Sevara Urinbayeva
2.6K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Pop tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

A.Toshqulov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati va xodimlarining muomila harakati yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Shu kuni Pop tumani davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan o’tkazilgan uchrashuvda adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tuman adliya bo’limi boshlig’i tomonidan o’tkazilgan tadimotda uyma-uy o’rganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va masalalar, aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya bo’limi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy ko’rib chiqilayotganligi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga to’xtaldi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan mazkur farmonning aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammosiga yechim topib ularni huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
#Adliya_xabari

Ishtixonda xitoyliklar turar-joy quradi

Xitoylik XIAOYOU VANG hamda LINGYU CHEN ustav fondi 45 milliard boʻlgan “ JIA YOU ESTATE INVESTMENT” MChJ xorijiy korxonaga asos solishdi. Mazkur korxona Ishtixonda turar-joy binolarini qurish bilan shugʻullanadi. Mazkur xorijiy korxona Ishtixon tuman davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Mingbuloq tumanida “Mahalla yettiligi” bilan muloqot o’tkazdi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Mingbuloq tumanidagi “Mustaqillik”  mahalla fuqarolar yig’inidagi '”Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Unda, davlatimiz rahbari tomonidan mahalla mavqeni oshirish va ularning vakolat doirasini kengaytirib, aholining turmush darajasini oshirish yo’lidagi say-harakatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Jumladan, Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbus asosida mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zo‘ravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana muhim bir jihat mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar mazkur yettilik bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyati FHDY arxivi ish jarayoni bilan tanishdi.

Adliya vaziri A.Toshqulov xizmat safari davomida, Namangan viloyati FHDY arxivi xodimlari bilan ham muloqot olib bordi.

Unda, xodimlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, belgilangan talablar asosida saqlash, xodimlarning ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni ham ko’zdan kechirdi.

Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash davomida duch kelinayotgan muammoli holatlar o‘rganildi. Bu borada tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
#Adliya_xabari

Adliya vaziri TDYU huzuridagi Namangan viloyat Akademik litseyidaga qabul jarayonlarini ko’zdan kechirdi.

Batafsil👈🏻

Shuningdek, adliya vaziri Yangiqo’rg’on hamda Uychi tumanidagi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Chortoq tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan ham tanishdi.
#Adliya_xabari

Navbatdagi manzil Shahrixon tuman "Karnaychi" mahalla fuqarolar yigʻiniga

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shahrixon tuman sektor rahbarlari hamda "Karnaychi" MFYda faoliyat olib borayotgan "Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi.

Muloqot davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni ijrosini taʼminlashda, aholining mavjud muammolari hal etishda “mahalla yettiligi”ning ham oʻrni alohida ekani aytib oʻtildi.

Shuningdek, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, aholini turmush darajasini yuksaltirishda “mahalla yettiligi” toʻgʻri ish tashkil etishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi. Mahalla aholisining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahalla “yettiligiga”ga kerakli tavsiyalar berildi.
#Adliya_xabari

Yana bir davlat xizmatlari markazi filiali oʻz faoliyatini boshladi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qoʻqon shahar Savdo kompleksida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazi filiali ochilishida ishtirok etdi.

Hududda 6 ta savdo komplekslari mavjud boʻlib, tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazi filiali tomonidan ushbu savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan 6000 dan ortiq tadbirkorlar va bu yerga tashrif buyurgan fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlanadi.

Bundan tashqari, filialda onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kioska ham mavjud.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

XII Peterburg Yuridik forumi doirasida MDH davlatlari adliya vazirlari yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Kim yilning eng faol yosh xodimi bo‘ldi?

Tanlov tafsilotlari 👉 videoda

@adliyangiliklari