Sevara Urinbayeva
2.57K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.41K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Tayinlov

⚡️Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdurasulov Sunatillo Tojimurodovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Abdurasulov 1984 yilda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2006 yilda Samarqand davlat universitetini, 2008 yilda Toshkent davlat yuridik instituti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007 yilda Adliya vazirligi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Sunatillo Abdurasulovni ushbu yangi lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sattarov Saloxiddin Ulug‘bekovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Sattarov 1980 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi
lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Saloxiddin Sattarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
#Tayinlov

Akbar Djurabayevich Tashkulov Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

Akbar Tashkulov 1971 yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi) tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. A. Tashkulov 2005—2013 yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013—2017 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 avgustdagi farmoniga asosan A. Tashkulov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

2017 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda edi.
Adliya vazirligi jamoasi Akbar Djurabayevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va ularning kelgusi ishlarida, mas'uliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

⚡️Адлия вазирига ўринбосар тайинланди

Мухаммадиев Актам Зайниддинович Президент қарорига мувофиқ адлия вазирининг ўринбосари этиб тайинланди
.

А. Мухаммадиев 1977 йилда Қашқадарё вилоятининг Китоб туманида туғилган, маълумоти олий, 1999 йилда Тошкент давлат юридик институти бакалавриат, 2001 йилда магистратура босқичини тамомлаган, мутахассислиги ҳуқуқшунос.

А. Мухаммадиев ўз меҳнат фаолиятини 2001 йилда Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг етакчи маслаҳатчиси лавозимидан бошлаб, вазирликнинг турли масъул лавозимларида ишлаган.

2017 йилдан бугунги кунга қадар Тошкент вилоят адлия бошқармаси бошлиғи лавозимида фаолият юритган.

Адлия вазирлиги жамоаси Мухаммадиев Актам Зайниддиновични ушбу тайинлов билан табриклайди ва унинг келгуси ишларида, масъулиятли лавозимларида муваффақият тилайди.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#Tayinlov

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimga tayinlandi

Tulkin Rajabboyevich Ochilov
Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

T. Ochilov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1998-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

T. Ochilov o‘z mehnat faoliyatini 1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish agentligi monitoring bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan, adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Buxoro viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Adliya vazirligi jamoasi Tulkin Rajabboyevich Ochilovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimga tayinlandi

Baxrillo G‘aybulloyevich Xasanov Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo‘yicha sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

B. Xasanov 1979-yilda Samarqand viloyati, Urgut tumani tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2000-yilda Tashkent davlat yuridik instituti (kunduzgi), 2006-yili Tashkent davlat yuridik instituti, (magistratura, kunduzgi), 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisi.

B. Xasanov o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Baxrillo G‘aybulloevich Xasanovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirining buyrug‘i bilan

▫️Anvar Islomovich Raxmatov Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️Otabek Shavkatjonovich Bozarov Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Adxam Muratovich Turdiyev Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Abdumutalib Karimovich Dadajonov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan vazirlik markaziy apparati tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

⚡️Адлия вазирига ўринбосар тайинланди

Абдусаттаров Тулкин Сайфуллаевич Президент қарорига мувофиқ адлия вазирининг ўринбосари этиб тайинланди
/

Т. Абдусаттаров 1978 йилда Жиззах вилоятида туғилган, маълумоти олий, 1999 йилда Самарқанд давлат университетини, 2003 йилда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетини, 2007 йилда Ўзбекистон миллий университетини тамомлаган, мутахассислиги ҳуқуқшунос.

У ўз меҳнат фаолиятини 2003 йилда Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси фалсафа ва ҳуқуқ институти кичик илмий ходими лавозимидан бошлаган.

2019 йил сентябрь ойидан Адлия вазирлиги ҳузуридаги Интеллектуал мулк агентлиги директори лавозимида фаолият юритиб келган.

Адлия вазирлиги жамоаси Тулкин Сайфуллаевичга ушбу масъулиятли лавозимида муваффақият тилайди.
#Tayinlov

Фарғона вилояти адлия бошқармасига янги раҳбар тайинланди

Адлия вазирининг тегишли буйруғи билан Буриев Абдуманноп Абдурахматович Фарғона вилояти адлия бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланди.

А.Буриев 1986 йилда Тошкент вилояти Бекобод шаҳрида туғилган, маълумоти олий, 2010 йилда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университети, 2016 йилда Ўзбекистон Республикаси стратегик таҳлил ва истиқболни белгилаш Олий мактабини тамомлаган, мутахассислиги ҳуқуқшунос.

У ўз меҳнат фаолиятини 2011 йилда Адлия вазирлиги Юридик шахсларни давлат рўйхатидан ўтказиш бошқармаси 1-тоифали иш юритувчи котиби лавозимидан бошлаб, турли масъул лавозимларда фаолият юритган ҳамда ҳозирга қадар Адлия вазирлиги Ташкилий-назорат ва стратегик режалаштириш бошқармаси бошлиғи бўлиб ишлаб келаётган эди.

Адлия вазирлиги жамоаси Абдуманноп Буриевни ушбу масъулиятли лавозим билан қутлаб, келгуси ишларида муваффақиятлар тилайди.