Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_lotinda

Adliya lotin alifbosida ish yuritishga o‘tdi✍🏻

2021-yilning 10-noyabridan boshlab Adliya vazirligi Markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, adliya organlari va muassasalarida ish yuritish hamda ta’lim jarayonlari to‘liq lotin alifbosida amalga oshirila boshladi. Shuningdek, kelgusida adliya organlari va muassasalarida peshlavhalar, turli ko‘rinishdagi devoriy materiallar lotin alifbosida tayyorlanadi.

Adliya organlari va muassasalarining veb-sahifalari, elektron resurslari va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari ham bosqichma-bosqich lotin alifbosiga o‘tkazib boriladi.

Eslatib o`tamiz: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 10-fevral kuni “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi 61-son qarori qabul qilingan edi.

✍🏻 Unda 2023-yilning 1-yanvariga qadar Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi