини қайта кўриб чиқиб, эскирган талабларни бекор қилиш;

- етказиб бериш хизматлари билан шуғулланадиган корхоналарга санитария талабларини соддалаштириш вазифаси қўйилди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Энди қонун лойиҳалари жамоатчилик муҳокамасига қўйилмайдими?

@yangidavr_rasmiy
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Янги Йўл ҳаракати қоидалари тасдиқланди

Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Жорий йилнинг 16-17 апрель кунлари республика бўйича ишлайдиган нотариуслар

2022 йил 16 апрель - шанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:

Батафсил👉https://telegra.ph/palata-04-15-2

2022 йил 17 апрель - якшанба куни республика бўйича ишлайдиган нотариуслар рўйхати:

Батафсил👉https://telegra.ph/palata-04-15-3

e-notarius.uz сайтига киринг ва ўзингизга қулай вақтда, сиз истаган нотариус қабулига ёзилинг.
#Diqqat_muhim

📢📢📢Азиз ҳамшаҳарлар ва юртимиз меҳмонлари, журналист ва блогерлар!

🗓Сизларни, 2022 йил 18 апрель куни соат 15:00 да Юнусобод тумани Давлат хизматлари маркази янги замонавий биносининг тантанали очилиш маросимида азиз меҳмонимиз бўлишга таклиф этамиз.

🏢Замонавий қиёфага эга бўлган ушбу бино давлат хизматлари кўрсатишда аввало халқимизга, шу жумладан хорижий меҳмонларга ҳам хуш ёқиши билан бир қаторда пойтахтимиз жозибасига янада кўрк бағишлайди деган умиддамиз.

📍Manzil: Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko‘chasi, “Yangi tarnov” MFY.

Мўлжал: Мухаммад Ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети (ТАТУ) Академик лицейи ёнида.
DIQQAT E’LON!

Hurmatli fuqarolar!
📢Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi yangi zamonaviy binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan vaqtincha faoliyat ko'rsatmaydi.

🏢2022 yil 19 apreldan ushbu markaz Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko‘chasi, “Yangi tarnov” mahallasida joylashgan yangi binoda faoliyatini davom ettiradi.

Moʻljal: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Akademik litseyi yonida.

❗️QR-KOD orqali markazning lokatsiyasini olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, eksterritorial tamoyiliga asosan o‘zingizga qulay bo‘lgan istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz ham mumkin.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

12-aprel
▪️ So‘rovnoma: Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati a’lo baholandi.

▪️ Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

13-aprel
▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev Boyovut tumanidagi “Mirishkor” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda ma'muriy adliya sohasida Yevropa tajribasini o‘rganish uchun Fransiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

▪️ Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish departamenti direktori Alise Balode boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi.

13-aprel
▪️Adliya vazira Ruslanbek Davletov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi.

14-aprel
▪️ “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida Toshkent shahrida sayyor qabul o‘tkaziladi.

▪️ Davlat organlarining "Ochiqlik indeksi"da Adliya vazirligi yana birinchi o‘rinda.

▪️ Adliya vazirligi rahbariyati jizzaxlik tadbirkorlar bilan uchrashdi.

15-aprel
▪️ "Yuridik yordam ko'rsatish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi.

▪️ O‘zbekiston delegatsiyasi ma'muriy adliya sohasida Fransiya tajribasini o‘rganmoqda.

▪️ Toshkentda “Yangi Oʻzbekistonda ommaviy xizmatning islohoti: ong va huquqiy siyosatdagi oʻzgarishlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ish boshladi.

▪️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
____________

#Adliya_tahlil

▫️ Adliya vazirligi: Umumiy ovqatlanish sohasi takomillashtirishga muhtoj.

▫️ Madaniy boyliklar hisobining yuritilishi, ularning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalari: xorijiy tajriba va amaliyot.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Oqila ayollar harakati faoliyatini rivojlantirishda NNTlar roli” mavzusida ayollar forumi tashkil etildi.

🔹 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning pensiya miqdori oshirib berildi.

🔹 Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan pedagog xodimlarga 10 mln so‘mga yaqin imtihon topshirish xarajatlari qaytarilishi ta’minlandi.

🔹 Tomdida kadrlar bo‘yicha menejerlarga pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Konimex tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi tizimi o‘qituvchilariga 70 mln so‘mga yaqin kompensatsiya undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa tumanlarida ta'lim sohasi xodimlari uchun huquqiy tadbirlar o'tkazildi.

🔹 Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan mahalla xodimlarining ustama pullari undirib berildi.

🔹 Marhamat tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar mahalla raislarining o‘rinbosarlariga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.

🔹 Huquqiy aksiya samarasi: Paxtaobod tuman adliya bo‘limi 198 nafar pedagogning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ko‘maklashdi.

🔹 Paxtaobodlik huquqi poymol bo‘lgan 200 ga yaqin o‘qituvchi manfaati sud orqali tiklandi.

🔹 Sirdaryo viloyatida huquqiy aksiya samara berdi, 33 nafar xodimning ish haqi undirildi.

🔹 Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan 15 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining o‘rinbosarlariga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida tibbiyot xodimining buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi.

🔹 Yangiqo‘rg‘onda ijtimoiy aksiya doirasida o‘tkazilgan monitoringda tibbiyot xodimlariga 97 milliondan ortiq pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan 110 nafar xodimga 146 mln so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi.

@adliyangiliklari
📢📢📢Бугунги очилиш маросими эсингиздами?!📢📢📢

📢Азиз ҳамшаҳарлар ва юртимиз меҳмонлари, журналист ва блогерлар
!

🗓Сизларни, 2022 йил 18 апрель куни соат 15:00 да Юнусобод тумани Давлат хизматлари маркази янги замонавий биносининг тантанали очилиш маросимида азиз меҳмонимиз бўлишга таклиф этамиз.

🏢Замонавий қиёфага эга бўлган ушбу бино давлат хизматлари кўрсатишда аввало халқимизга, шу жумладан хорижий меҳмонларга ҳам хуш ёқиши билан бир қаторда пойтахтимиз жозибасига янада кўрк бағишлайди деган умиддамиз.

📍Manzil: Yunusobod tumani, Bog'ishamol ko‘chasi, “Yangi tarnov” MFY.

Мўлжал: Мухаммад Ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахборот технологиялари университети (ТАТУ) Академик лицейи ёнида.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Byudjetdan pul olmay xalqqa qulaylik yaratish mumkin. Yunusobodda boshqalarga o‘xshamagan yangi DXM ochildi

👉Batafsil
_______________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari